So’nggi yangiliklar

17:34Футзал. ЖЧ-2008. Бразилияликлардан иборат ярим финалчилар ҳамда нотаниш аёл туфайли қаҳрамонга айланган Франклин Рузвельт ҳақида ҳикоя қиламиз  0 17:17"Барселона" собиқ футболчиси АПЛда ўйнайди  0 16:49Расман: "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Эронда давом эттиради  1 16:21"Бавария" юлдузи полиция билан катта муаммога дуч келди  1 15:54Суперлига. 15-тур дисквалификациялари: "Пахтакор", "Сурхон" ва "Сўғдиёна" 2 нафардан йўқотишга эга  0 15:26"Челси" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтиши мумкин  1 14:59"Интер" украиналик форвардга даъвогар  4 14:36"Ливерпуль" "Хоффенхайм" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 14:09"Челси" икки ҳужумчиси билан хайрлашади  1 13:3610 йил ичида трансферлардан максимал фойда кўрган клублар  4 13:11"Интер" келаси мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  2 12:45Артета Жезусни мақтади  3 12:28"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Ҳожиакбаров Муҳаммад Али  0 12:00"Байер" мавсумга фаворит сифатида киради"  3 11:34"Манчестер Сити" янги меҳмон либосини тақдим этди  4

Intervyu. Fil Nevill: “Old Trafford”ga boshqa jamoa bilan qaytish hamisha qiyin" Yangiliklar

Intervyu. Fil Nevill: “Old Trafford”ga boshqa jamoa bilan qaytish hamisha qiyin"

Teglar :  Fil NevillValensiya
“BreatheSport” portali muxbirlari ayni paytda “Valensiya” murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgan Fil Nevill bilan suhbatlashishdi.

Unda Fil Ispaniya va Angliya futboli haqida savollarga javob berdi.

- Como esta la vida en Espana? Ispaniya qanday, Valensiya yoqyaptimi?
- Me encanta la vida en Espana! Ispaniyada ajoyib! Birinchi marta Manchesterdan tashqarida yashayapman. To'g'risini aytsam, taassurotlarim juda ko'p.

- Kunlik ish haqida gapirsak, o'yinlarning o'ziga tayyorlanish va ispan futboli ingliz futbolidan keskin farq qiladimi?
- Unchalik emas. Premer-liga va La Liga - jiddiy chempionatlar. O'yinlarga tayyorlanish ham deyarli o'xshash, futbolchilar bu erda ham professional. Bir necha uchrashuvlar tunda o'tadi, lekin bunday holatga ko'nikish oson. Bu biror narsaga tasir ko'rsatmaydi.

- Ispaniyada ishlashga nima chorladi?
- Bu ishni biror yangi narsa bilish mumkinligi, haligacha o'zim shug'ullanmagan ish bilan band bo'lishim tufayli qabul qildim. Yangi madaniyat bilan tanishaman, yangi til va dunyoqarashimni kengaytiraman. Yana “Valensiya” katta klub. Bunday saviyadagi jamoada imkoniyatga ega bo'lish va tajriba bilan o'rtoqlashish men va faoliyatim uchun juda foydali.



- Gari bilan ishlash qanday? Birga o'sib, o'ynadingiz, lekin murabbiy sifatida ishlash qanday ekan?
- Gari bilan xotirjam munosabatdamiz. Nima xohlashimizni bilamiz, bir-birimizga ishonamiz va birgalikda yaxshi ishlaymiz.

- Bosh murabbiy bo'lib ishlash haqida o'ylamadingizmi? Kelajakda shunday maqsadingiz bormi?
- Qachondir buni xohlaganman. Lekin menda vaqt etarli va shoshishga sabab yo'q. Tajriba to'plaganimni his qilsam va to'g'ri keladigan imkoniyat yuzaga kelsa, o'shanda bu haqida o'ylab ko'raman. Hozir esa “Valensiya”dagi ishimga to'liq etibor qaratishni istayman.

- Bir mavsum “Manchester Yunayted”da murabbiy bo'lib ishladingiz. Kelajakda “Everton” yoki “MYU”ga qaytishni rejalashtiryapsizmi? Balki, bosh murabbiy rolida?
- “Manchester Yunayted” va “Everton” hamisha yuragimda. Ikkala klubda yaxshi damlarim o'tgan. Futbolga kelganda tarixga suyanib o'tirmayman. Ayni damda menga “Valensiya”da ishlash yoqmoqda. Ushbu klub men va oilam uchun muhim jihatga aylanib ulgurdi.



- Sobiq jamoalaringizning ushbu mavsumdagi ishtirokini qanday baholaysiz?
- “Everton”da Liga Kubogida g'olib chiqish uchun yaxshi imkoniyat bor, men ularga ishonaman. CHempionatda ular yaxshiroq o'ynay olishardi. Bunday tarkib bilan klub kuchli to'rtlik sari kurash olib borishi zarur. O'ylashimcha, vaqt o'tishi bilan shunday ham bo'ladi. “Yunayted”da esa hozir oson bo'lmagan davr, lekin ular hali barchasini o'zgartirishlari mumkin. Lui van Gal “Old Trafford”ga muvaffaqiyat olib kelishiga ishonaman.

- Premer-ligaga atrofdan nazar tashlaydigan inson sifatida qanday fikr bildirasiz?
- Aqldan ozish mumkin. Bor etiborimni Li Liga va “Valensiya”ga qaratganman, lekin Angliyadagi turnir jadvalini ko'rib, shokka tushyapman.

- Jamoalar hali raqiblarini engishi lozim, lekin Gari bilan “Valensiya” Evropa Ligasida “Yunayted”ga to'qnash kelishini istaysizmi?
- “Old Trafford”ga boshqa jamoa bilan qaytish hamisha qiyin! Lekin bu juda ajoyib uchrashuv bo'lardi va oson bo'lmagan o'yin.

- Angliya Rojdestvo bayrami paytida Ispaniyadan o'rnak olib, futbolchilarga tatil berishi kerak deb o'ylaysizmi?
- Premer-ligada tanaffusning yo'qligi – shunchaki aqlsizlik! Buning ustidan Evropa kulmoqda. Muxlislarga bu yoqadi, biroq terma jamoa va futbolchilarga tanaffus xalal bermagan bo'lardi.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика