So’nggi yangiliklar

07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  0 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  8 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  26 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  12 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1

Incheondan yozamiz. 6-kun kundaligi. "Opa Gangam Stayl" Yangiliklar

Incheondan yozamiz. 6-kun kundaligi. "Opa Gangam Stayl"

Faoliyatimdagi ikkinchi ochilish marosimiga jiddiy tayyorgarlik ko'rdim. Kerakli texnikalarni olgan holda soat 15:00da stadion tomon yo'l oldik.

Muhit alo darajada edi. Muxlislar uchun yaratilgan sharoitlarni bir so'z bilan ifodalab bera olmayman. Fan-zonalarda turli kompaniyalar sovg'a-salom ulashgan, ko'ngilochar o'yinlarni tashkil qilgan. Stadionga tashrif buyurayotganlarning ko'pchiligi yoshlar. Biz stadionlarimizda ayol kishini ko'rib qolsak, termilib turamiz. Bu erda unday emas, ayol kishining sport o'yinlariga kelishi odatiy hol. 7 kishidan kamida 3 nafari qiz bola. Ularda sport o'yinlari oilaviy dam olish maskani hisoblanar ekan. Er-xotin farzandi bilan madaniy hordiq chiqarib ketishadi. Istasa koncert tomosha qilsin, istasa fan-zonada ko'nglini yozsin. Eb-ichish istagancha, hamma sharoit bor. Garchand kecha ish kuni bo'lsa-da, soat 17:00dan boshlab stadion to'la boshladi. Lekin hech kim stadionga kiray demasdi, stadion atrofida dam olib yurishibdi. Fantastik muhit. Men ham Terma jamoalar markaziga gapirib charchadim, mayli O'zbekiston bazi o'yinlarda yutqazib qo'yadi, agar sizlar shunday servisni muxlislarga tortiq qilib qo'ying, birontasining so'kinishga tili bormaydi keyin. CHunki siz hech bo'lmasa ularga bayram kayfiyatini ulashgan bo'lasiz. Bizda stadionga kelgan odam yo och qoladi, yo chanqog'idan oxirigacha o'tirmay chiqib ketadi. SHundan keyin yutqazsa, albatta, alamini futbolchi-yu, murabbiydan oladi.


Barcha o'z chiptasini kutayotgan vaqt

Bunday ochilish marosimlarida fotomuxbirlar bir-biriga dushman bo'ladi. Hamma ham yaxshi joyga o'tirishni istaydi. Afsuski, Anvar akam ikkimiz eng so'nggi to'daga tushib qoldik. Yani, biz eng oxirgi bo'lib joy bilan taminlanishimiz kerak edi. Biroz kayfiyat cho'kdi. Futboldan farqli ravishda bu erda fotomuxbirlar maydon emas, tribuna atrofida o'tirishlari lozim. 100 metr oladigan obektivni olganim foyda berdi. Buni ham Anvar aka maslahat bergan edi. Xullas stadion atrofida o'zimga joy qidiraman, markaziy joylar allaqachon band qilingan. Bir erda 4ta bo'sh joy turibdi. Majbur o'tirdim. Keyin bilsam, bu menga berilgan eng yaxshi sovg'a ekan. Aynan men o'tirgan joyning to'g'risidan sportchilar chiqadi, chap tomonimda esa Osiyo o'yinlari mashalasi yoqilar ekan. Bu ham bir baxt. Buni faqat fotomuxbirlar tushunadi. Joylashganimda hali ochilish marosimi boshlanishiga 4 soat vaqt bor edi. Qaniydi uxlab olish imkoni bo'lsa.

Mahalliy vaqt soat 16:30dan boshlab kichik koncert dasturlari boshlandi. Keyin u yog'iga ulanib ketdi. Koreya tarixi va shunga o'xshash qiziqarli sahna ko'rinishlari etiborga taqdim etildi. Kecha terma jamoamiz dam olgani uchun kunimni ochilish marosimiga bag'ishlagan edim.

O'zbekiston delegaciyasi stadionga chiqib kelmoqda...


19:00ga kelib tadbir qizidi. Koreyada o'z nomiga ega bo'lgan 8 nafar kishi mamlakat bayrog'ini olib chiqib tantanali tarzda ko'tarishdi. SHundan keyin osiyo o'yinlarining bayrog'i ham xilpiradi. Va nihoyat sportchilar chiqa boshlashdi. Unga qadar bo'lgan mushakbozlik stadionni tuman ostida qoldirgan edi. Meni hayratga solgani, SHimoliy Koreya sportchilari chiqishganida stadiondagi deyarli barcha ularni qarsaklar bilan olqishladi. Ming qilsa ham ularning tarixi bir, avlodi bir. Umuman olganda, koreys muxlislari sharq vakillarini tinmay olqishlab turishdi. Stadionda istagan paytda kimdir turib chiqib keladi, kimdir egulik olib keladi, rasmga tushishadi. Xullas mazza. Bizda o'rningdan tursang tamom, O'tir joyingga! degan do'qni eshitasan. 

O'zbekiston chiqib kelyapti. Rishod Sobirov hilpiratib kelayotgan O'zbekiston bayrog'i ortida Vatan sharafini himoya qilish uchun kelgan sportchilar olg'a qadam tashlar edilar. Ulrga Murod Aliev va Oybek Kasimov yo'lboshchi. 

Xullas hammasi ajoyib bo'ldi. Bu musobaqa meni yana bir qadam olg'a qadam tashlashimga sabab bo'lsa ajab emas. Mashalani yoqish marosimi ham ajoyib o'tdi. Vertolyotdagi kamerlar ana shu lahzalarni millionlab kishilarga translyaciya qilib berdi. Afsuski, sizlar ko'ra olmadingiz. Eng achinarlisi, uzoq bir qishloqda o'g'lini musobaqaga yuborgan ona ko'ra olmadi. Mahalla va shahardagi do'stlari ko'ra olmadi. Bunday yo'l bilan qanday qilib faxr tuyg'usini yoki ommaviylikni targ'ib qilishimiz mumkin, bilmadim.

Eng jajji tomoshabinlardan biri


Mashala yoqilgach yana bir bor mushakbozlik bo'ldi, shundan keyin katta sahnaga Psay (PSY) chiqib, dunyoga mashhur bo'lishiga sababchi  Opa Gangam Stayl qo'shig'ini kuyladi. Biz esa alo kayfiyatda uyga ketdik. 

19 sentyabr, Janubiy Koreya, Incheon.

Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика