“Inter” 25 yillik hamkoridan voz kechishi mumkin
12 okt 2020 07:55
Yangiliklar


“Inter” 25 yillik hamkoridan voz kechishi mumkin
Milanning “Inter” klubi 1995 yildan buyon ilk bor titul homiysini almashtirishi mumkin, deya xabar bermoqda Football Italia.
Jamoaning titul homiysi -avtomobil shinalari ishlab chiqaruvchi Pirelli kompaniyasi o'rnini elektr jihozlar ishlab chiqarish va ularni loyihalash bilan shug'ullanuvchi Hisense egallashi mumkin. Yangi homiylik kelishuviga ko'ra,” “Inter”yiliga 30 million evro ishlab topadi.
Ilgariroq Osiyoning ikki yirik - Evergrande va Samsung kompaniyalari ham “Inter” bilan homiylik kelishuviga erishishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi. Yangi kelishuv bo'yicha yakuni qaror 2020/2021 yilgi mavsum yakunida elon qilinadi.
O’xshash yangiliklar
13:31
Eron terma jamoasi hujumchisi mavsum davomida og'riq qoldiruvchi vositalar bilan o'ynab kelmoqda 8

Fikrlar