Immobile terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkin
13 apr 2022 22:32
Yangiliklar
Immobile terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkin
CHiro Immobile Italiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin.
Manbaning xabar berishicha, terma jamoa bosh murabbiyi Roberto Manchini "Lacio" hujumchisi bilan uchrashib, ushbu masalani muhokama qilmoqchi, biroq futbolchi fikrini o'zgartirishi dargumon.
Qayd etilishicha, futbolchi unga bildirilgan tanqidlar, shuningdek, italiyaliklar SHimoliy Makedoniyadan mag'lub bo'lib, ketma-ket ikkinchi bor jahon chempionatiga chiqa olmaganini inobatga olib, shu qarorga kelmoqchi.
32 yoshli futbolchi joriy mavsum A Seriyada 27 ta o'yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar