So’nggi yangiliklar

19:24Тимур Мамасидиқов "Локомотив"га қайтди  0 19:13Кейн: "Саутгейт - Англия тарихидаги энг муваффақиятли мураббийлардан бири"  0 18:46Расман: Дилошд Жўраев - "Локомотив" футболчиси  2 18:36Кроос Педрига қарши фол учун кечирим сўради: "Атайин жароҳат етказиш нияти йўқ эди. Тезроқ соғайиб кет"  15 18:02"Локомотив" Қирғизистон терма жамоаси сардори билан шартнома имзолади  1 17:34Нагельсманн: "Кўзёшларимни зўрға тийиб турибман"  1 16:52Франция кетма-кет 6та учрашувдан бери ўйиндан гол урмаяпти. Бу уларнинг 60 йиллик антирекорди  2 16:35Adidas Кроос фойдаланган бутсалар моделини унинг номига ўзгартиради  1 16:05Германия - Испания учрашувидан сўнг немис жамоаси мураббийи ҳакамлар хонасига бостириб кирди  14 15:42Дунёнинг энг гўзал футболчиси "Ювентус"га ўтди  15 15:35ЖЧ саралаш олдидан. 5 сентябргача нима қиламиз?  6 15:23Австралия терма жамоаси собиқ футболчиси: "У Еврода Португалияга ҳалал берди"  19 15:17Азизбек Амонов "Хорфаккан"ни тарк этмоқда  2 14:55Нега тўп қўлга текканидан сўнг Испания дарвозаси томон пенальти белгиланмади?  28 14:26"Бунёдкор" ФК: "Маҳмуджон Маҳамаджонов ҳақидаги хабарлар ҳақиқатдан йироқ"  6

Intervyu. David Trezege: “Finalda gol urolmay, odamlar qanchalik yoqtirishlarini angladim” Yangiliklar

Intervyu. David Trezege: “Finalda gol urolmay, odamlar qanchalik yoqtirishlarini angladim”

“Ekip” nashri muxbirlari Franciya terma jamoasida Evropa va jahon chempioni bo'lgan, “Yuventus” tarkibida ajoyib faoliyat o'tkazgan hujumchi David Trezege bilan suhbatlashdi.

Unda Trezege faoliyatidagi turli holatlarni eslab o'tdi.

- Ozg'inligingiz tufayli bolalikda ko'plab hazillarni eshitgan bo'lsangiz kerak, shundaymi?
- Ha! (kuladi). Ayniqsa, professional faoliyatimda Platensening “Atletiko” jamoasi uchun birinchi o'yinda. Murabbiy 16,5 yoshda bo'lishimga qaramay, meni o'yinga olib ketdi. Jismonan o'sishim kerak edi. Uni bilintirmaslik uchun tezlik va o'yinni tushunish borasida yaxshi harakat qilish lozim bo'lgan. SHu sababli faoliyatim mobaynida jarima maydonida o'zimni ko'rsatib, bosh va ikkala oyog'imda zarba berganman. Tezkor raqiblarni ortda qoldirishga intilganman. 7 yoshdan 10 yoshgacha men shug'ullangan mini-futbol ham katta yordam bergan. Texnika va tezkorlikni yoshlikdanoq mashq qilganman.

- Biografiyangiz boshida Terri Anri fintlar kuchli jihatingiz bo'lmagani haqida qayd etgan.
- O'yinimda ortiqcha harakatlar bo'lmagan. Faoliyatimni “foydali” degan so'z bilan ifodalagan bo'lardim. Ayniqsa, bu Italiyada shakllandi. “Yuventus”da faqat g'alaba talab qilishardi. Bunga dosh bera olganman. O'shandan boshlab foydali harakat xohishi futbol va shaxsiy hayotimda muhimga aylangan.


- Otangiz sizni ikki oyoqda o'ynashga majbur qilgani rostmi?
- Ha, u professional bo'lishim mumkinligini tushungach, shunday qarorga kelgan. Boshida bu menga yoqmadi, yakunda esa yordam berdi. Uydagi bog' devorida ikki oyoqda tepishni mashq qilardim. Kattalar jamoasiga chaqirilganimdan so'ng otam to'g'ri ovqatlanish, jismonan chiniqish kabi jihatlarga etibor qildi. Uyda trenajyor zali qurib bergandi. Har yozda yig'in boshlanishidan avval 2 haftani o'sha erda o'tkazardim.

- 1995 yil Argentinani tark etib, Franciyaga yo'l oldingiz. Bundan umuman afsuslanmaysizmi?
- Afsuslanish yo'q, chunki ketishni juda istagandim. Bu men uchun ajoyib imkon edi. O'shanda doimo Meksikada 1986 yil o'tgan jahon chempionati va Platini haqida o'ylardim. Otam “Ruan”da ajoyib ikki mavsum o'tkazgandi. Aeroportda juda xursandligimdan yaqinlarimning xafaligini payqamasdim. Tezroq samolyotga chiqishni istardim. Nimadir meni oldinga turtkilardi.

- Lekin “PSJ”dagi ko'rik siz uchun shartnoma imzolash bilan tugamadi.
- “Pari Sen-Jermen” orzum bo'lgan! Ko'rik davomida Luis Fernandes jamoada qolishimni aytgandi. Men xohlagan yagona narsa oilam uchun uy va oyiga taxminan 3 ming evroga teng maosh edi. Umuman olganda, biz til topishgandik, biroq talablarim bajarilmadi. Ikki kundan so'ng Monakoga ketishimga to'g'ri keldi. Haligacha nima bo'lgani men uchun oydin emas. Qachondir nima ro'y berganini bilib olarman.


- Ehtimol, sizga “Monako”da paydo bo'lish va Terri Anri bilan tanishish yozilgan.
- Ha, qanday taqdir! “Monako” “PSJ”ga nisbatan kamroq mashhur edi, ammo u erda meni Sonni Anderson va Terri Anri kabi professionallar kutardi. Ular menga birinchi haqiqiy do'st va ko'mak bo'lishgan. Ikkimiz uchun “Monako”dagi vaqt ajoyib kechgan. Hamon chin do'stlarmiz. SHu bilan birga bir-birimizni olg'a chorlaganmiz. Ammo o'rtamizda raqobat bor edi, xuddi Ronaldu va Messi o'rtasida singari. Yuqorida bo'lish uchun bir-birimizga muhtoj edik.

- Siz hamisha Emi Jake haqida iliq fikr bildirasiz.
- U biz bilan oddiy tilda gaplashgan va hech qachon ovozini ko'tarmagan yagona murabbiy. U futbolchilar bilan suhbatlashishni yoqtirardi va ularni bir yo'nalish sari chorlay olardi. Jake kim bilan qanday gaplashishni tushunardi. Uning uchun biz tog' kabi turib berardik. Emi va o'rtamizda haqiqiy mehr bor edi.

- 1998 yil chorak finalda siz penalti tepishga chaqirildingiz. Zidan aytib bergan: “CHorak final, o'yindan keyingi penaltilar seriyasi. Raqib – Italiya, 80 ming tomoshabin. Bu 20 yoshli yigit o'ylanib o'tirmay nuqtaga yaqinlashmoqda...” Bu jasurlik edimi yoki masuliyatni his qilmaslik?
- SHunchaki xohish. Jamoada penalti tepishga o'zida kuch topmagan sheriklarim bo'lgandi. Bunday masuliyatli ishni uni bajarishni istamayotgan odamga topshirib bo'lmaydi. Men esa xohladim. Oldimga Jake keldi va unga tayyor ekanimni aytdim. Anri ham shunday qilgandi. Bizda umuman qo'rquv bo'lmagandi. SHunday his 2006 yilgi jahon chempionati finalida ham bor edi. Yagona farqi – ularning qanday tugaganida.

- 1998 yil finalda o'ynamaganingiz jahon chempioni sovrinini his qilishni yo'qqa chiqarmaganmi?
- Yo'q. Bolalikdagi yorqin xotiralarimdan biri 1986 yil Diego Maradonaning kubokni boshi uzra baland ko'targani bo'lgandi. 1998 yil men shunday vaziyatga tushgandim. Sovringa tegdim, uni boshim uzra ko'tarib, suratga tushganman – barchasini qanday kerak bo'lsa, shunday qilganman. Uni yutish ulkan his uyg'otadi, garchi finalda o'ynamagan bo'lsang ham. 2000 yil esa o'zimdan ko'ra jamoadoshlarim uchun xursand bo'lganman, chunki turnirda ko'proq foyda keltirishim mumkin edi.

- Finalda Italiyaga qarshi “oltin gol” urgan bo'lsangiz hammi?
- Ha. O'sha gol faoliyatimdagi eng yaxshilaridan biri, biroq u musobaqada zaxirada o'tirganimni yodimdan ko'tarmagan. 1998 yil ko'proq o'ynagandim. O'sha mavsumda “Monako”da ajoyib o'ynab, saviyamni o'stirgandim. Menda kuchli xohish bor edi, terma jamoa uchun ko'proq o'ynashni istagandim. Ammo turnir men uchun g'alati tus olgan.


- Alessandro Del Pero italyanlarga qarshi finaldagi goldan keyin sizni “Yuventus” kiyinish xonasida ko'rishdan xursand bo'lishmaganini aytib bergandi.
- Ha, boshida oson bo'lmagan. Lekin vaqt o'tishi bilan sheriklarim meni tushunishdi. Men terma jamoa hujumchisi sifatida shunchaki ishimni bajargandim va italyan futboli hamda ularning hayotiga ko'nikish uchun katta istak bor edi.

- Mundial finalida urolmagan penaltingizdan keyin Villi Sanol hushtak chalinishidan tatilga ketguningizcha yig'laganingizni takidlagan.
- SHunday bo'lgan. Men uchun dahshat edi. Ertasi kuni muxlislar oldiga chiqish uchun maydonga kelganimizda yanada yomonroq bo'lgan. Men burchakka turib, ularning ko'ziga ko'rinmaslikka harakat qilgandim. Lekin odamlar ismimni aytib, oldinga o'tishimni talab qilishgan. Bu meni hayajonga solgandi. O'sha lahzada meni chindan sevishlarini tushungandim.

- Avtobiografiyangizda biror marta CHempionlar ligasini yutmaganingizdan afsuslanishingizni yozgansiz.
- Ha, chunki u menda yo'q yagona sovrin. 2003 yil “Milan” bilan finalda biz ancha kuchli edik, ammo yutqazganmiz. 23 yoshda o'zingga yana finalda o'ynash haqida gapirasan. Ammo vaqt o'tadi va yangi imkon paydo bo'lmaydi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика