So’nggi yangiliklar

12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  5 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  12 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  18 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  3 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  21 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  6 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  1 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  79 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4

Ilyos Zeytullaev: "Ikkinchi davrada yigitlar mo'jiza ko'rsatdi, Filipovich kuchli futbolchiligiga shubha qoldirmadi" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Ikkinchi davrada yigitlar mo'jiza ko'rsatdi, Filipovich kuchli futbolchiligiga shubha qoldirmadi"

Superliganing so'nggi turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Ilyos Zeytullaev fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yinga to'xtalishdan oldin biz oldimizga qo'yilgan vazifani bajarishni uddasidan chiqa olganimizni aytmoqchiman. Birinchi o'rinda hammaga va yaratganga rahmat aytmoqchiman. Ikkinchidan maydon ortida faoliyat olib borgan, ko'zga ko'rinmagan barcha shaxslarga, massajist, oshpaz, xaydovchi, maydon parvarishlovchilarga minnatdorchiligimni bildirib o'tishni joiz deb bilaman. Biz g'alabani ularga bag'ishlaymiz. Albatta, o'z o'rnida Italiyadan kelgan va meni yonimda turgan oilam, murabbiylar shtabimni olqishlayman. Bizni yolg'iz qoldirmagan rahbariyat, borini bergan futbolchilarimga ham tashakkurimni izhor qilaman. Ikkinchi davrada ular mo'jiza ko'rsata olishdi. Futbolchilar o'z ishini yuz foizga bajardi",- deydi Ilyos Zeytullaev


- "Bunyodkor" ikkinchi davrada o'yin tomonlama ham, natija jihatdan ham ijobiy tomonga o'zgardi. Bu esa o'yinlarda yaqqol sezildi. Jamoa har bir o'yinda vaziyat yaratdi. Lekin foydalanishga kelganda oqsadi. Aynan oldingi chiziq vakillari o'z ishlarini qanchalik bajarishdi? Bugungi o'yindachi?

- Ulardan ko'nglim to'ldi. Bugungi raqib "Paxtakor" edi. Raqib tarkibida yoshlar ko'p edi, lekin jamoa sifatida yaxshi shakllangandi. Himoyada agressiv o'ynadik. Ular xato qilishini kutmadik va o'zimiz xato qilishga majbur qildik. "Olimpik" bilan ham shunday o'ynagandik. "Paxtakor" futbol o'ynaydi va raqibga ham o'ynashga imkon beradi. Bu yaxshi albatta. Umuman olganda jamoa oldiga qo'yilgan vazifani muvaffaqiyatli bajardi deya olaman. Bunday jamoa bilan ishlaganimdan faxrlanaman. 

- Jamoa o'yin tomonlama o'zining plankasiga chiqdi. Endi buni davom ettirish kerak bo'ladi. Keyingi yilgi rejalaringiz qanday?

- Men o'z vazifamni bajardim. Bu savol rahbariyatga berganingiz maqul. Avval aytganimdek, biz bitta kemada edik. Kemani portga etkazib qo'yish talab etilgandi. Hamma xursand. Klub rahbariyatiga Islom Inomov va Murod Alievga minnatdorchiligimni bildiraman. Islom Inomov qiyin pallada jamoani topshirishdan qo'rqmadi va ishondi. O'z shtabim bilan qiyin vazifani uddaladik. Men hozir Italiyaga yo'l olaman va hordiq chiqaraman.

- Bugungi kunda saviyali legioner topish mushkul ish. Bu xuddi lotoreyaga o'xshagan narsa. Andriya Filipovichni lotoreyaga qiyoslash mumkinmi?

- Andriya juda kuchli futboli va bunga barcha guvoh bo'ldi, shubha qoldirmadi. U jamoaga ko'p yordam berdi. Ko'p bor gaplashdik, tushuntirdik. Bunday o'yinlardagi harakatlari uning darajasidan darak beradi. Andriyani Doriev, Yovovich darajasidagi futbolchi deb o'ylayman. Legionerlardan tashqari jamoadagi barcha futbolchilarning mehnatini yuqori baholayman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика