So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Қизилқум" – "Нефтчи" 0:0 (LIVE)  6 19:58Бобир Абдихолиқов "Келажак бунёдкори" медали билан мукофотланди  1 19:35"Милан" "Торино" футболчисини сотиб олади  0 19:29ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" - "Олимпик" 0:0 (онлайн ҳисоб)  1 18:51Клопп клублар ўртасидаги ЖЧ форматини жиддий танқид қилди  2 18:32Хаби Алонсо "Ювентус"га қарши ўйин ҳақида: "Уларнинг "Манчестер Сити"га қарши ўйини ҳеч нимани англатмайди"  1 18:06Суперлига. "Навбаҳор" - "Машъал" 4:0 (матнли трансляция)  29 17:45"Милан" 3 футболчини сотиб олмади ва жамоасига қайтариб юборди  0 17:20"Штутгарт" футболчисини 100 млн еврога баҳоламоқда, "Бавария" эса 50 миллионга  0 16:51"Пахтакор" Қаршида сўнгги дақиқаларда иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  4 16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  13 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  15 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  3 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  3 14:20Месси туғилган кунини нишонлади, Араухо уйланди, ПСЖда "ойлик чиқди". Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  12

Ilyos Zeytullaev: "Yigitlarning ko'zida ishonch bor edi. Men hissiyotlarimni yashirmaydigan insonman" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Yigitlarning ko'zida ishonch bor edi. Men hissiyotlarimni yashirmaydigan insonman"

O'zbekiston Kubogi 1-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Buxoro" (1:0) bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yin haqida bir nima deyish qiyin. Hozir hissiyotlarga berilganman. Ikkinchi taymni bir kishi kam bo'lib o'tkazdik. Bu g'alaba kompakt o'yin va mehnat orqali keldi. Men jamoamdan faxrlanaman. Bugungi o'yinimiz orqali biz qanday jamoa qurayotganimizni namoyish etdik. Futbolchilar bugun ruhiyat namoyish etishdi. Biz oxirigacha kurashadigan jamoa ekanligimizni isbotladik" - deya fikr bildirdi Ilyos Zeytullaev.

- "Bunyodkor" ketma-ket ikki uchrashuvdan buyon qiyin g'alabaga erishmoqda. Bugungi o'yinda esa bir taym davomida 10 kishi bo'lib harakatlandi, biroq yakunda baribir g'alaba qozondi. Qiyin o'yinlardagi g'alabalar qanday qo'lga kiritilmoqda?

- Biz o'n kishi bo'lib qolganimizdan ham imkon qadar o'yinni nazorat qilishga harakat qildik. Yigitlar kamchilik bo'lganda ham tartibli o'yin namoyish etishdi. Bunday g'alabalarga faqatgina tartibli o'yin va mehnat orqali erishiladi. Hech qanday "sirli" masalliq yo'q. Bu uzoq davom etadigan jarayon. Bu erda faqatgina futbolchilar emas, butun personalning hissasi katta. Bu insonlar sahna ortida ishlashadi. Masalan, oshxonadagi oshpazlarimiz. Ular har kuni erta tongda ishga kirishadi. Maydon holatini nazorat qiladigan insonlar va boshqalar. Bugungi g'alaba ular uchun.

Tanaffusda yigitlarga o'yinda g'alaba qozonishimizni aytdim. Men shunday bo'lishini sezgandim. Yigitlarning ko'zida ham ishonch bor edi. Futbolchilar g'alabaga intilishdi va yakunda g'alaba qozonishdi. Hayotda ham qiyinchiliklar uchrab turadi. Masalan, bugun biz bir kishi kam bo'lib qoldik, lekin shunga qaramay kurashishda davom etdik.

- "Bunyodkor"ning Kubok bahslaridagi maqsadi qanday?

- "Bunyodkor" o'z maqomiga mos bo'lishi kerak. Kubok va chempionat bahslarida ham oxirigacha kurashish. Men bosh murabbiy sifatida o'z jamoam imkon qadar uzoqroqqa borishini istayman. O'tgan mavsumda chorak finalga qadar etib borgandik.

- "Buxoro" joriy mavsumdagi "Bunyodkor" uchun eng qiyin raqib bo'ldimi?

- "Buxoro" juda qiyin raqib. Ushbu jamoaga qarshi eng qiyin o'yinimiz bo'ldi deb o'ylamayman. Mening fikrimcha, Superligada barcha uchrashuvlar qiyin kechadi. Masalan, "Sho'rtan"ga qarshi kechgan bahs ham juda og'ir kechdi. "Buxoro" bizdan yaxshiroq o'ynadi deb o'ylamayman.

- Golni bugun ancha hissiyotli tarzda nishonladingiz. Ayrim murabbiylar o'z jamoalarining gollariga umuman reakciya bildirishmaydi va nishonlashmaydi. Siz esa xuddi futbolchilardek xursand bo'ldingiz...

- Men hissiyotlarimni yashirmaydigan insonman. Biz o'tgan mavsumda o'z yo'limizni boshladik va qiyin yo'lni bosib o'tmoqdamiz. Bunday xursandchilik onlarida futbolchilar bilan birga nishonlayman va xursand bo'laman.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика