So’nggi yangiliklar

17:28Титулдан сўнг: А Серия 34-тур превьюси, Шомуродов собиқ жамоасига гол урадими?  0 16:43"Where is Saudi Arabia?". Ўзбекистон - Саудия Арабистони ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  7 16:31Ўзбекистон кубоги. “Локомотив” – “Қизилқум” (матнли трансляция)  0 16:30"Олмипик Мобиуз" - "Зомин" (онлайн натижа)  0 16:25Жасурбек Жалолиддинов: "Бугун майдонда қўрққан жамоа ютқазди"  3 15:42"Вест Хэм" - "Ливерпуль". Салоҳ, Нуньез ва Собослаи захирада  0 15:34U23 Осиё Кубоги ярим финалида ўзбекистонлик мутахассис ишлайди  3 15:25Ўзбекистон кубоги. “Локомотив” – “Қизилқум”. Асосий таркиблар маълум  1 15:23Индонезия - Ўзбекистон баҳсини ким бошқаради?  25 14:55Умарали Раҳмоналиев: "Рақибнинг провокацияларига тайёр эдик"  3 14:52Альфонсо Дэвиснинг "Реал"га трансфери боши берк кўчага кириб қолди  3 14:30Карло Анчелотти: "ЛаЛига ғолиби бўлишимизга 4 очко қолди"  14 14:15Тарихий натижа қайд этган Тожикистон футзал терма жамоасига каттагина мукофот пули берилади  5 13:35ВАР «отмен». Европанинг илк чемпионати юқори технологиядан воз кечди  25 13:07«Байер» юлдузи Флориан Вирцнинг келажаги маълум  4

Intervyu. Islom Kenjaboev: "Kelajakda farzandlarim ismimni eshitganda faxrlanishini istayman" Yangiliklar

Intervyu. Islom Kenjaboev: "Kelajakda farzandlarim ismimni eshitganda faxrlanishini istayman"

Qarshining "Nasaf" jamoasi yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirish ishlarini boshlab yuborgan.

 Xususan, "ajdarlar" bir necha kun oldin tezkor vinger Islom Kenjaboev bilan shartnoma imzolaganini elon qildi. Bilasiz, Kenjaboev aynan "Nasaf"dagi o'yinlari orqali tanilgan. "Qizilqum"ni Superligada olib qolishga munosib hissa qo'shgan futbolchi endilikda "Nasaf" bilan katta marralarni ko'zlamoqda. Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov Islom Kenjaboevning bu boradagi fikrlari bilan qiziqdi. 

- "Qizilqum"ni Superligada olib qolish vazifasi qanday bajarildi? Aslida jon saqlash yo'liga tushib qolinishiga nima sabab bo'ldi?

- Ortda qolgan mavsum haqida fikr yuritadigan bo'lsak, haqiqatdan ham "Qizilqum" uchun og'ir keldi. Bunday holga kelishimizga hech kim aybdor emas. Sababi jamoamiz bilan birlasha olmadik, deb o'ylayman. Ko'p o'yinlarda muhim ochkolarni boy berdik. 

- Birinchi davrada ko'p qizil kartochkalar, tushunmovchiliklar ko'p edi. "Qizilqum" ikkinchi davrada qanday o'zgardi? 

- Ikkinchi davrada tarkibimiz kuchaydi. Jamoamizga bir nechta tajribali va mahoratli futbolchilar kelib qo'shildi. Vaqt o'tgani sari jamoa yanada yaxshiroq harakat qilishni boshladi. Ketma-ket ochkolar ishladik. Garchi pley-offda bo'lsa ham Superligada qolish vazifasini uddasidan chiqdik. 

- Superliga uchrashuvlarining birida murabbiy sizni almashtirish chog'idagi voqealardan so'ng turli gaplar chiqdi. Asror Aliqulov bilan hech qanday kelishmovchilik bo'lgani yo'qmi? 

- Asror Aliqulov bilan hech qanday ziddiyat yoki kelishmovchilik bo'lmagan. O'sha o'yinda jamoamiz hisobda ortda borayotgan edi. Men mag'lubiyatga uchrashni istamayman. SHu bois bu paytda maydondan chiqishga qarshilik ko'rsatdim. 

-  Nima uchun "Nasaf"ga qaytishga qaror qildingiz? Oldingizda "Lokomotiv", "Neftchi" variantlari bor edi. "Nasaf" taklifi "Loko" va "Neftchi"nikidan yaxshiroqmidi?

- Buning o'ziga yarasha sabablari bor. "Nasaf" rahbariyati bilan barchasini gaplashib oldik. Jamoa oldiga katta maqsad va muhim vazifa qo'yilgan. Qolaversa, sevimli jamoamdan taklif bo'lganligi uchun rad qila olmadim. Tanlovimdan mamnunman. 

- Koreyadagi faoliyatingizdan so'ng sizni boshqa legioner sifatida ko'rganimiz yo'q. Bu yil siz uchun sermahsul o'tdi. Xorijdan takliflar bo'ldimi?

- Albatta. Xorijdan 3-4ta takliflar bor edi. Lekin "Nasaf"ning taklifi jiddiy bo'lgani uchun barchasiga rad javobini berdim. 

-  Islom Kenjaboevning hayotdagi shiori qanday? O'zingizga qanday motivaciya berasiz, ruhiy tomonlama?

- Hayotdagi shiorim doim oldinga intilish. Maqsadim sevimli kasbimdan rohatlanish va eng yuqori natijalarga erishish. Motivaciyani ko'proq oilamdan olaman. Ota-onam duosi, otamning orzusi menga motivaciya beradi. Ikkita farzandimni ko'rganimda ular uchun harakat qilishim kerakligini, kelajakda ismimni eshitganda faxrlanishini istayman.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика