Infantino: "Futbol - endi faqat Evropa va Janubiy Amerika emas"
24 dek 2016 14:51
Yangiliklar
Infantino: "Futbol - endi faqat Evropa va Janubiy Amerika emas"
FIFA prezidenti Janni Infantino yana jahon chempionati ishtirokchilari soni oshirilishi haqida gapirdi.
"Bugun jahon chempionati - oddiy futbol turniridan kattaroq narsa. Bu ijtimoiy voqea. Futbol rivoji va saviyasi ancha o'sishga erishdi. APLda 69 mamlakat vakillari to'p tepmoqda. JCH-2014da Kosta-Rika Angliya va Italiya bor guruhdan chiqdi. Kosta-Rika - yaxshi jamoa, ammo bu Messisi bor Argentina, yoki Neymar o'ynaydigan Braziliya emas.
Futbol - endi faqat Evropa va Janubiy Amerika emas. Mana nega JCH ishtirokchilari sonini ko'paytirish kerak. Yangi formatda turnir 32 kun o'tishi mumkin. Kelajakdagi jahon chempioni 12 ta stadionda 7 ta bahs o'tkazadi. 3 ta jamoadan iborat 16 ta guruh, keyin pley-off o'yinlari. Buni 2026 yilda ko'rishimiz mumkin" - deydi Infantino.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar