"Inter" Lukakuning o'rniga Sapatani ko'rmoqda
13 avg 2021 12:28
Yangiliklar
"Inter" Lukakuning o'rniga Sapatani ko'rmoqda
"Inter" Romelu Lukaku "CHelsi"ga ketganidan so'ng hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.
Edin Jekoning "Roma"dan kelishi deyarli aniq. "Inter" endi "Atalanta" forvardi Duvan Sapata bilan shartnoma imzolamoqchi.
Agar Sapataning xaridi amalga oshmasa, "Inter" "Napoli"dan Lorenco Insine yoki "Lacio"dan Simone Inzagi bilan birga ishlagan Xoakin Korrea bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi.
Argentinalik 35 mln evroga baholanmoqda, rimliklar 27 yoshli xavbekning sotuvini ko'rib chiqishga tayyorlar.
Insinening "Napoli" bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Tomonlar yangi bitim borasida kelishuvga erisha olishmayapti. Agar vaziyat o'zgarmasa, neapolliklar Insineni 30 mln evroga sotishlari mumkin.
Fikrlar