“Inter” Ranokkiyani “Borussiya”ga 11 million evroga sotishga rozi bo'ldi
22 jan 2014 15:33
Yangiliklar


“Inter” Ranokkiyani “Borussiya”ga 11 million evroga sotishga rozi bo'ldi
Dortmundning “Borussiya” klubi “Inter” bilan himoyachi Andrea Ranokkiyaning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.
Transferning narxi 11 million evroni tashkil etishi kutilmoqda, deb xabar beradi Football Italia.
Kelishuv to'liq rasmiylashtirilishi uchun “Borussiya” o'yinchining shaxsiy shartnomasi bo'yicha kelishib olsa bo'lgani.
Eslatib o'tamiz, 2013/2014 mavsumi davomida Italiya chempionatining 14 ta o'yinida maydonga tushgan Ranokkiya bitta gol urishga erishgan.

Fikrlar