Inesta operaciya qilindi va u 4 oy maydonga tushmaydi
16 dek 2020 17:13
Yangiliklar


Inesta operaciya qilindi va u 4 oy maydonga tushmaydi
"Vissel Kobe" yarim himoyachisi Andres Inesta jarohati sabab ancha muddatga safdan chiqdi.
36 yoshli xavbek Osiyo CHempionlar Ligasi doirasidagi 10 dekabrda bo'lib o'tgan o'yinda jarohat olgan edi.
SHifokorning tashxisiga ko'ra, uning son mushaklari yorilgani aniqlandi.
Ispaniya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Barselonada operaciya qilindi. Tiklanish vaqti 4 oy davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar