“Inter” Guarinni jamoada olib qoladigan bo'ldi
07 jan 2014 14:25
Yangiliklar


“Inter” Guarinni jamoada olib qoladigan bo'ldi
“Inter” sport direktori Pero Auzilio, jamoa yarim himoyachisi Freddi Guarinni klubda olib qolishini takidladi.
Eslatib o'tamiz, “CHelsi” klubi Guarinni sotib olish bo'yicha “Inter” bilan muzokara olib borayotgandi.
“Guarin – “Inter” o'yinchisi va biz uni jamoada olib qolayotganimizdan xursandmiz. “CHelsi” bilan Guarin bo'yicha muzokara olib borganimizni yashirmayman, ammo endi muzokaralar to'xtatildi va yarim himoyachi klubni tark etmaydi.
Biz Guarinning uzoq muddat klubda qolishidan mamnunmiz. Biz uni sotmaymiz, chunki u biz uchun juda muhim futbolchi”, - deydi Auzilio.

Fikrlar