So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  0 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  7 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

Intervyu. Javohir Qahramonov: “Bunyodkor” meni “Dinamo”ga ijaraga berib to'g'ri qilgan” Yangiliklar

Intervyu. Javohir Qahramonov: “Bunyodkor” meni “Dinamo”ga ijaraga berib to'g'ri qilgan”

Jamoa dastlabki uchta turda raqiblarini uch bor mag'lub etib oliy liga karvonboshchilik ham qilishdi.

“Dinamo” safida ko'plab yosh futbolchilar o'zlarini ko'rsatishga erishishmoqda. Ulardan biri yarim himoyachi Javohir Qahramonov bo'ladi. Yosh futbolchi aslida “Bunyodkor” klubiga tegishli bo'lib Samarqand jamoasida ijarada o'ynamoqda. Qizig'i oliy liganing 7-turida “Bunyodkor” – “Dinamo” uchrashuvida hisobni aynan Javohir Qahramonov ochishga erishdi. Yakunda bu gol Samarqand klubiga safardagi bir ochkoni taqdim etdi. Biz yosh futbolchining faoliyati haqida intervyu olishga qaror qildik.

- Ananaviy savol, futbolga qachon va qanday kirib kelgansiz?
- O'zim 1996 yil Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tug'ilganman. Yoshlikdan futbolga qiziqishim kuchli bo'lgani uchun 8 yoshimda to'garakka qantay boshlganman. Dastlabki saboqlarni "Hamkor bank" klubida olganman.

- Futboldagi ilk murabbiyingiz kim bo'lgan?
- Birinchi murabbiyim Ravshan Do'rmonov bo'lganlar. Bu insonning futbolchi bo'lib etishishimda xissasi beqiyos. Fursatdan foydalanib bu kishiga o'z minnatdorchiligimni bildirib o'tmoqchiman.

- Sizni "Bunyodkor"ga qachon va kim olib kelgan?
- "Bunyodkor"ga 2009 yil kelganman. Bu jamoaga kelishimna Sergey Ivanovich Lushan sababchi bo'lgan. Qarshidagi musobaqada mening o'yinimni ko'rgan murabbiy meni Toshkentga olib ketgandi.  "Qaldirg'ochlar" safida dastlab aynan Sergey Lushan qo'l ostida mashg'ulot o'tkazganman.

- "Bunyodkor"da yana qaysi murabbiylar qo'l ostida ishlagansiz?
- Sergey Lushandan tashqari Muhiddin Ortiqov va Hikmat Ergashev kabi murabbiylar bilan birga ishlaganman.

- Yoshlikda qaysi mashhur futbolchilar bilan birga o'ynagansiz?
- Ko'plab futbolchilar bilan birga katta bo'lganmiz. "Bunyodkor" akademiyasida Doston Hamdamov, Akrom Komilov, Rustam Ashurmatov, Dilshod Ahmadaliev, Dilshod Hamroev va Sardor Azimov kabi futbolchilar bilan to'p tepganman.



- O'tgan yil "Obod" safida oliy ligada deb qilgandingiz...
- Ha, to'g'ri o'tgan mavsum "Bunyodkor" meni "Obod"ga ijaraga bergandi. Men ham, "Obod" ham oliy ligada debyut qilgandi. Dastlab biroz qiynaldim. Balki oliy ligadagi birinchi yil bo'lgani uchundir. Ammo o'tgan yil men uchun katta tajriba maktabi bo'lgani aniq. "Obod" klubida men bilan birga ishlagan va o'ynagan barchaga rahmat aytaman.

- Bu yil esa "Dinamo"dasiz. Jamoadagi muhit qanday?
- "Dinamo"da ham "Obod"dagi kabi muhit ajoyib. SHaroitlar yaxshi, futbolchilarga barcha narsa muhayyo qilingan. Qizig'i ikkinchi yil ham birinchi ligadan oliy ligaga chiqqan klub safida o'ynayapman.

- "Dinamo" debyutant bo'lishiga qaramay, tarkibida yulduz futbolchilar bo'lmasa ham mavsumni ketma-ket g'alabalar bilan boshladi. Buning sababi nimada?
- Sababi jamoamiz juda inoq. Mashg'ulotlarda barchamiz bor kuchimiz bilan ishlayapmiz va o'yinlarda 100 foizdan ham ko'proq imkoniyatimizni ishga solayapmiz. Aytganingizdek bizda yulduzlar yo'q, tarkibimizda yoshlar ko'p. G'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchli, shuning evaziga ham g'alabalarga erishayapmiz.

- Lushanning o'zi sizni "Bunyodkor"ga olib kelgan ekan. Lekin negadir ikki yildan beri boshqa jamoalaraga ijaraga bermoqda...
- Sababi menga ayni paytda o'yin amaliyoti zarur. Bunday yoshda zaxirada o'tirish zararimga ishlashi mumkin. SHu bois Sergey Ivanovich tavsiyasiga ko'ra boshqa klublarda ijarada o'ynayapman. "Dinamo"da o'zimni yaxshi tomonlarimni ko'rsatishga urinayapman.

- Samarqandlik muxlislar haqida fikrlaringiz qanday?
- Muxlislar haqida qancha gapirsam shuncha oz. To'g'risi menga ularning qo'llab quvvatlashlari juda yoqti. Xatto safardagi bahslarga ham borishmoqda. "Dinamo" o'z uyida o'ynaganida stadion to'lib toshmoqda. Muxlislarni haqiqatdan ham 12-o'yinchimiz desak bo'ladi.

- Javohir Qahramonov qachon "Bunyodkor"ning asosiy tarkibida o'ynaydi?
- "Bunyodkor" O'zbekistonning kuchli jamoasi, Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etadi. Agar o'z ustimda yanada ko'proq ishlasam va "Dinamo" safida o'zimni ko'rsata olsam "Bunyodkor"ga qaytib shu klub sharafini himoya qilishim mumkin.

- O'tgan yil "Obod"da boshqa, hozir "Dinamo"da boshqa poziciyada o'ynayapsiz. Aslida qaysi amplua "sizniki"?
- "Obod" markaziy yarim himoyachi sifatida o'ynagandim. "Dinamo"da esa hujumchilar ortida o'ynayapman. Aynan hozirgi o'ynayotgan amplua men uchun juda qulay hisoblanadi.

- Yoshlikda futbolni tanlaganda o'z oldingizga qanday maqsad qo'ygansiz?
- Yoshlikda faqat futbol o'ynash yoqqani uchun borardim. Keyinchalik aqlimni tanib kattaroq bo'lganimda albatta o'ziga xos maqsadlar qo'yganman. Ularning bazilarini aytishim mumkin: O'zbekistonda taniqli futbolchi bo'lish va kelajakda xorij klublarida o'ynash. Buning uchun juda ko'p mehnat qilishim kerak.

- Xorijdagi qaysi futbolchilarning harakatlariga havas qilasiz?
- Braziliyalik futbolchilarning o'yinlari yoqadi. “Liverpul” klubi yarim himoyachisi Filippe Koutinoniga havas qilaman. Undan tashqari “Barselona”da o'ynayotgan Neymarning chaqqon xatti-harakatlari meni o'ziga rom qilgan.

- Negadir siz O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoalarida o'ynamagansiz. Bunga nima sabab bo'lgan deb o'ylaysiz?
- To'g'risi bilmayman. Bu savolni murabbiylarga bersangiz to'g'ri bo'lardi. Balki mening o'yinlarim terma jamoada o'ynash uchun etarli bo'lmagandir. Ammo hech qachon afsus qilmayman va oldinga intilishda davom etaman. Kelajakda milliy terma jamoa sharafini himoya qilishni orzu qilaman.

- Oilada kim ko'proq tanbeh beradi?
- Dadam futbolga yaxshi tushunadilar. Har kuni o'z ustingda yanada ko'proq ishla deb turadilar. Telefon orqali gaplashib turamiz, kamchiliklarimni aytib turadilar, kezi kelganda maqtab ham turadilar. Onam ham doim meni qo'llab turadilar.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика