Indoneziya Kubogi. Abdumo'minov jamoasi keyingi bosqichda, navbat OCHL saralashiga
01 fev 2019 13:35
Yangiliklar
Indoneziya Kubogi. Abdumo'minov jamoasi keyingi bosqichda, navbat OCHL saralashiga
Kecha Indoneziya Kubogi 3-bosqichi javob uchrashuvi doirasidagi "Kerpi Jaya" - "Persija" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Mazkur bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. SHu tariqa ilk uchrashuvda 8:2 hisobida g'alaba qozongan "Persija" keyingi bosqichga yo'l oldi. Bu klub safida hamyurtimiz Jahongir Abdumo'minov to'p tepmoqda.
Endi "Persija" 5 fevral kuni OCHL-2019 saralash uchrashuvini o'tkazadi. Bolgariyalik Ivan Kolev boshchiligidagi klub Singapurda "Xoum Yunayted" mehmoni bo'ladi. Ushbu bahs g'olibi 12 fevral kuni Avstraliyada "Nyukasl Jets" bilan o'ynaydi. Bu uchrashuvda zafar quchgan jamoa esa 19 fevralda Yaponiyaning "Kashima Antlers" klubi bilan guruh bosqichiga chiqish uchun o'yin o'tkazadi.
Indoneziya Kubogi
"Kerpi Jaya" - "Persija" 1:1
Birinchi o'yin: 2:8

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar