So’nggi yangiliklar

15:50Ўртоқлик учрашуви. "Қизилқум" - "Арал" 3:3  1 15:20Ҳар ишда бир ҳикмат бор  1 15:00Превью. "Пахтакор" учун мавсум бошланмоқда. "Шерлар" йўлидаги илк синовдан қандай ўтади?  1 14:48Элит ОЧЛ. "Ал Гарафа" - "Пахтакор" учрашувини бошқариб борадиган ҳакам маълум  2 14:27⚡️"Манчестер Сити" Абдуқодир Ҳусановни Чемпионлар Лигаси плей-офф босқичи учун қайдномага киритди   39 13:23Бугун Аббосбек Файзуллаев ва ЦСКА "Зенит"га қарши майдонга тушади  4 12:51"Манчестер Сити" қишки трансферларга 212 миллион евро ишлатди - бу тарихдаги иккинчи натижа  44 12:24Россия терма жамоаси собиқ аъзоси: "Россия ОФК таркибига ўтмаслиги керак — биз Европанинг бир бўлагимиз. У ерда нима қиламиз?"  17 11:54Маркус Рэшфорд: "Оптимал спорт формамга қайтиш учун АПЛда яхши ўринни эгаллаб турган ва ЕЧЛда иштирок этаётган клубга ўтдим"  8 11:29"Иккинчи ёшлигини" ўтказаётган Криштиану Роналду ҳақида  25 10:40Расман: "Ренн" Иордания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  27 10:21Расман: ОКМК "Локомотив" футболчиси билан шартнома имзолади  8 09:45Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   65 09:05Расман: "Хоразм" икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  9 08:35Анзур Исмоилов Абдуқодир Ҳусанов ҳақида: "Манчестер Сити"га мослашиш ва дебют ўйинда "Челси"га қарши ўйнаш ҳамма ўйлагандек осон жараён эмас"  10

Insayder Fabricio Romano qanday ishlaydi? Kuniga kamida 50ta qo'ng'iroq, 5 soatlik uyqu va malumotni 3 bosqichda tekshirish... Yangiliklar

Insayder Fabricio Romano qanday ishlaydi? Kuniga kamida 50ta qo'ng'iroq, 5 soatlik uyqu va malumotni 3 bosqichda tekshirish...

Siz Evro futbolga oid materiallar insaydi oldida Fabricio Romano ismiga ko'zingiz tushgani aniq.

Transfer oynasi ochilganida, u ijtimoiy tarmoq va yangiliklar sayti lentasida yanada ko'proq ko'rinadi.

U haqida qisqacha faktlar:

  • U "Sky Sport Italia"da 19 yoshidan beri ishlaydi. SHuningdek, "The Guardian" nashriga ham yozadi
  • Avval Romano boshqa mashhur insayder Janluka Di Marcio shtabida ishlagan
  • Uning tvitterida 2,3 mln obunachilari bor. Kontentining deyarli 90%i — insaydlar. Har bir tvit taxminan o'ng mingta layk yig'adi
  • Instagramdagi obunachilari soni — 1,7 mln. U erda ham asosan insaydlar

Biz nega uning insaydlariga ishonishimiz kerak?!

Romano — to'liq tekshirmasdan turib hech bir malumotni chop etmaydigan insonlardan biri hisoblanadi.

Uning so'zlariga ko'ra, xabarni kamida 3ta manba tasdiqlaganidan keyingina, tvitterga xabar joylashtirar ekan. Oddiy misol: o'tgan yozda Italiya ommaviy axborot vositalari "Olive Jiru "Inter"ga o'tadi" degan xabar chop etdi. Biroq qaysidir manba buni tasdiqlamagani uchun, Romano bu xabarni nashr etmadi. Natijada Jiru "CHelsi"da qolgandi.


Fabricio Romanoning odatiy ish kuni 50tadan kam qo'ng'iroqsiz o'tmaydi

U o'zi uchun sxema ishlab chiqqan. Mish-mishga ko'zi tushsa — shablon bo'yicha harakatni boshlaydi:

1. Avvalo agentlarga qo'ng'iroq qiladi. Romano ular asosiy manba ekanini yashirmagan.
2. Agar agent hech qanday malumot taqdim etmasa, klublarga qo'ng'iroq qilishni boshlaydi. Asosan — sport direktorlariga. Per Auzilio ("Inter" sport direktori) Romanoni tartibli jurnalist deb atagan.
3. Fabricio Romano eng oxirida o'yinchilarga telefon qiladi. Faqat bir muammo bor: ko'pincha futbolchilar yaqin kunlarda nima bo'lishini bilishmaydi. SHuning uchun, bu doim ham eng ishonchli manba bo'lolmaydi.

Agar bitimlar Italiya klublariga tegishli bo'lmasa, Romano shu tarzda ishlaydi. Agar mediada A Seriya klublari transferiga oid muhokama ketsa, u futbolchi yoki agentning kelishi, tibbiy ko'rikdan o'tishi, shartnoma imzolanishi haqidagi xabarni birinchilardan bo'lib elon qilish maqsadida shahar, baza, mehmonxonalar bo'ylab harakatni boshlaydi.

"Transfer oynasi — bu jungli. Istalgan narsa bo'lishi mumkin. Bu xuddi CHempionlar Ligasi o'yinidek. Hech nimani o'tkazib yubormaslik uchun har bir kunga puxta tayyorlanish zarur. Men kuniga 500ga yaqin telefon qo'ng'iroqlarini amalga oshiraman. SHu sabab telefonni o'zimning do'stim deb atayman".

Transfer oynasi ochiq kunda, Romano 5 soat dam oladi — ertalab 5 - 10 oralig'ida. Uyg'ongach, u futbolchi va klublar vakillari bilan suhbatlashishni boshlaydi. Romano Milanda istiqomat qiladi va shaharni "Italiya va Evropa transfer bozori markazi" deb hisoblaydi — ko'plab kelishuvlar, u Italiya klublariga aloqador bo'lmasa ham, aynan shu shaharda hal qilinadi.

"Bilasizmi, hamma kelishuvlar ham klub ofislarida hal bo'lmaydi. Funkcionerlar, agentlar va futbolchilar istalgan joyda ko'rishadi: mehmonxonalar yoki restoranlarda. SHu sababli, biz xuddi pokemonlarni izlaydigan o'yinni yoqib yuborgandek vaziyatga tushamiz — biz ham shu yigitlarni ushlashimiz zarur.

Bazan biz to'qqiz soat vaqtimizni sarflab, hech qanday arzirli malumotni qo'lga kirita olmaymiz. Bazan esa shunchaki qaergadir borasan va u erda Pol Pogba bilan Mino Rayolani uchratasan. Ha, aytgancha, Mino Rayolani "ushlash" chindan — qandaydir "vau" hisoblanadi"

Romano hozir transfer bozorida vaziyat murakkabroqligini takidlaydi. Bundan o'n va undan ko'proq avvalgi davr bilan asosiy farq — oldinlari klublar transfer borasida kelishishlari uchun bir hafta etarli bo'lgan bo'lsa, hozir aksariyat kelishuvlarga oylab vaqt talab qilinmoqda. Hozir shunchaki hal qilinishi kerak bo'lgan kichik detallar ko'paydi.

Misol uchun — agentning ulushi. Romano misol keltirishni ham unutmadi. O'tgan yoz "Yuventus" ikki haftada "Ayaks" bilan Matias De Ligt transferi borasida kelishuvga erishgan. Undan keyin yana bir oy Rayolani ko'ndirishga ketdi.

Fabricio Romanoning amalga oshgan TOP insaydlari

Oxirgilardan:

  • Kristian Eriksen "Inter"da. Romano bu haqida birinchilardan bo'lib xabar bermagandi. Biroq birinchi bo'lib kelishuv tafsilotlari to'g'risida aytgan.
  • Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted"da. Rasmiy xabar chiqishidan bir kun oldin bu haqida material chop etgan.
  • Krishtianuning "Yuventus"ga o'tishi.
  • Lukaku – "Inter"da.
  • Leroy Sane va uning "Bavariya"ga transferi. Romanoning aytishicha, Kristian Falk malumotni tasdiqlagani bu insaydning yanada qimmatli qiladi. Falk — nemis jurnalisti. 20 yildan buyon "Bavariya"ga oid insaydlar sohibi va 16 yildan buyon "Bild"da ishlaydi.

Odatda u "Bavariya" va nemis futboliga oid ko'plab insaydlarni inkor qiladi. Biroq Sanening transferi haqidagisini Falk darhol tasdiqladi.

"Qovun tushirishlar" ham bo'lib turadi. "Bleacher Report" o'tgan yil Romano haqida qisqa bir film ishladi. Unda Fabricio Anxel Korreaning "Milan"ga o'tishga juda yaqinligini aytgandi — yakunda futbolchi "Atletiko"da qoldi. O'sha filmda Romano himoyachi Darmian transfer oynasida Italiyaga qaytishi qiyinligini malum qilgan. Ko'p o'tmay Matteo "Parma" bilan shartnoma imzoladi.

Barcha insaydlar masshtabida bu xatolar kichik qismnigina tashkil qiladi.


Fabricio Romano haqida yana nimalarni bilish zarur?

Romanoning o'zi ikki narsani ajratib ko'rsatadi.

Birinchisi — "Here we go" shiori. Bu so'zlarni Fabricio har bir kelishuv yakunlanganidan keyin yozib qoldiradi.
Ikkinchisi — faoliyat starti. Romano "Sky Sports Italia"ga o'tganiga ikki hafta bo'lganda birinchi insaydlarini malum qilgan. O'shanda unga "Barselona" akademiyasiga aloqador agent qo'ng'iroq qilgan va o'zining ikki iqtidorli futbolchilari haqida yozishni so'ragan.

Bu mijozlar Mauro Ikardi va Jerar Deulofeu edi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика