Incheon-2014. Dastlabki o'yinlar bo'lib o'tdi
14 sen 2014 11:59
Yangiliklar

Incheon-2014. Dastlabki o'yinlar bo'lib o'tdi
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida Osiyo o'yinlarining futbol musobaqasi boshlandi.
Bugun taqvimga ko'ra 6ta o'yin bo'lib o'tishi kerak. SHularning 3tasi o'z yakuniga etdi.
"A" guruhida Laos Saudiya Arabistoniga mag'lub bo'ldi - 0:3. Kechroq Janubiy Koreya - Malayziya uchrashuvi bo'lib o'tadi.
"C" kvartetida Tojikiston Singapurdan ustun keldi - 1:0. Endi Ummon va Falastin o'rtasidagi bahs o'tkaziladi.
"D" guruhidan o'rin olgan Iroq - Nepal uchrashuvida iroqliklar zafar quchishdi - 4:0. Bugun Yaponiya Quvayt bilan hisob-kitob qiladi.
Eslatib o'tamiz, ertaga "B" guruhida O'zbekiston terma jamoasi ilk turda Gonkong bilan o'ynaydi. Ushbu o'yin Toshkent vaqti bilan soat 16:00ga belgilangan.

Fikrlar