"Inter" - 19 karra Italiya chempioni!
02 may 2021 20:03
Yangiliklar
"Atalanta" futbolchilari "Sassuolo" (1:1) bilan durang o'ynagach, Antonio Konte shogirdlari rasman musobaqa g'olibiga aylanishdi. Musobaqa yakuniga 4 tur qolgan bir paytda "Inter" hisobida 82 ochko bor. "Atalanta" va "Milan"da – 69. Bu "neradzurrilar" tarixidagi 19-chempionlik.
Malumot uchun, "Inter" futbolchilarining so'nggi chempionligi 2009/10 yilgi mavsumda Joze Mourinyu qo'l ostida qayd etilgan edi.
Fikrlar