"Inter" va "Real" "yangi Messi" uchun kurashmoqda
14 apr 2020 10:45
Yangiliklar
"Inter" va "Real" "yangi Messi" uchun kurashmoqda
Argentinaning "Veles Sarsfild" jamoasi yarim himoyachisi Tyago Almada ikki Evropa klubi etiboriga tushib qoldi.
Milanning "Inter" va Madridning "Real" klublari Almada bilan shartnoma imzolashmoqchi.
Transfermarkt 18 yoshli futbolchini 18 million evroga baholamoqda. O'yinchining "Veles" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Almada Argentinada allaqachon "yangi Messi" nomini olib ulgurgan. Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.
Oldinroq, futbolchiga "Atletiko" qiziqayotgani va o'yinchining o'zi ham Diego Simeone qo'l ostida o'ynashga qarshi emasligi haqida xabarlar yangragan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Манчестер Сити" камбэк орқали "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этди, Ҳусанов 61-дақиқада тўқнашувдан сўнг алмаштирилди
Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига ультиматум қўйди: ёзда ўзгариш бўлмаса, у клубни тарк этади
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Fikrlar