So’nggi yangiliklar

01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  2 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  6 01:08Расман: Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди  0 00:41Эрлинг Холанд: "Гвардиола энг яхши мураббий, балки тарихдаги энг зўридир"  0 00:14"Челси"нинг "биллур" футболчиси яна сафдан чиқди  0 23:43Нодир Абдураззоқов: "Энди мавсумни чиройли якунлашимиз ва оғзимиздаги ошни олдириб қўймаслигимиз керак"  5 23:19Хави "Интер Майами" бош мураббийи бўладими? Инсайдерлар маълумот беришди  0 22:49АПЛ клублари сўнгги 10 йилликда трансферлар учун қанча ишлатишди?  0 22:22"Ювентус"га "Челси" футболчиси керак  0 21:57Нико Уильямс болалигидаги кумирлари ким бўлганини айтди  12 21:34Максим Шацких: "Черан, Собирхўжаев борасидаги саволлар менга берилмасин. Бу мавзу ёпилган"  24 20:57Миржалол Қосимов: "Натижадан ҳам ўйиндан ҳам қониқдим"  3 20:36Суперлига. ОКМК "Жар"да "Пахтакор"ни мағлуб қилди  6 20:25"Пахтакор" кумуш медаллар учун курашдан чиқди  13 20:06Суперлига. ОКМК ВАР томонидан 13 дақиқа текширилган ҳамда япониялик футболчи томонидан урилган голлар эвазига 11 йилдан сўнг сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди  62

Intervyu. Javlon Ibrohimov - Karantin, Ramazon oyi, chempionatni markazlashgan holda davom ettirish, Kanchelskis va "Navbahor"da o'ynagan akasi haqida Yangiliklar

Intervyu. Javlon Ibrohimov - Karantin, Ramazon oyi, chempionatni markazlashgan holda davom ettirish, Kanchelskis va "Navbahor"da o'ynagan akasi haqida

Barcha sportchilar singari futbolchilar ham karantin davrini o'z uylarida, oila davrasida o'tkazishmoqda.

Ushbu imkoniyatdan foydalangan holda, “Navbahor”ning tajribali yarim himoyachisi Javlon Ibrohimov bilan telefon orqali bog'lanib, unga o'zimizni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat qildik.

- Javlon, karantin paytini uyda qanday o'tkazyapsiz? Zerikmayapsizmi? Futbolni sog'indingizmi?

- Albatta, futbolni sog'indim. Axir, sog'inmay bo'ladimi, futbol - bu mening hayotim, kasbim-ku! Biroq koronavirus pandemiyasi sababli, barcha sportchilar qatori men ham ayni paytda uydaman. Ammo vaqtimni zoe ketkazmagan holda, uyda sport formamni saqlab turish maqsadida, jamoamiz murabbiylari tomonidan belgilab berilgan mashg'ulotlar jadvali asosida, yakka tartibda shug'ullanyapman.

- Sizningcha, karantin payti futbolchilarning jismoniy holatlariga salbiy tasir ko'rsatmaydimi?

- Salbiy tasir ko'rsatadi. Boisi, uy sharoitida optimal tarzda mashg'ulot o'tkazib bo'lmaydi. Yakka tartibda va jamoa bilan birgalikda mashg'ulot o'tkazishning farqi bor.

- Joriy mavsumda ortda qolgan Superliganing dastlabki 3ta o'yinida faqatgina 2-turdagi “Lokomotiv”ga qarshi kechgan bahsda zaxiradan maydonga tushib, maydonda bor-yo'g'i 8 daqiqa harakatlandingiz, xolos. Bu jarohat bilan bog'liqmi? Ayni paytda jarohatingizdan butunlay forig' bo'ldingizmi?

- Qishki mashg'ulotlar paytida jarohat olgandim. SHu sababli, takidlaganingizdek, faqatgina “Lokomotiv”ga qarshi kechgan bahsda zaxiradan maydonga tushdim, xolos. Xudoga shukr, ayni paytda jarohatimdan butunlay forig' bo'ldim hamda karantindan keyin boshlanadigan Superliga bahslarida maydonga tushib, “Navbahor”ning g'alabalariga munosib hissamni qo'shaman, degan umiddaman.



- Karantindan so'ng, 1-davra bahslarini markazlashgan holda, bitta yoki ikkita shaharda, shuningdek, muxlislarsiz o'tkazilishi borasida qanday fikrdasiz?

- Birinchi davra uchrashuvlarini markazlashgan holda o'tkazilishi borasida birorta fikr bildira olmayman. Boisi, buni O'FA hamda PFL rahbariyati hal qiladi. Ular qanday qarorga kelishsa, bahslar shu tarzda davom etadi. Futbolni muxlislarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Boisi, futbol millionlar o'yini. Ammo nachora, pandemiya sababli, uchrashuvlarni tomoshabinlarsiz o'tkazishga majburmiz. Xudo xohlasa, ushbu kunlar ortda qolib, muxlislarimiz yana stadionlarni to'ldirib o'tirishlariga ishonaman va bunga tilakdoshman.

- Bolaligingizda qaysi futbolchi kumiringiz bo'lgan? Hozirgi futbolchilardan kimlarning o'yiniga havas qilasiz?

- "Manchester Siti”ning ispaniyalik yarim himoyachisi David Silvaning o'yinlariga havas qilaman.

- Sizningcha, jahonning ayni paytdagi eng kuchli futbolchisi kim? Lionel Messimi yoki Krishtianu Ronaldu?

- Krishtianu Ronaldu.

- “Navbahor”da bir paytlari akangiz Javodulla Ibrohimov ham o'ynagan. Jamoa tarkibiga qo'shilishdan oldin akangizdan ham maslahat oldingizmi?

- Bo'lmasam-chi! Axir, Javodulla akam “Navbahor”ni juda yaxshi biladi. SHuning uchun Namanganga kelishdan oldin, undan maslahat oldim. Javodulla akam “Navbahor” o'z ananalari hamda g'oliblik ruhiga ega jamoa ekanligini aytib, meni bu borada qo'llab-quvvatladi.

- Futbolchilik faoliyatingiz davomida ko'plab murabbiylarning qo'l ostida to'p surgansiz. Hozirgi ustozingiz Andrey Kanchelskis boshqa murabbiylardan mashg'ulot o'tkazish va o'yin uslubi borasida nimasi bilan farq qiladi?

- Har bir murabbiyning mashg'ulotlar o'tkazish jarayoni hamda o'yin uslubi o'zgacha. Andrey Antanasovich Kanchelskis ham o'ziga yarasha taktikaga ega mutaxassis. Murabbiylarning uslublari bir-biriga o'xshamasligi bilan bir-biridan farq qiladi. Andrey Antanasovich futbolchilik paytida ko'plab mashhur mutaxassislar boshqaruvidagi jamoalarda o'ynagan va ulardan ko'p narsa o'zlashtirgan. Endilikda buni murabbiylikda qo'llamoqda.



- Joriy mavsumda “Navbahor”ning oldiga Osiyo CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yildi. Jamoaning ushbu maqsadni amalga oshirish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- “Navbahor”da joriy mavsumda OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyati yuqori hamda buni amalga oshirishimizga ishonaman. CHunki jamoa yaxshi shakllangan hamda tarkibdan tajribali va mahoratli futbolchilar o'rin olishgan. Biz – futbolchilar barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, oldimizga qo'yilgan maqsadni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz hamda sovrindorlar safidan o'rin olish bilan birga O'zbekiston kubogini ham qo'lga kiritish uchun astoydil kurash olib boramiz. Umid qilamanki, O'zbekiston kubogining Namanganda o'tkazilishi bizga qo'shimcha ruh va kuch-quvvat bag'ishlaydi.

- Siz “Bunyodkor” tarkibida ko'plab sovrinlarga ega bo'lgansiz hamda sovrinlarni yutish borasida ancha tajribalisiz. “Navbahor”da ushbu tajribangiz asqotishi mumkinmi?

- Bo'lmasam-chi! Qaysi jamoada o'ynashimdan qatiy nazar, tajriba o'z so'zini aytishi aniq. Futbolchilik faoliyatimning ko'p qismi “Bunyodkor”da o'tgan va mazkur klub tarkibida ko'plab yutuqlarga erishganman, jumladan, O'zbekiston chempioni hamda vice-chempioni bo'lganman, O'zbekiston kubogi va superkubogini qo'lga kiritganman, shuningdek, Osiyo CHempionlar Ligasida o'ynaganman. “Navbahor”ga ham yaxshi niyatda, yani sovrinlarni yutish uchun kelganman hamda Xudo xohlasa, mazkur maqsadimga erishaman.



- Siz bilan muborak Ramazon oyi va yaqinlashib kelayotgan hayit bayrami arafasida suhbatlashyapmiz. Muxlislarga ushbu muqaddas oyda qanday tilaklaringiz bor?

- Barcha yurtdoshlarimizning mazkur muqaddas oyda tutgan ro'zalari va qilgan ibodatlarini Alloh o'z dargohida qabul qilishini tilayman. Fursatdan foydalanib, hamyurtlarimiz hamda muxlislarni kirib kelayotgan Ramazon hayiti bilan muborakbod etaman. Baxtimizga hamisha sog'-salomat bo'linglar!

Malumot uchun
Javlon Ibrohimov
- 1990 yil 10 dekabrda Toshkent shahrida tug'ilgan. “CHig'atoy” futbol maktabida tahsil olgan.
Ampluasi – yarim himoyachi.
O'ynagan jamoalari: “Traktor” (Toshkent, 2006 – 2007 yillar), “Nasaf” (Qarshi, 2008 yil), “Lokomotiv” (Toshkent, 2009 – 2010 yillar), “Bunyodkor” (Toshkent, 2011-2018 yillar), “Suvon Samsung Blyuungz” (Janubiy Koreya, 2019 yil).
2020 yildan “Navbahor”da.


“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика