Ilkay Gyundogan: Man Sitining o'yin uslubiga mos kelaman
30 okt 2016 08:53
Yangiliklar
Ilkay Gyundogan: Man Sitining o'yin uslubiga mos kelaman
Yaqinda Gyundogan deyarli bir yillik tanaffusdan so'ng yana Germaniya terma jamoasiga chaqirildi. Yoaxim Lyov Ilkayni Sitidagi hayoti va Gvardiola bilan qanday ishlayotganini bilish uchun terma jamoaga chaqirdim, deb hazillashdi. O'zining aytishicha, Angliyada barchasini noldan boshlamoqchi.
- Hammasini noldan boshlash nima degani? Dortmundning Borussiyasida besh yil o'ynadim. U erdagi holatim o'zimga ayon edi: agar formada bo'lsam, maydonga tushishim aniq. CHunki etakchilardan biri bo'lganman.
To'g'ri, sardor emasdim. Ammo jamoani etaklaydigan futbolchilar qatoriga kirardim. Bir so'z bilan aytganda, Borussiyada o'z o'rnimga ega edim. SHu holatimdan chiqib, yangi klub, yangi chempionat, yangi mamlakat va yangi murabbiy qo'l ostiga o'tishim kerak edi. Buning oson bo'lmasligini bilganman. Hamma premer-liganing qiyin chempionatligini aytgan. Lekin o'zimni shu erda sinashga qaror qildim. Axir yo'qotadigan hech narsam yo'q edi.
Buning ustiga o'zgarishlarning ayni vaqti edi. 25 yoshimda Germaniyada erishish mumkin bo'lgan hammasiga erishdim. Oldingi jamoam bilan mamlakat chempionligi va kubogini qo'lga kiritdim. Demak,jamoadan ketib, faoliyatimning yangi sahifasini ochish vaqti kelgandi.Pep Gvardiola va Man Sitining o'yin uslubiga mos kelaman. SHunday ekan, bir qarorga kelishim qiyin kechmadi. Dortmundda barchasi yoqardi. Buning uchun ulardan minnatdorman va klubning men uchun qilgan ishlarini bir umr unutmayman. Biroq o'z kuchimni boshqa joyda sinab ko'rishga qaror qildim. Aynan shuni hammasini noldan boshlash deb hisoblayman.
Gyundogan uchun o'yin uslubi juda muhim. Manchester Sitida uni tanishtirishganida Bu erga sovrinlarni yutish va yaxshi o'yin namoyish qilish uchun keldim, degandi. Agar bu so'zlarini eslatsangiz, shunchaki kulib qo'yadi.
- Bizning bir maqsadimiz, bir falsafamiz bor. Yani Gvardiola falsafasi. Birinchi o'rinda bunga murabbiy va futbolchilar ishonishlari kerak. Tanlagan yo'limiz g'alabalarga olib kelishiga ishonamiz.
Agar mag'lub bo'lsagu o'z o'yinimizni namoyish etsak, buni qabul qilishimiz mumkin. Aks holda, mag'lubiyatda o'zimiz aybdorligimizni yaxshi tushunamiz. Ishonchim komil, hamisha o'zingizga yoqqandek o'ynashingiz kerak. Mag'lubiyatlar futbolning bir qismi. Undan qochib qutulib bo'lmaydi. Bordi-yu, g'alaba qozonaversang, bu yaxshi. Ammo ayni holat menga to'g'ri kelmaydi. Yomon o'ynab g'alaba qozongandan, yaxshi o'ynab mag'lub bo'lishni maqul ko'raman. SHunday ekan, mag'lubiyatlar ham unchalik yomon emas. Albatta, muvaffaqiyatsizlikdan keyin uxlay olmaymiz, xatolarimizni tahlil qilamiz. Biroq ulardan saboq olishni o'rganish kerak.
Intervyu uchun yana bir sabab bor edi. Gyundogan klubdan minnatdorligini ommaga malum qilishni istagandi. Ilkay unga ishonch bildirgani uchun Siti va Gvardioladan mamnun.
- Klubga jarohat bilan kelgandim. Bundan oldin Pep bilan gaplashgandim. U Sitiga o'tishim uchun jarohat xalaqit bermasligini aytgandi. Bu esa uning menga ishonch bildirayotganini anglatib turardi.
Umuman olganda, jarohat Gyundogan Sitiga moslashib olishida yordam berdi.
- Yangi joyga borsak, yangi vaziyatga o'rganishga harakat qilamiz. O'ng va chapga qarab, yangiliklarni o'rganishga urinamiz. Men esa o'ynashdan oldin bu erga ko'nikib oldim.
Yana bir etiborli jihati, Gvardiola Man Sitini qabul qilib olganidan so'ng birinchi bo'lib aynan Gyundogan bilan shartnoma imzolagandi.
- U bilan munosabatlarimiz ajoyib. Pepdan yangiliklarni o'rganishga harakat qilaman. U esa yanada yaxshiroq bo'lish uchun o'sish kerakligini uqtiradi. O'ylaymanki, bu hamkorlik ikkimizga ham maqul kelyapti.
Gvardiola Barselona va Bavariyani boshqarganda ham uning o'yin uslubini bilardim. CHunki bu jamoalarga qarshi maydonga tushganman. SHu bois ham bu usulga tezda moslashib ketishimga ishongandim. Uning qo'l ostida o'ynash menga rohat bag'ishlaydi. Lekin bu - qiyin ish.
CHempionlar Ligasi finalida yana qatnashish maroqli. Bu mavsum finalga chiqishimiz yoki chiqa olmasligimizni bilmayman. Biroq hal qiluvchi o'yinda qatnashish uchun imkoniyatlarimiz etarli. Siti bilan to'rt yillik shartnoma imzolaganman. SHunday ekan, bu erda ko'p narsa yutishimga ishonaman.
Ha, tashqaridan bosim katta bo'lishi turgan gap. CHunki Pep Gvardiola Sitini qabul qilib oldi. Bundan tashqari, yangi futbolchilar uchun katta pullar sarflandi. SHu bois ham jamoadan ko'p narsa kutishlari tayin.
Gyundogan ayni payt Manchester shahriga ko'nikib ulgurdi. Vaholanki, u bu shaharda oldinroq paydo bo'lishi mumkin edi. Ilkayga MYU qiziqish bildirgandi.
- Ha, shunday bo'lgan. Lekin ikki- uch yil oldin jamoani almashtirish vaqti emasdi. Dortmundliklar bilan shartnomam borligi uchun muzokaralarga kirishmaganman.
Nima ham derdik, Yunayted yo'qotganini Siti topib oldi.
J.BOBOXONOV tayyorladi
Fikrlar