"Inter" "Everton" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
19 apr 2020 01:01
Yangiliklar


"Inter" "Everton" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
Milanning "Inter" klubi Kinni xarid qilishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, "Everton" hujumchisi Moyze Kin "Inter" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"Inter" yozda "Barselona"ga o'tishi mumkin bo'lgan Lautaro Martinesga o'rinbosar qidiryapti va yosh hujumchi bilan bog'liq vaziyatni kuzatib bormoqda. Italiyalik futbolchining narxi taxminan 28 million evroga baholanmoqda.
Kin "Everton"ga o'tgan yozda "Yuventus"dan kelgan. 20 yoshli futbolchi joriy mavsumda 26ta o'yinda qatnashib, 1ta gol va 2ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar