Incheon-2014. Badiiy gimnastika. Qizlarimizdan oltin medal!
01 okt 2014 17:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/146406_original.jpg)
![](/upload/storage/146406_220.jpg)
Incheon-2014. Badiiy gimnastika. Qizlarimizdan oltin medal!
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida yauniga etib borayotgan 17-Osiyo o'yinlarining badiiy gimnastika sport turi bo'yicha jamoaviy bahslarda O'zbekiston oltin medalni qo'lga kiritdi!
Qizlarimiz to'rtta yo'nalishda o'z chiqishlarini amalga oshirishdi. Natijada jami 170.130 ball to'plagan O'zbekiston terma jamoasi musobaqa g'olibiga aylandi.
Janubiy Koreya (164.046) va Qozog'iston (163.131) mos ravishda kumush va bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
SHu tariqa Jamila Rahmatova, Valeriya Davidova, Ravilya Farxutdinova, Anastasiya Serdyukova O'zbekiston hisobiga oltin medal keltirishdi.
O'zbekiston hisobida endi 8ta oltin, 9ta kumush va 14ta bronza medali mavjud. Termamiz ayni paytda Xitoy Taypei bilan bir xil natija qayd etib 9-o'rinda bormoqda.

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar