"Inter" darvozaboni Xandanovich jamoadoshlari va muxlislardan uzr so'radi
09 dek 2013 15:58
Yangiliklar

"Inter" darvozaboni Xandanovich jamoadoshlari va muxlislardan uzr so'radi
"Inter" darvozaboni Samir Xandanovich, Italiya chempionati 15-turi doirasidagi "Parma"ga qarshi o'yindan so'ng, muxlislar va jamoadoshlaridan uzr so'radi.
Birinchi bo'lim so'nggida darvozabon qanotdan havolatib uzatilgan to'pni egallay olmay, oddiy vaziyatda to'pni raqibga berib qo'ydi va Marko Parolo bo'sh darvozani aniq nishonga oldi.
"Hamma ham xato qiladi. Biroq bu bilan o'zimni oqlamoqchimasman. Mening xatoyimni deb, jamoa g'alabadan quruq qoldi. SHuning uchun ham men muxlislar va jamoadoshlarimdan uzr so'rayman. "Inter" g'alaba qozona olmagani juda alamli bo'ldi", dedi darvozabon.

Fikrlar