Inesta: "Real"ni tushunaman va Ispaniya madhiyasini xushtakbozlikka aylantirishga qarshiman"
26 mar 2015 12:12
Yangiliklar


Inesta: "Real"ni tushunaman va Ispaniya madhiyasini xushtakbozlikka aylantirishga qarshiman"
"Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta Ispaniya Kubogi finali uchrashuvini "Real" o'z stadionida o'tkazishdan bosh tortganini tushunishini takidladi.
"Klubimiz o'rtasidagi raqobatdan kelib chiqib, "Real" qarorini tushunaman. Ashaddiy raqibing sening maydoningda chempionlikni nishonlashi juda yomon tasir qiladi. Kubok finali joyi mavsum boshida belgilanishi kerak deb o'ylayman.
Sport sport bo'lib qolishini istayman. Xushtakbozlik noto'g'ri. Futboldagi ehtiroslarni tushunaman, ammo barcha narsaga hurmat bilan yondoshish kerak" - deydi Inesta.

Fikrlar