So’nggi yangiliklar

17:10"Винисиуснинг ёнида Мбаппенинг техник имкониятлари чеклангани сезилиб қолмоқда"  1 16:39Айвен Тоуни "Ал Аҳли"да "Брентфорд"дагидан 10 баробар кўпроқ маош олади  1 16:11Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда Малайзияни мағлуб этди  6 15:54Тожикистон "Мердека кубоги"да Ливанга ютқазиб қўйди  4 15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  3 14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  18 13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  20 13:17Элит ОЧЛ. "Пахтакор" – "Ал Васл" учрашувини япониялик ҳакамлар бошқаради  6 12:30КХДР бош мураббийи: "Нейтрал майдонда ўйнаш қўшимча устунлик бермайди"  17 12:16Сречко Катанец: "КХДР билан фарқимиз биз ҳеч қандай ўртоқлик учрашувларисиз тайёрландик"  17 11:39"Реал" кейинги ёзда "Манчестер Сити" етакчисини сотиб олиш учун барча имкониятни ишга солади  8 10:42"Ливерпул"га қарши учрашувдаги хатолардан сўнг МЮ Каземирони бошқа клубга таклиф қилди  15 10:15Николай Ширшов хотира кубоги. Бугун турнир ғолиблари аниқланади   5 10:11Германия терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини "Рома"да давом эттиради  5 09:40Кечирилмади! Немис клуби мухлислари футболчини бошқа жамоа либосида суратга тушгани учун дўппослашди  2

"Inter" yarim himoyasidagi "yangi devor" yoxud Eriksen - Konte uchun ideal variant! Yangiliklar

"Inter" yarim himoyasidagi "yangi devor" yoxud Eriksen - Konte uchun ideal variant!

Italiya chempionatining 22-turida "Inter" mehmonda "Udineze"ni mag'lub etdi (0:2), Kristian Eriksen esa asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Yana bir transfer ertagi o'z nihoyasiga etdi: so'nggi bir yil ichida "Tottenxem"dan ketishni juda ham xohlagan Kristian Eriksen vanihoyat klubni tark etdi va yangi jamoa safiga borib qo'shildi. Londonda unga yangi shartnoma taklif qilishgan edi. U Italiyaning top klublaridan biri "Inter"ga o'tdi — va bu qishki transfer oynasining eng qaynoq yangiligi bo'ldi. Daniyalik o'yinchi Milanga ko'chib bordi, mashg'ulotlarda ishtirok etdi va "Inter" safida debyut qilishga ham ulgurdi.

Ochig'ini aytsak, yarim yil avval ushbu transfer amalga oshishiga ishonish qiyin edi. Biroq bugungi kunga kelib, bu hamma uchun eng maqul yo'l bo'ldi: "Tottenxem" o'yinchi uchun kam bo'lsa-da, pul ishlab oldi, Eriksen o'zi istagandek yangi jamoaga o'tdi va maoshi oshdi (2 barobar ko'p), Konte esa — ajoyib yarim himoyachiga ega bo'ldi.

"Tottenxem" Eriksen uchun 20 mln evro oldi. Lekin shundan ikki mln evro "Ayaks" hisobiga o'tkaziladi (Eriksen 2013 yil 14 mln evro evaziga Amsterdamdan Londonga ko'chib o'tgan edi). 20 million — bunday yarim himoyachi uchun arzimagan pul (Transfermarkt uni 90 mln evroga baholayotgandi), ammo Kristian tufayli hech bo'lmaganda nimadirga ega bo'lish uchun bu yagona yo'l edi. Sababi yozda shartnomaning amal qilish muddati o'z yakuniga etardi. Qolaversa, daniyalik boshqa klub bilan muzokaralar o'tkazishga haqqi bor edi.

Eriksen "Inter" bilan 2024 yilgacha shartnoma imzoladi, daniyalik 10 mln evro oladi. Eriksen A Seriyada maosh yuqoriligi bo'yicha Krishtianu Ronaldudan keyin ikkinchi o'rin bo'ldi. "Tottenxem"da bundan ikki barobar kam maosh olgan — 4,6 mln evro. Yarim himoyachi "Tottenxem"dan uni qo'yib yuborishini ko'p bor iltimos qildi, ammo CHempionlar Ligasi finalidan so'ng bu haqida ochiq aytdi: "Faoliyatimning shunday pallasi keldiki, bazi narsalarni o'zgartirish zarur bo'lib qoldi. "Tottenxem" bilan o'tgan har bir kunim men uchun qadrli, bu erda juda baxtli bo'ldim. Ammo men endi yangilik istayapman. Tez orada barchasiga oydinlik kiritiladi deb umid qilaman".

Ammo shundan so'ng daniyalikning o'yini yomonlashib bordi — joriy mavsum APLdagi ko'rsatkichi 2+2 bo'ldi. O'tgan mavsum — 8+12. Bunga jamoadagi atmosfera ham tasir ko'rsatdi: Pochettino yarim himoyachini zaxira o'rindig'iga "mixlab qo'ydi" va matbuot anjumanlarida daniyalik bilan bog'liq savolllarga javob berishni istamadi, u haqida eshitsa asabiylashib ketdi.


Eriksen — Konte uchun ideal variant!

28 yanvar kuni Kristian Eriksen rasman "Inter" o'yinchisiga aylandi. 2020 yilning yozida yakuniga etadigan shartnoma tufayli oxirgi yarim yil daniyalik futbolchi uchun qiyin o'tdi. U na "shporlar" uchun hech nimaga chalg'imay, bor kuchi bilan o'ynay olmadi, na yangi jamoasini aniq bilolmadi. Eriksen "Madrid"ga o'tolmadi, "Tottenxem" esa Kristianning o'rnini to'liq egallashi kutilayotgan Jovanni Lo CHelsoni sotib oldi. Argentinalikning jamoaga moslashishi hamon davom etmoqda, lekin Maurisio Pochettino va Joze Mourinyu ketishi aniq bo'lgan Eriksenga asosiy rolni berishni istashmadi.

Londondagi oxirgi oylarida Kristian bazi epizodlarda o'z mahoratini namoyish qila oldi. So'nggi olti mavsum bilan solishtirsak, bu butkul boshqa kartina edi. Oldingi yillarda Kristian "Tottenxem"ning asosiy figuralaridan biri edi. Endi uning yana muhim maqomi bo'ladi. Eriksen universal, juda yaxshi futbolchilardan biri va unga ishonch bildirgan har qanday murabbiy qo'l ostida ajoyib o'yin ko'rsatishi mumkin. Ammo u aynan Antonio Konte uchun foydali ekanini anglash uchun bir qancha sabablar bor.


Eriksen ish qobiliyatini kreativlik bilan birlashtira oladi

Antonio Konte futboli "avtomatizm" asosida qurilgan. Eden Azar italiyalikni boshqa murabbiylardan farqini aytish uchun aynan shu so'zdan foydalangandi. Alvaro Morata ham bazi mashg'ulotlardan keyin "jamoadagilar to'pni sizga etkazib berishi uchun ortiqcha vaqt sarflashi shart emasdi" deb aytgan.

Bunday jihatlarni yo'lga qo'yish bo'yicha Antonio — dunyoning eng kuchlilaridan biri. Ushbu tizim himoyada ajoyib natija beradi. Raqib pressingidan qisqa masofaga paslar bilan chiqib ketishda ham uning jamoalari yaxshi o'ynaydi (agar Konte raqibning bosim tizimini o'rgangan bo'lsa, yani har doim). Ammo "avtobus"larga qarshi o'yinda bu "avtomatizm" doim ham ish bermay qoladi. Muammo futbolchilar ko'pincha 3-4 xil usuldan boshqa hech nima qila olmasligida emas, shunchaki tarkibdagi o'yinchilar imkoniyati shunga majbur qilishidadir.

Konte uchun ikki jihat o'ta muhim hisoblanadi: intizom (aks holda "avtomatizm" ishlamaydi) va mehnatkashlik. Zamonaviy futbolda bu jihatlar kreativlik bilan kamdan-kam vaziyatlarda yonma-yon keladi. Mehnat qilib, ko'p ter to'kadiganlar odatda nostandart qarorlar qabul qilishmaydi. Vaziyat yaratishda foydali bo'lgan kreativ futbolchilar qaysidir vaziyatda o'zlarini o'ylab tizim ishini buzib qo'yadilar yoki himoyalanishda o'zlarini ovvora qilmay qo'ya qoladilar.


Eriksen — ham vaziyat yaratishda, ham himoyalanishda top darajada mehnat qiladigan kam sonli futbolchilardan biri. U APLga ko'chib o'tgandan (2013 yildan) buyon golli uzatmalar va zarba berish uchun qulay vaziyat yaratish bo'yicha etakchi hisoblanadi. Kristianning golli uzatmalari xilma-xilligi bilan originaldir: keskin to'p oshirishlar, tezkor hujumlardagi nozik qarorlar, standartlardan oshirilgan ajoyib paslar, Dele Alliga kutilmagan vaziyatlardagi havodan fantastik to'p oshirishlar tinimsiz olqishlarga sabab bo'lgan.

Vaziyatni to'liq tushunish uchun Kristian hujumkor jamoada o'ynaganiga qaramay, himoyaviy harakatlarda ham qolishmasligini takidlash lozim. Bu borada daniyalikning ko'rsatkichi — 51%. Sensi 44% va Barellada 46%. SHu joyda daniyalikning raqobatchilari himoyaga nisbatan ko'proq etibor beradigan jamoada harakat qilganliklarini eslatib o'taylik. Konte qo'l ostidagi jamoa ko'rsatayotgan futbolda Eriksen barcha talabga javob bera oladi.

Pochettino qo'l ostidagi "Tottenxem"da hech kim pressingda qatnashishdan ozod etilmagan. Eriksen talablarga "labbay" deb javob berdi va bu borada ancha o'sishga muvaffaq bo'ldi. "Yugurish borasida doim yaxshi formada bo'lganman. Bundan tashqari, Pochettino kuch va agressiv harakatlarni talab qiladi — bu borada, menimcha, yaxshi tomonga o'zgardim", — degandi Kristian 2016 yil o'z intervyusida.

Konte uchun ajoyib scenariy: "Inter" Pochettino sistemasidan o'tgan, Evropaning hujumkor eng barqaror yarim himoyachilaridan birini qo'lga kiritdi.


Eriksenning uzoq masofadan beradigan zarbalari uchun "Inter" taktikasi o'ta qulay 

Angliyada Eriksen uzoq masofalardan zarba berish borasida ham etakchilikka davogar bo'lgan. Kristian APLda o'tkazgan vaqt oralig'ida hech kim jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berib, undan ko'p gol urolmagan (23 gol). Yarim himoyachi bu hislatini juda to'g'ri ishlata biladi: sheriklari qulayroq vaziyatda turgan bo'lsa, hujumni buzib, bo'lar-bo'lmas zarba bermaydi. Odatda u to'p oshirishlari, boshqa usullar ish bermayotganda uzoq masofadan zarbalariga murojaat qilardi. Eriksen har ikki oyoqda ham kuchli va aniq zarba bera olishi, o'yin davomida bunga ko'p vaqt ajratilmasa-da, qolganlardan ko'proq gol urish uchun zamin yaratdi.

Jarima maydoni tashqarisidan zarbalar "avtobus"ga qarshi o'yinlarda oldingi planga chiqadi. Konte "Inter"i bunday zarbalarga alohida tayyorlanadi. Jamoa uzoq masofadan zarbalar bo'yicha chempionatda 8-o'rinda bormoqda (umumiy zarbalar soni bo'yicha esa 17-pog'onada). Lekin jarima maydonchasi tashqarisidan urilgan gollar bo'yicha kuchli uchlikda. Tasavvur qilyapsizmi, jamoa naqadar sifatli zarba beryapti va imkoniyatdan qay darajada foydalanmoqda. Bu borada yaqqol ijrochi yo'q. Faqatgina Lautaro Martines uzoq masofadan ikkitadan ko'proq gol urdi. Qolgan gollar turli futbolchilar hisobiga yozilgan.

Mana yorqin misol. "Inter" jarima maydoni ichida zichlikni vujudga keltirmoqda, raqib himoyasi majburan jarima maydonchasida jipslashadi va qanotdan to'p oshirilishini kutadi. SHu o'rinda jarima maydoniga yaqin zonalardagi futbolchilar bo'sh qoldiriladi:

Hozir "Inter" uzoq masofadan zarbalar bo'yicha ajoyib ko'rsatkichga ega futbolchisiz ham etakchilar qatorida. Eriksen kelgach, raqiblar yo ochiqroq o'ynashga majbur bo'ladi (bu jarima maydonchasi ichida erkinlik hosil qiladi), yoki Kristian zarbalarini ishga solish uchun qulay imkoniyatlarga ega bo'ladi.


Qisqa zaxira o'rindig'ida Eriksenning barqarorligi va universalligi juda as qotadi

Guvohi bo'lganimizdek, Eriksen markaziy zonada, tayanch yarim himoyachilikdan boshqa istalgan vazifani alo darajada bajara oladi (4-2-3-1 taktikasida u hatto qanotda ham harakat qilishi mumkin).

Kristianning yana bir etibordan chetda qoladigan jihati bor: oxirgi 5 mavsum u APL o'yinlarining 81%ida qatnashgan. Ko'rsatkichlarni butun o'yinlarga aylantirsak, daniyalik 38 uchrashuvning 31tasida maydonda bo'lgan. Hujumkor futbolchi uchun bu ajoyib natija (ularni ko'proq taqib qilishadi, oyoqlariga tepishadi va rotaciya sababli aksariyat hollarda almashtirishadi). Kristian deyarli jarohat olmaydi yoki jarohatlansa-da, juda tez safga qaytadi. SHunda ham u fantastik darajadagi o'yin namoyish etmoqda.

Universal futbolchi, qo'shimchasiga deryali jarohatlanmaydigani — hozirgi "Inter" uchun ajoyib topilma. Kontening asosiy tarkibi Eriksen kelguniga qadar ham "Yuve"nikidan deryali qolishmasdi. Ammo zaxira o'rindig'i bo'yicha muammolar mavjud edi. Barcha yarim himoyachilar (Marcelo Brozovichdan tashqari), uzoq muddatga safdan chiqishdi. Ularning o'rinbosarlari (Galyardini, Vesino, Valero) — boshqa plan va daraja o'yinchilari hisoblanadi. "Inter" sifat borasida yo'qotishga uchrardi.

Konte "Borussiya"dan CHempionlar Ligasi doirasida mag'lub bo'lgach, bir fikrni turli so'zlar bilan qayta-qayta takrorladi. "Biz agar yaxshi sport formasida bo'lsak, istalgan raqibga muammo tug'dira olishimizni isbotladik. Biroq tarkibimizda butkul dam olmay o'ynayotgan futbolchilar ham bor. Men bu haqida gapiraverishdan charchadim", — degandi Antonio Konte.

Bunday muammolar albatta bitta transfer bilan hal etilmaydi ("Inter" balki shu sabab ham bir nechta transferga qo'l urgandir). Ammo Eriksen hech bir qiyinchiliksiz Barellaning joyini ham, Sensining rolini ham bajarib bera oladi. Jamoa 3-4-2-1 taktik sxemaga o'tganda esa (Konte "CHelsi"da aynan shu taktik sxemani ko'p qo'llardi) — Eriksen yanada yorqinroq, foydaliroq o'yin namoyish etadi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика