“Inter” Rodrigo Morenoga qiziqmoqda
24 jan 2014 11:11
Yangiliklar


“Inter” Rodrigo Morenoga qiziqmoqda
“Benfika” hujumchisi Rodrigo Moreno “Inter” klubi qiziqish doirasiga tushib qoldi.
Milan klubi “Yuventus” hujumchisi Mirko Vuchinichni qo'lga kirita olmagach 22 yoshli ispaniyalik futbolchining nomzodini ko'rib chiqishga qaror qilgan, deb xabar beradi Sport Mediaset.
Manbaning xabariga ko'ra, Morenoga haligacha “Zenit” va “Arsenal” klublari qiziqib kelishmoqda.
Ushbu mavsum Portugaliya chempionatining 14 ta o'yinida maydonga tushgan Moreno 7 ta gol urib 2 ta golli to'p uzatishni amalga oshirgan.

Fikrlar