So’nggi yangiliklar

09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  10 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  4 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  17 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  4 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  6 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  169 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  1 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  6 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  6 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0

Inesta bilan xayrlashuv ko'rsatuvi bo'lib o'tdi (FOTO) Yangiliklar

Inesta bilan xayrlashuv ko'rsatuvi bo'lib o'tdi (FOTO)

Teglar :  Andres Inesta
Juma, 18 may kuni mavsum oxirida "Barselona"ni tark etadigan Andres Inesta bilan "Kamp Nou" stadionida xayrlashuv ko'rsatuvi bo'lib o'tdi.

Ko'rsatuvda Kataloniya klubining barcha futbolchilari ishtirok etdi. Bu xayrlashuv efiriga jamoaning sobiq futbolchilari ham tashrif buyurdi.

Klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu Inestaga maxsus esdalik sovg'asini topshirdi.

"Bu jamoa sardori bo'lish juda yoqimli. Sizlarni va klubni sog'inaman... "Barselona" men uchun dunyodagi eng yaxshi jamoa.

Hayotimni o'zgartirgan ayolimga ham minnatdorchilik bildiraman. Barchangizdan minnatdorman. Olg'a "Barsa" - deydi Inesta.





"Barselona" sobiq yarim himoyachisi, ayni damda "Al-Sadd" sharafini himoya qilayotgan Xavi Inesta bilan xayrlashish chog'ida yig'lab yubordi.


Serxio Buskets: "Inesta bilan sodir bo'lgan eng ajoyib voqea? Andresning "Stemford Brij"dagi zarbasi. O'sha gol hammasini boshlab bergan"


Xavi: "Uni ilk marta ko'rganimda Inesta 16 yoshda edi. Andres hammasini to'g'ri bajarar edi. Bazida u o'rganadigan narsa qolmagan deb o'ylab qolar edim. Iestani futbolchi va inson sifatida namuna qilib ko'rsatsa bo'ladi".


Saumel Eto'O: "Klubga kelganimda Ronaldino "Barselona" yuzi edi. Jamoadagi ilk kunlarimda mendan eng yaxshi taassurot qoldirgan futbolchi kimligini so'rashdi. Bunga javob berish qiyin edi, ammo o'shanda Inestani ko'rsatganman".

Reyting: +64   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика