So’nggi yangiliklar

19:50Расман: "Барселона" ҳимоячиси "Эльче"га ўтди  0 19:19"Байер" "Ал Қодисия" ярим ҳимоячисини 25 млн еврога сотиб олди  0 19:11CAFA Nations Cup. Ўзбекистон – Туркманистон (матнли трансляция)  21 18:48CAFA Nations Cup. Кейруш бошчилигидаги Ўмон охирги дақиқаларда гол уриб, Қирғизистонни ютиб кетди  30 18:33Ўзбекистон - Туркманистон. Асосий таркибимиз маълум  24 18:33"Қайрат" – "Реал" учрашувига 4-5 минг сайёҳ келиши кутилмоқда  0 18:05"Қайрат"нинг Чемпионлар Лигасидаги ўйинлари Остонада ўтказилиши режалаштирилмаган  1 17:38"Астон Вилла" "Ливерпуль" хавбеки билан шартнома имзолади  7 17:10"Бавария" "Челси" ҳужумчисини ижарага олди  6 16:41"Комо" Деле Алли билан шартномани бекор қилди  0 16:14"Челси" Буонанотте трансферини расмийлаштирди  4 15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  4 14:56"Ноттингем Форест" "Арсенал" футболчисини ижарага олди  0 14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  8

Inglizlar Xolandni APLdan quvib yuborish uchun peticiyalarga imzo chekishmoqda. Buning sababi... Yangiliklar

Inglizlar Xolandni APLdan quvib yuborish uchun peticiyalarga imzo chekishmoqda. Buning sababi...

Laport esa norvegiyalikni umuman futboldan chetlatib yuborishni taklif qildi.

Erling Xoland APLga o'tganini sezmayapti. APLdagi sakkizta o'yinda 14+3, barcha musobaqalarda 12ta o'yinda 19ta gol — aftidan, norvegiyalikning har qanday o'yinda tarkibda bo'lishi bahsni biroz adolatsizroq qiladi. Muxlislarda Xoland odam emasligi bo'yicha shubhalar ko'paymoqda.


Hafta davomida hujumchini to'xtatish uchun mo'ljallangan bir nechta kulgili peticiyalar paydo bo'ldi.


"Bu shunchaki adolatsizlik", — deb yozdi Change.org'dagi Ten Hag's Reds niki ostidagi peticiya muallifi. U hali ham derbidagi 3:6ni esdan chiqara olmayotgan ko'rinadi. — Biz barchasini o'zgartirishimiz mumkin. Biz harakat qilishimiz kerak bo'lgan payt keldi, odamlar. Bu robotga mamlakatimizda yurishga ortiq imkon bermasligimiz kerak!".



Ushbu platformadagi ikkinchi peticiya muallifi shunday tushuntirdi: "Xoland — jiddiy muammo. U kutilmaganda paydo bo'ladi va bu buyuk xalqdagi mehnatkash insonlarning dam olish kunlarini doimiy ravishda buzadi. Jamiyatimizdagi millionlab insonlarning psixologik sog'ligini himoya qilish uchun masala hal etilishi kerak. Bu boshida qiziq edi, ammo hozirda milliy xavfsizlik masalasiga aylanib bormoqda".


Ushbu peticiyalar bir necha yuzlar imzolarga ega bo'ldi, ammo Marca'ning malum qilishicha, eng ommalashgan peticiya Britaniya parlamenti va hukumatiga yo'llangani bo'lgan: iltimos oddiy — hujumchini APLdan quvib yuborish, chunki "Man Siti" tarkibida robot o'ynamoqda.



Nashr peticiya ikki milliondan ortiq imzo to'plaganini takidlamoqda, shundan so'ng uni saytdan o'chirib tashlashdi. Buni sayt moderatorlari qilishlari mumkin edi, sababi peticiya saqlanib qolinsa, qonun bo'yicha u Britaniya parlamentida muhokama qilinishi kerak edi.


Ammo, so'nggi peticiya katta ehtimol bilan feyk bo'lgan. U deputatlarga qadar etib bormagan, ammo uni jamoada muhokama qilishgan. Emerik Laport muxlislarga qo'shildi va sherigini nafaqat APLdan, balki umuman futboldan chetlatishga chaqirdi.



Tez orada o'yinchini Angliyadan chiqarib yuborish xohishi haqida Pep Gvardioladan cho'rashdi.


"Kechirasiz?" — deya boshida gapirdi murabbiy tushunmagan holda. Ispanga ozgina peticiya haqida tushuntirishganida, u jilmaygan holda gapirdi: "Hazil tariqasida, bu yaxshi".



SHundan so'ng Pep forvard uchun maqtovlarni ayamadi: "Unda aqlbovar qilmas instinkt bor, to'p kelishiga bir soniya qolgan kerakli joyda bo'lishi ajoyib. Murabbiy buni o'rgata olmaydi, bu imkonsiz. U buni Norvegiyada, Avstriyada qilgan, bu tabiiy ravishda ro'y beradi, u to'pni his qiladi. Bizni tanlaganing uchun rahmat, bunday iqtidor borligi bizning omadimiz".


Xolandni to'xtatib bo'lmayapti, Anchelotti Fergyusonning rekordini takrorladi va Messida yangi yutuq




Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика