So’nggi yangiliklar

21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  5 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  9 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  3 20:10Россия кубоги. "Рубин" — "Акрон". Эсанов дебют қилади, Ашурматов ҳам асосийда  3 20:00Расмий хабар: "Насаф" Жанубий Судан терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузди  10 19:55Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон учрашувида ғолиб номи аниқланмади  162 19:44"Ювентус" янги мавсум сафар либосини намойиш этди  1 19:31"Зенит" ярим ҳимоячисини сотиб юбормоқчи  1 19:07Почеттино "Ньюкасл" бош мураббийига айланиши мумкин  2 18:38Миранчук "Аталанта"дан "Атланта Юнайтед"га ўтди  0 18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  2 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  31 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  41

Intervyu. Abdumavlon Abdujalilov: “Derbida g'alabadan boshqa yo'limiz yo'q” Yangiliklar

Intervyu. Abdumavlon Abdujalilov: “Derbida g'alabadan boshqa yo'limiz yo'q”

“Neftchi” darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov so'nggi bahslarda jamoa darvozasini ishonch bilan qo'riqlab kelmoqda.

Iqtidorli posbon Navoiyda bo'lib o'tgan “Qizilqum” – “Neftchi” bahsidan so'ng klub matbuot xizmatiga intervyu berib o'tdi. Abdujalilov suhbat davomida “Qizilqum”ga qarshi bahs, jamoa ko'rsatayogan o'yin, bo'lajak derbi va farg'onalik muxlislar haqida fikr bildirib o'tdi.

– Abdumavlon, Navoiydagi 11-tur doirasidagi bahsda jamoa 0:2 natijasida oldinda borayotganda ko'pchilik “Neftchi”ning galdagi muvaffaqiyatiga shubha qilmagandi. Biroq ikkinchi bo'limda g'alaba qo'ldan chiqarildi. Buni qanday izohlagan bo'lardingiz, g'alabaga nima etishmadi ?
– Hujumlarga boy o'yin bo'ldi. Bahsga har ikka jamoa ham hujumor reja asosida chiqqani yaqqol ko'zga tashlandi. Sermahsul bellashuv o'tkazdik deb o'ylayman. Mavsum boshidan beri gol urish borasidagi ko'rsatkichlarimiz yaxshi emas edi. Biroq bu safar mehmonda o'ynashimizga qaramay, “Qizilqum” darvozasiga 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldik . Bu ham jamoaning hujumga bo'lgan etiboridan dalolat beradi. Darvozabon o'z nuqtasidan maydonni juda yaxshi ko'radi. O'sha kuni jamoa himoyachilari o'z ishlarini yaxshi bajarishdi deb o'ylayman. CHunki “Qizilqum” futbolchilari darvozamiz qarshisida juda ko'plab xavfli vaziyatlarni yarata olishdi. G'alabaga nima etishmadi ? Balki ikki to'p farqi bilan oldinda bora turib, biroz xotirjamlikka berilgan bo'lsak kerak. O'tkazib yuborilgan to'plarda bir kishi emas, balki barchaning xatosi bo'ladi. G'alabani saqlab qola olmaganimiz yoqimsizdir.

– O'yinga qanday rejalar bor edi?
– Hujumkor futbol namoyish etishni istadik. SHu sababli 3 ta yaqqol himoyachi bilan harakatlandik. Boshqa futbolchilar esa asosiy etiborni hujumga karatishdi.

– “Qizilqum” sizda qanday taassurot qoldirdi?
– Navoiyliklarni ko'p tariflash shart emas. “Qizilqum” safida yaxshi saviyadagi futbolchilar jam bo'lgan. Artur Gevorkyan, Ilhom Yunusov, Jasur Hasanov shuningdek Erkin Boydullaev singari etakchi futbolchilarni alohida takidlab o'tish mumkin.



– Derbiga ham oz qoldi. Ishqibozlar qatori jamoalar ham mazkur raqobatni intiqlik bilan kutib, unga hozirlik ko'rmoqda. To'g'rimi?
– Albatta. Farg'onada bizni ajoyib bellashuv kutmoqda. O'z muxlislarimiz qarshisida nimchorakning dastlabki uchrashuvini o'tkazamiz. Bu esa, g'alabadan boshqa yo'limiz yo'qligini anglatadi.

– “Navbahor” haqida qanday fikrlar bildira olasiz?
– Namanganliklar safida biz bilan birga to'p surgan ajoyib futbolchilar harakat qilmoqda. Mansur Saidov, Jahongir Mehmonov hamda Alisher Samatovdek o'yinchilar qanday saviyadagi ijrochilar ekanligi bizga juda yaxshi malumdir. Hozir ular Namangan jamoasining asosiy va etakchi futbolchilari sanalishadi. “Navbahor” – yaxshi jamoa. Ularning qayd etayotgan natijalari barchasini ko'rsatib turibdi.

– “Obod” va “Qizilqum”ga qarshi bellashgan “Neftchi”ning o'yinida qanday farq ko'ryapsiz?
– Ochig'i, uyda o'ynash qiyin bo'ladi. CHunki raqibning bosimidan tashqari muxlislarning ham o'ziga yarasha bosimi yuzaga keladi. Bilasiz, farg'onalik muxlislar juda talabchan. Ularni faqat g'alaba qoniqtiradi. Futbolchilar o'z muxlislari qarshisida xatoga yo'l qo'yish xavfi mavjudligi sabab balki o'z imkoniyatini to'liq ko'rsatib bera olmas. Safarda esa vaziyat biroz boshqa bo'ladi. Yigitlarning safardagi o'yinlari ancha “ochilib” qolgan desam mubolag'a bo'lmaydi. Jizzahda kechgan qiyin o'yinda ham ilk g'alabani qo'lga kiritganimiz bunga misol bo'la oladi.


– Mavsum starti omadsiz kechdi. Biroq sekin asta jamoa o'ziga kelyapti. To'g'rimi?
– Fikringizga qo'shilaman. “Neftchi” murabbiylari jamoada yaxshi saviyadagi futbolchilarni jamlashgan. Doim maydonga g'alaba uchun chiqamiz. Oxirigacha kurashamiz. Yigitlar hamisha o'z imkonyatlarini to'liq ishga solishadi. O'z navbatida ko'p narsa omadga ham bog'liq deb o'ylayman.


– “Istiqlol” stadioniga oxirgi paytlarda juda oz muxlis kelyapti. Fikrimizcha, muxlislarning tashrif ko'rsatkichini yaxshilash vaqti keldi.

– Bu holat nima bilan bog'liq ekanligini jamoaning so'nggi natijalariga bog'lash mumkin. Farg'onada futbolni sevishadi va o'z jamoalaridan g'alaba talab qilishadi. Ular stadionga sevimli jamoalaridan gollarni ko'rish uchun kelishlarini yaxshi bilamiz. Ishqibozlar bilan to'lib toshgan stadionda o'ynashni har futbolchi istaydi. Bu holat sportchini ruhlantiradi. Muxlislarni stadionga qaytarishning yagona yo'li – g'alabalar seriyasidir! Buni jamoa futbolchilari tushunib turishibdi. Yaxshi niyatlar bilan aytamanki, biz muxlislarni stadionga qaytarish vazifasini uddalaymiz.



– Abdumavlon Abdujalilov o'tgan mavsumni asosiy darvozabon sifatida boshladi. Biroq o'yiningizda bir qator xatolar kuzatildi. So'ng zahiraga olindingiz. Bu yil esa vaziyat ancha ijobiy tarafga o'zgargan ekanligini ko'rib turibmiz.
– Ha, bu savolni kutgandim. O'tgan yili kuzatilgan xatolarni qayta-qayta ko'rib chiqdim, murabbiyim bilan tahlil qildik. Mashg'ulotlarda mazkur xatolar va kamchiliklar ustida ko'proq ishladim. Xamma inson xato qiladi. Faqat uni to'g'ri qabul qilish kerak. O'z navbatida yo'l qo'yilgan kamchiliklar ustida ishlash kishini yanada o'sishiga sabab bo'ladi. Dadam ham futbolni juda yaxshi tushanadilar. Hamisha kerakli ko'rsatmalarni menga berib turadilar. Ularga ham katta rahmat. Asosiy darvozabon sifatida atiga 5 ta o'yin o'tkazdim. Bu ko'rsatkich bilan to'xtab qolmasdan, jamoaga ko'proq yordam berishni istayman.

 
Hojiakbar JABBOROV suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика