So’nggi yangiliklar

23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  0 23:24Польша терма жамоаси ўйинчилари Левандовскининг сардорлик боғичи олиб қўйилганини "нишонлашди"  3 22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  20 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  12 22:08Алонсо "Реал"даги илк машғулотини ўтказди  1 21:41Левандовски терма жамоадан кетиши ҳақида: "Мураббий ишончимга хиёнат қилди. Гап ҳатто сардорлик боғичини олиб қўйиш қарорида ҳам эмас, балки бу ҳақда қандай хабар беришганида"  9 21:27Ўртоқлик учрашуви. U23 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасини мағлубиятга учратди  0 20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  15 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  14 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  37 19:37Остон Ўрунов қанча муддатга сафдан чиқди?  13 19:10Сергей Лебедев: "Ўтган ўйиндаги каби ҳаракат қила олмадик"  1 18:53"Интер"нинг бўлажак мураббийи "Парма"ни тарк этди  0 18:32Расман: Николич ЦСКА бош мураббийлигидан кетди  2 18:20"Манчестер Сити" дарвозабони клубни тарк этди  1

Incheondan yozamiz. 14-kun kundaligi. Oltin kuzning oltinlari Yangiliklar

Incheondan yozamiz. 14-kun kundaligi. Oltin kuzning oltinlari

Sizlarni ham futbol haqida yozaverib siqmayin. Kecha men uchun ajoyib kun bo'ldi.
Ertalab soat 7:00da, bundan uch kun avval sport shaharchamizga tashrif buyurgan, 70ni qarshi olish arafasida turgan, katta tajribaga eka Anvar aka kelgan edi. Bu operatorni O'zbekistonda bilmagan kishi yo'q. O'zbekiston havo yo'llari va yakka kurashga kiruvchi sport turlari bilan muntazam hamkorlik qilib kelayotgan ustoz, 4ta jahon Olimpiadasi, 5ta Osiyo o'yinlari, Markaziy Osiyo o'yinlarining barchasida va yana yuzlab musobaqalarda ishtirok etganlar. CHamasi 70ta davlatda bir necha marotaba bo'lganlar. Mana shunday juda katta tajribaga ega kishi bilan bir xonadonda istiqomat qilyapman. Avvallari ham aytib kelardim, ustoz ko'rishda eng, eng omadi chopgan insonlardan biriman. SHuning uchun yoshlarga, utozni raqib deb emas, ota deb bilgin deyman.



OAV uchun tezkor tamaddixona...

Xullas Anvar aka erta tongda baydarka va kanoe musobaqasining finaliga boramiz dedilar. Buning uchun soat 7:00da uyg'onish (Toshkent vaqti bilan 3:00) va mazkur sport turi o'tkazilishi kerak bo'lgan ko'l tomon yo'lga chiqishimiz kerak edi. Yo'l uzoq, chamasi 2 soatlik. Soat 10:00da ilk chiqish boshlanishi kerak edi. Bizdan Mochalov hech bo'lmaganda kumush medalni yutishi kerak. Yomg'ir yog'ayotganidan biroz xavotirda edik.  Ayni paytda mazkur sport turiga masul bo'lgan Jasur Akramovni aytishicha, yomg'irdan xavfsirash kerak emas, aksncha shamolning tasir yomon bo'lishi mumkin. Ko'lga etib borganimizda yomg'ir tinib qolgan edi. Natijada hosil bo'lgan tumanda musobaqa 1 soatga kechiktirildi. 11:00da dastlabki sportchilar suzish yo'lakchasiga chiqishdi. Suvdagi rasmlar zo'r chiqmaydimi, shaqirlatib bosib tashladim. 5-raqamda ishtirok etayotgan Mochalovni  durbinim qidirish bilan band. Boisi ular 1 km uzoqlikdan startga chiqqan edilar. 500 metr qolganida ularni tiniq ko'rdim, Mochalov ikkinchi bo'lib kelyapti.



Aleksey Mochalov kechagi kunni oltin medal bilan boshlab berdi

So'nggi 250 talik marraga yaqin Mochalov “motori”ni yoqdi va taqibchisidan o'zib ketdi, biz baqiryapmiz, “Olg'a, olg'a”... Va Mochalov birinchi! Bu final, haqiqiysiga O'zbekiston – Qozog'iston o'rtasidagi derbi bo'ldi. Bo'lib o'tgan 10ta finaldan 7tasida Markaziy osiyoliklar  g'alaba qozonishdi.
Birinchi startdan avval, bir nechta olimpiadani ko'rib qo'ygan qozog'istonlik hamkasblarimiz, istasak bitta oltinni hadya etishlarini aytishayotgan edi. Biz esa, o'z kuchimiz bilan g'alaba qozonishimizni javob tarzida aytdik. Ikkinchi startda London Olimpiadasini yutishi mumkin bo'lgan Vadim Menkov. U ham 5-raqamda. Menkovning ham asosiy raqibi qozog'istonlik baydarkachi edi. Xuddi Mochalov kabi Menkov ham marrani birinchi bo'lib zabt etdi. Finaldan so'ng uni tabriklab olayotgan suratlarim, TVda chiqibdi shekili, komentlarda o'qib qoldim. “Joma”ni hamma tanibdi menimcha )).



Vadim Menkov o'z "oltin"i bilan

Keyingi musobaqalarda bizga sal omad etishmadi. Ikkita kumush, bitta bronza. Qo'shnilarimiz esa bir emas, beshta “oltin”ni cho'ntakka solib ketishdi.

O'zbekistondan 5, Qozog'istondan 15 nafarga yaqin jurnalist mazkur bahslarni voyea joyidan yoritishdi. Endi ketishimiz kerak edi, boisi tunda bizni, boks, yunon rum kurashi va ko'pkurash turidagi engil atletika musobaqalari kutib turar edi. Fotomuxbir Anvar aka kurashga, men atletikaga boradigan bo'ldik. Boisi ikkisida ham bizni oltinlar kutayotgan edi. Boksda esa chorak final bahslari.  Ularning oltinini olishga hali ulguramiz.



Yuliya Tarasova chapda, Ekaterina Voronina o'rtada...

Avvaliga MMS (Media markaz)ga borishimiz va u erdan ikkita arenaga tarqalishimiz kerak. Sababi,” baydarka”dan to'g'ri reys yo'q. Ikki soat ichida MMSga etib bordik, u erdan apil-tapil qilib 10 daqiqa ichida romiyonni (bizning rolton) tiqdik-da, men atletikaga, ustoz kurashga ketdik. Atletikaga chamasi 50 daqiqalik yo'l. Afsuski, finalning so'nggi chiqishiga ulgura olmadim. Bu erda haydovchilar aytib o'tganimdek, o'z yo'llari bilan emas, navigator ko'rsatgan yo'nalishda ketaveradilar. Bu safar yana pand edik. Adashib boshqa ko'chaga kirib ketdik. Uzoqdan bo'lsa-da taqdirlash marosimini suratga oldim. Atletika bahslari ochilish marosimi bo'lgan stadionda bo'lyapti. Suvdagi mashala hamon yonib turibdi. Ajoyib kadr. Men turgan nuqtada esa bayrog'imiz osmon tomon ko'tarilar edi. Ikki nafar qizimiz, Ekaterina Voronina va Yuliya Tarasova bizga musobaqadagi oltin va kumush medallarni taqdim etdilar. Bu erda Darya Reznichenko atletikaning uzoqlikka sakrash turi bo'yicha musobaqadagi ishtirokini davom ettirayotgan edi. Mazza qilib uni rasmga oldim, qumlarning sachrashini qarang, effektmisan, effekt. Afsuski, qizimiz 7-o'rin bilan cheklandi. Murabbiyning aytishicha, u bizga medal olib berishi kerak edi, ammo startga uch kun qolganida jarohat olibdi.





Darya Reznichenkoning parvozi va qumlar...

Musobaqada biz sportning 32ta turi bilan ishtirok etdik. SHulardan bor yo'g'i 2-3tasi o'zi bilan shifokor olib kelgan. Bu yaxshi emas albatta. Professional sport federaciyalarining har biri o'zi bilan shifokor va uqalovchini olib yurishi kerak.

Qaytishda menga ham O'zbekiston sport delegaciyasining ekipirovkasini berishdi. Ishlarim yoqdi shekili. O'zbekiston nishoni tushirilgan ekipirovkani kiysang, mazza qilar ekansan. Bu haqda ertaga yozaman.



Davlatimiz bayrog'i tagida, yana madhiya sadolari ostida turish etlaringni jimirlatib yuboradi

Do'stim Kamol bilan sport shaharchasiga qaytdik, u erda yana bitta do'stimiz Mumtoz kurashdan oltin medal bilan kelayotgan edi. Og'zi qulog'ida bolaning. Uyga kelsam, endi “Dada” deyayotgan qizchasi bilan suhbatlashib o'tiribdi. “To'ylar muborak, azizlar”, deb xonadonimizga kirib kelaverdim.

Rostan ham kechagi kun zo'r o'tdi, 4ta oltin. Oltin kuzning oltinlari. Sizlarga ham muborak bo'lsin!


29 sentyabr. Janubiy Koreya, Incheon.
Nodirxo'ja Yuldashev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика