So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

Incheondan yozamiz. 8-kun kundaligi. ...Kundalik o'zi nima? Yangiliklar

Incheondan yozamiz. 8-kun kundaligi. ...Kundalik o'zi nima?

21 sentyabr kundaligini ikki qismda yozishga qaror qildim. Keling, avval Osiyo o'yinlaridagi maqsadim haqida qisqacha yozib o'tsam.
O'zbekiston terma jamoasi 1994 yili Osiyo o'yinlarida g'alaba qozonganiga roppa-rosa 20 yil bo'ldi. Mazkur natijani takrorlash uchun juda ham yaxshi imkoniyatga egaligimiz bois, musobaqaga tashrif buyurgan edim. Incheon juda katta shahar, ko'plab sport o'yinlari Incheondan tashqarida bo'lyapti. Masalan, O'zbekiston terma jamoasi "Goyang" stadionida mashg'ulot o'tkazadi. Bu biz ishlaydigan hududdan chamasi bir yarim soatlik yo'l degani. Mashg'ulotga kech qolmaslik uchun tongda boshlanayotgan sport o'yinlariga bora olmaysiz, mashg'ulot yakuniga etganidan so'ng Toshkentga video materiallarni yuborish kerak. Qolaversa, kompyuter oldida o'tirib kundalik va axborotlardan yozish kerak. Qarabsizki, sizda bironta sport o'yiniga borishga vaqt bo'lmaydi. Kuniga avtobusda taxminan 4 soatga yaqin vaqtni o'tkazyapmiz. Bu har kuni Toshkendan Samarqandga borish deganidir.



Fikrlarni qoldirmay o'qiganligim bois, kecha kundalik o'rniga boshqa sport turlarini yoritish buyrug'ini oldim. SHu joyiga bir narsani aytib ketay, bu FUTBOL sayti! Qolgan barcha sport xabarlarini olamsport.com saytida yorityapmiz. Balki buni Siz bilmaysiz, ammo noo'rin tanqidga men harholda javob beraman. O'rinli tanqid ustida esa ishlayman. Agar sizga sport yoqsa, marhamat olamsport.com saytiga kiring. Yana bir narsani takidlab o'tishni istardim, kundalik bu birinchi shaxs tomonidan kun davomida qilingan ishlar bayon qilinadigan loyiha. U erda muallif o'quvchiga hisobot beradi.



Undan tashqari Osiyo o'yinlarida qatnashayotgan har bir federaciyaning matbuot kotiblari, yani rahbarlarning qarindosh-urug'lari bor. Afsuski, mana shunday musobaqalar davomida, ularning mutaxassis emas, shunchaki amakisining o'g'li yoki gapdagi do'stining ukasi ekanligi bilinib qoladi. Ular uchun biz ishlashga majbur emasmiz, bizning vazifa bitta, futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi mashg'ulotlardan reportajlar, video va fotolarni Sizlarga taqdim etish. Undan keyin mening issiq joyim hech kimga kerak emas, mening issiq joyim aslida juda sovuq, turgan-bitgani o'z yoningizdan xarajat.



Erta tongda Mirabror Usmonov sportchi va futbolchilarimiz bilan uchrashish maqsadida, sport shaharchasiga tashrif buyurdilar. Soat 9:00da bo'lib o'tgan tadbirda Mirabror Zufarovich dastlab barcha sport turlari bo'yicha murabbiylarni qabul qildilar. O'z navbatida murabbiylar, Usmonovni Osiyo doirasida katta unvonni qo'lga kiritgani bilan tabriklashdi. Sportchilardan keyin Mirabror Zufarovich futbol delegaciyamiz vakillari bilan alohida suhbat qurdi. Terma jamoalar Markazining texnik direktori Rustam Akramov ayni paytdagi holat haqida qisqacha axborot berdi va 20 yillik g'alabani takrorlash uchun yigitlarda barcha sharoit borligini aytib o'tdi. Tadbir so'nggida barcha qo'lga kiritiladigan oltin medallar uchun O'zbekiston hukumati 6 000 AQSH dollari qiymatida mukofot puli ajratganligi malum bo'ldi.



Saytda hammaning ko'nglini birdek ovlash qiyin. 40 000 nafar o'quvchidan hech yo'g'i bittasiga ishingiz yoqmasligi aniq. Kundalik esa juda ko'pchilikka manzur kelayotgani uchun yozilyapti. Bunga Moskvaga sayohat qilganimda amin bo'lgandim.




21 sentyabr. Janubiy Koreya, Incheon

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика