"Inter" Perishich bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi
04 may 2021 08:38
Yangiliklar


"Inter" Perishich bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi
"Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishich Milan klubida qolishi mumkin.
"Neradzurrilar" rahbariyati xorvatiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Tomonlar 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallanadigan bitimni muhokama qilishmoqda. Qayd etish kerakki, Perishich qishda "Gerta" taklifini rad etgan va "Inter"ning asosiy o'yinchilaridan bo'lishga harakat qilmoqchi edi.
32 yoshli Perishich joriy mavsum barcha musobaqalarda "Inter" libosida 39ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi. Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar