Incheondan yozamiz. 4-kun kundaligi, Bangladeshga qarshi tayyorgarlik boshlandi
17 sen 2014 16:00
Yangiliklar

Incheondan yozamiz. 4-kun kundaligi, Bangladeshga qarshi tayyorgarlik boshlandi
Kecha O'zbekiston terma jamoasi Bangladesh bilan o'yinga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Mana ikki kundirki men ham terma jamoamiz delegaciyasi bilan birga yuribman. O'zim yashayotgan hududdan sport shaharchasiga, u erdan terma jamoa bilan birga mashg'ulotlarga ketaman. Muhit alo darajada. Yigitlarning kayfiyati o'ziga kelgan.
SHahar esa Osiyo o'yinlari bilan yashayapti. Butun shahar bo'ylab Osiyo o'yinlarining timsollarini ko'rishingiz mumkin. So'nggi yillarda har tomonlama katta o'sishga erishayotgan Janubiy Koreya istalgan xalqaro musobaqaga mezbonlik qilishga tayyor ekan. Transport (metro va avtobus) maxsus dastur asosida o'z vaqtida yuradi. Bu esa musobaqa o'tkazish uchun eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Osiyo o'yinlari uchun maxsus "Asian Daily" kundalik gazetasi chop etilyapti.
OAV uchun ikkita katta bino ishlab turibdi. Ulardan biri MMC yozuvchi jurnalistlar uchun, ikkinchisi, MBCda TV xodimlari ishlashyapti. Kecha bir o'quvchimiz O'zbekistonda Osiyo o'yinlarining bo'layotganligini bildiruvchi bironta targ'ibot yo'qligini yozdi. Targ'ibotning yo'qligi bois musobaqa sizlar uchun ahamiyatsizdek ko'rinayotgan bo'lsa kerak, ammo bu erda sport o'yinlari "portlash" arafasida. Hamma-hamma 19 sentyabrni kutyapti. Yaponiya va Janubiy Koreya azaldan raqobatdosh mamlakat hisoblanadi. Bu ikki terma jamoa o'rtasidagi har qanday o'yin, u xoh rasmiy, xoh o'rtoqlik bo'lsin, g'urur va oriat uchun o'ynalar ekan. Tokio 2020 yilda yozgi Olimpiada o'yinlarini qabul qiladi. Tabiiyki bu Koreyaga yoqmaydi, shuning uchun ular mazkur Osiyo o'yinlari bilan barchaga o'z etiborlarini qaratishni reja qilishgan.
O'zbekiston terma jamoasiga Yaponiyada tahsil olayotgan Anvar ismli bola gid sifatida biriktirilgan. Unga koreyalik qiz yordam beryapti. O'zbek tilini xuddi "Robinzon Kruzo" filmidagi Jumavoy kabi gapiradi. Bu haqda ertaga videoda tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.
Fotomuxbirlar orasida texnika borasida so'nggi o'rinlarda faxr bilan turibman. Bu erga kelayotgan hamkasblarim shu qadar ko'pki, sanab eta olmaysiz. Texnikalarini aytmaysizmi? Ko'ramiz, yigitlar chempion bo'lib qolsa, bitta "dodasi"dan sovg'a qilib yuborishar. Menimcha, shu joyini futbolchilar o'qimay tashlab ketishadi )).
O'zi saytga kirishadimi deysizmi? Avtobusga chiqsam kimning interneti bo'lsa, hamma "CA"da. Murabbiylarimiz ham xursand, hech bo'lmasa sayt orqali Osiyo o'yinlari targ'ibot bo'layotganidan. SHundan keyin ko'zingga charchoq ko'rinarmidi?
Tashkilotchilarning rejasiga ko'ra, 17 sentyabrdagi mashg'ulot soat 12:00da bo'lishi kerak. Buning uchun terma jamoamiz 11:00da sport shaharchasidan chiqib ketishi lozim. Men esa kamida soat 8:00da turib, yuz-qo'lni yuvib ularning oldiga kelishim kerak edi. Hali 4 soat vaqtga ko'nikib olmagan emasmanmi, bir amallab sakkizda turdim. Bu paytda O'zbekistonda 4:00 edi. Odatda bunday vaqtga oshga borsakgina turamiz. Uyquning eng shirin paytida mashg'ulot. Men-ku, mayli. Uyqusirab ham rasm olishim mumkin. Ammo futbolchilarimizga qiyin.
Hozircha shu. Avtobusda kim uxlab qolganini bilishni istaysizmi? Bir futbolchimiz hattoki qaytishda uxlab qolib ketdi. Ha, endi chempion bo'laylik surati bilan ko'rsataman kimligini. Hozircha xayr!
SHahardagi bannerlardan biri
Sportchilar shaharchada velosopeddan bepul foydalanadilar
Ish degani mana bunday bo'lsada
Mashg'ulotga ketishdan avval yigitlar bilan
Terma jamoa operatori Jamol aka va massajchi Abdulla aka. Ularning ortidan Sarvar tarvuzlarini, yo'g'e, to'plarini ko'tarib kelyapti
Buyuk Xitoy devori. Xitoyliklar sport shaharchasiga kelishyapti. SHu erda ham tirbandlik
Nodirxo'ja Yuldashev.

Fikrlar