Inesta haqida malumot tarqatgan futbolchi jamoadan chetlatildi
13 okt 2018 12:57
Yangiliklar
Inesta haqida malumot tarqatgan futbolchi jamoadan chetlatildi
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta bilan bir jamoada to'p tepadigan "Vissel Kobe" himoyachisi SHunki Takaxashi ispaniyalik haqida malumot tarqatgani uchun jamoadan chetlatildi.
Malumotlarga ko'ra, Takaxashi do'stiga Inesta navbatdagi uchrashuvda ishtirok eta olmasligini aytgan. Futbolchining do'sti esa bu malumotni "Tvitter"da elon qildi. Keyinroq u ushbu xabarni o'chirib tashladi, ammo mahalliy OAV ushbu malumot haqida yangilik tarqatishga ulgurishdi. "Vissel Kobe" rahbariyati Takaxashini bir oyga jamoadan chetlatishga qaror qildi.
Fikrlar