Intervyu. Anxel Di Mariya: “Hech qachon “Real”dan ketishni istamaganman”
07 noy 2015 11:21
Yangiliklar
Intervyu. Anxel Di Mariya: “Hech qachon “Real”dan ketishni istamaganman”
– “PSJ”ga moslashib oldingizmi?
– Ha, shunday. Klub birinchi kundan men uchun eshiklarini ochdi, men va oilamga joylashishga yordam berdi. Yangi joyga tez ko'nikdim. Lekin Parijga to'liq moslashib ketishimga hali yana vaqt talab etiladi.
– Hayotingiz Madridda bo'lganidan farq qiladimi?
– Deyarli o'xshash: Parij ham Madrid kabi chiroyli shahar, jahon bu haqida biladi. Bu shaharlarda hayot bir-biriga o'xshaydi.
– “PSJ”ga to'liq moslashish uchun nima etishmayapti?
– Yangi klub va jamoadagi o'yin uslubiga moslashish uchun baribir vaqt kerak bo'ladi. O'ylashimcha, asta-sekin bularni bosib o'taman. “Real”da qarshi hujumlarda vertikal o'ynardik, bu erda etibor to'pni nazorat qilish va qisqa paslarga asoslangan. Bunga ko'nikib olishim zarur.
– Demak, “PSJ” Anchelottining “Real”idan farq qiladimi?
– Ha. Karlo bilan to'pni saqlardik, lekin o'yinchilar xususiyatidan kelib chiqib, har doim qarshi hujumlar uchun imkon izlardik. Bu erda esa uslub “Barselona”ga o'xshash – qisqa masofaga o'ynash. Futbolchilarda buning uchun etarlicha potencial bor. Hozircha barchasi joyida.
– Ehtimol, shu sababli maydonda joyingizni topa olmayotgandirsiz?
– SHunday. Lekin oxirgi bahslarda o'zimni qulay his qilyapman. Murabbiy mendan to'pni saqlab, vertikal o'ynamasligimni so'radi. Bu vazifani yomon bajarmadim.
– Turli poziciyalarda o'ynashga oson moslashasiz. Anchelotti qo'l ostida maydon markazida ham o'ynagansiz.
– To'g'ri. Hamisha murabbiylarning xohishidan kelib chiqib, maydonda yangi rollarni bajarib kelaman. Mourino davrida o'ng qanotda o'ynab, to'pni olib qo'yishda faol qatnashardim. Hozir yana shu poziciyaga qaytdim. Har qanday holatda poziciyani almashtirish o'yinimga ijobiy tasir ko'rsatadi.
– “PSJ” CHempionlar ligasini yutishi mumkinmi?
– Ha, buning uchun jamoada o'yinchilar bor. Zarur barcha narsa mavjud. G'alaba uchun yana omad ham kerak. “Real”da bu tomondan omadim kelgan va Ramosning to'pga muvaffaqiyatli tegishini eslayman. “PSJ”da muhim ishlarni qilishni xohlaydigan insonlar bor, ammo omad baribir zarurdir.
– Bu erda ham “Real”dagidek bosimni his qilasizmi?
– Kamroq, lekin CHempionlar ligasida bu keskin ortadi. Klub prezidenti musobaqani yutishimizni istaydi. Buni futbolchilar ham xohlaydi, biroq bunda hammasi shunchaki emas. Turnirda kuchli jamoalar o'ynaydi. Masalan, “Real”. U jahondagi 4 kuchli klubdan biridir. Bu jamoaga qarshi Parijdagi o'yinda yutishimiz yoki yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi.
– “Real” bilan uchrashuvdan keyin tanqidni tushunasizmi?
– Odamlar har bahsda 5:0 hisobida yutishimiz kerak deb o'ylashadi. Biroq bunday emas. “Real” o'tgan mavsumda ham finalga chiqishi mumkin edi, salgina omad etishmadi. Madriddagi bellashuvda ham boshqa o'yinlarda bo'lgani singari g'alaba uchun maydonga tushamiz.
– “Real” 2014 yildagi jamoadan farq qiladimi?
– O'ylashimcha, ha. Oxirgi yillarda “Real” ko'tarilish va pasayishlarni boshdan kechirdi. SHunga qaramay, baribir ligani 10-marta yutishni uddaladi. O'shanda mavsumning yakuniy qismi juda ajoyib kechgandi. O'z yurishlari bilan jamoa barcha raqiblarini cho'chitib yubordi. Myunxenda aynan shuni ko'rgandik.
– “Santyago Bernabeu”ga qaytishingiz qanday bo'ladi? Badaningiz jimirlab ketsa kerak?
– Buni Parijdayoq his qildim. O'zim juda yoqtirgan yigitlarni uchratdim. Doping testdan o'tgan paytimda suhbatlashish uchun vaqt topildi. Albatta, ularni yana ko'rish ajoyib bo'ladi. Boshqa libosda bo'lsa-da.
– “Real” muxlislari bilan uchrashish ham boshqacha vaziyatmi?
– Albatta, men ularni unutmaganman. “Desima”ni qo'lga kiritganimizdan keyingi ajoyib lahzalarni eslayman. So'nggi bahsda ham olqishlarni eshitganman. Muxlislar menga bergan narsalar uchun minnatdorman. Hamisha ularni xursand qilishga harakat qilganman. Meni qanday qarshi olishlari muhim emas: “Real” libosida doimo eng yaxshi jihatlarimni namoyish etishga uringanman.
– “Real” bilan yana, faqat endi CHempionlar ligasi finalida uchrashishga rozi bo'larmidingiz?
– “PSJ” bilan finalda o'ynashga roziman. Raqib kim bo'lishining farqi yo'q.
– Ronaldu bilan birga o'ynagansiz, endi Ibragimovich bilan hamkorlikda to'p tepyapsiz. Ularda umumiy qanday jihatlar mavjud?
– Har ikki futbolchi hamisha yutishni istaydigan insonlardir. Bu ularning ichida bor. Men Messi, Ronaldu va Ibragimovich bilan birga o'ynadim. Ertaga bunday kuchli o'yinchilar bilan o'ynash baxt ekanligini his qilaman. Har bir futbolchi buni orzu qilsa kerak. Hozir Ibragimovichga ko'proq gol urishi uchun to'p oshirishim darkor.
– Messi yoki Ronaldu? Hozir bu haqida ayta olasizmi?
– Yo'q (kuladi). Hamisha ularning ikkisini eng yaxshi futbolchilar deb aytib kelganman. Buni haqiqat deb bilaman. SHu sababli ulardan biri “Oltin to'p”ni yutib kelmoqda. Birortasining tarafiga o'ta olmayman: ular – eng yaxshilar!
– “Real”dan ketganingizdan keyin xayrlashuv xatingizni gazetada elon qilgandik.
– Uni xafalikdan yozgamagandim. SHunchaki ko'pi yolg'on bo'lgan vaziyatni tushuntirishga uringandim. Agar “Bernabeu” menga hushtakbozlik qilsa, demak, nimadir bor. Lekin men hech qachon “Real”dan ketishni xohlamaganman, klubda qolishdan xursand bo'lardim. Biroq bu yuz berib bo'ldi. “Real”ni qalbim xotirjam holda tark etdim.
– “MYU”da nima ro'y berdi?
– Barchasi yaxshi boshlangandi, biroq keyin klubda bazi odamlar bilan muammolar yuzaga keldi. Asosiy tarkibdan tushib qolishni boshladim. Uyimga o'g'rilikka tushishgandan keyin esa ketishim kerakligi haqida qaror qildim.
– Franciya chempionati qanday?
– Qiyin liga, har o'yinda kurashish lozim. Hamisha ham o'yin oxirida vaziyatni o'zgartirish nasib etavermaydi.
– “Real” chempionlik kurashida favoritmi?
– Ha, jamoa mavsumni ajoyib boshladi. Yakunda “Real” va “Barselona” taqibchilaridan ilgarilab ketgan bo'ladi. O'ylashimcha, “Barsa” Messi va Inestasiz ko'p yo'qotishga duch keladi. Ularning tarkibda bo'lishiga hamma ko'nikkan. Endi barchasi oson bo'lmaydi.
– Messiga Argentina terma jamoasidagi o'yini uchun bildirilayotgan tanqidni qanday baholaysiz?
– Uni doim tanqid qilishadi. Ikki kun ichida yangi sheriklarga ko'nikish, keyin esa Kolumbiya va Braziliya singari raqiblar bilan o'ynash kerak. Bu juda qiyin. Bu futbolning bir qismi va bu bilan yashashni o'rganish lozim.
Behzod Nazarov tayyorladi
Fikrlar