"Inter" darvoza chizig'iga "Yuventus" tarbiyalanuvchisini oldi
12 avg 2023 11:59
Yangiliklar
"Inter" darvoza chizig'iga "Yuventus" tarbiyalanuvchisini oldi
"Neradzurri" darvozabonlar sonini oshirdi.
"Inter" darvozaboni Emil Auderoni "Sampdoriya"dan bir yilga ijaraga oldi, deb xabar berdi Milan klubi rasmiy sayti.
"Neradzurri"da 26 yoshli darvozabonni sotib olish imkoniyati ham bor.
Emil Audero "Yuventus" tarbiyalanuvchisi, ammo u turinliklar safida atigi 1 ta o'yin o'tkazgan. "Sampdoriya" uchun esa A Seriyada 163 ta o'yinda maydonga tushgan.
Eslatib o'tamiz, Andre Onana va Samir Xandanovich ketganidan so'ng "Inter"da darvoza chizig'ini butunlay o'zgartirish zarurati paydo bo'lgandi. Avvalroq "neradzurri" asosiy darvozabon roli uchun Yan Zommerni sotib olgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar