So’nggi yangiliklar

19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  0 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  10 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  5 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  27 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5

Ilhom Zaylobiddinov: “Cementchi”ning oldingi mavqeini tiklamoqchimiz” Yangiliklar

Ilhom Zaylobiddinov: “Cementchi”ning oldingi mavqeini tiklamoqchimiz”

Futbolchilik davrida asosan “Qo'qon-1912” va “Cementchi” da o'ynagan Zaylobiddinov endilikda murabbiy sifatida Quvasoy jamoasida ishlamoqda.
Kuni-kecha Ilhom aka bilan Andijonda “UzDongJu” – “Cementchi” (2:2) bahsidan oldin uchrashib, bir qator savollarga javob oldik.

- Avvalo yana “Cementchi” jamoasining birinchi ligada ishtirok etishi munosabati bilan tabriklayman. Quvasoy ahli bundan xursand bo'lsa kerak?
- Tabrik uchun rahmat. Albatta ishqibozlarimiz mamnun bo'lmoqda. Quvasoyda ilgari professional klub bo'lgan. Ammo ayrim sabablarga ko'ra jamoa xatto birinchi ligada ham ishtirokini to'xtatgandi. Mana 7 yillik tanaffusdan so'ng jamoamiz yana faoliyatini boshladi. O'zingizga yaxshi malum, “Cementchi” ilgari oliy ligada o'ynaganida, raqiblariga jiddiy tashvish tug'dirgan. Ko'plab iqtidorli futbolchilarni tarbiyalab bergan.

- Adashmasak, o'zingiz ham asosan “Cementchi” safida o'ynagansiz?

- Ha, ko'proq Quvasoyda bo'lganman. Xotiram pand bermayotgan bo'lsa, 8 yil “Cementchi” uchun o'ynaganman. Bundan tashqari malum muddat “Qo'qon-1912”da ham faoliyat yuritgandim.

- “Cementchi” o'tgan yili Farg'onada o'tgan “pulka” bahslarida ishtirok etib, birinchi ligada ishtirok etish uchun yo'llanmani qo'lga kiritdi. Bunga qanday erishdi? Umuman jamoani yana oyoqqa turg'izish fikri kimdan chiqdi?
- Viloyat hokimimizning qarori va Quvasoy shahar hokimining tashabbusi bilan yana jamoa oyoqqa turdi. Bunda bizga amaliy yordam bergan insonlardan yana biri Muhsinjon Mehmonovdir. U kishi futbolning haqiqiy fidoiysi. Ilgari ham homiylik qilgan. SHuningdek Abdumalik Hakimov ham Quvasoyda jamoa bo'lish uchun elib-yugurgan insonlardan biri. Ushbu insonlarning ko'magi bilan jamoa 2013 yili viloyat ikkinchi ligasida qatnashdi va o'tgan yili pulka o'yinlarida ham ijobiy natijaga erishdi. Nasib qilsa bu yildan boshlab, birinchi ligada ishtirok etamiz.

- Jamoada bosh murabbiy kim? Sizmi yoki Abdumalik Hakimov?

- Bilasizmi bizda birinchi yoki ikkinchi murabbiy degan tushuncha yo'q. Barcha masalada ikkimiz maslahatlashamiz. Mashg'ulot o'tkazish jarayoni va tarkibni aniqlashga kelganda ham bir-birimizning fikrlarimizni eshitamiz. Abdumalik menga bosh murabbiy bo'lish taklifini bildirganida bunga o'zim rozilik bermadim. Bunga Hakimovning o'zi munosib. CHunki jamoani qayta tuzilishida u juda ko'p qayg'urdi. Quvasoylik yigit. Qolaversa murabbiy sifatida ham chakki ko'rinmayapti. O'ziga yarasha yo'nalishi mavjud.

- Sizlarda qanaqa licenziya bor?
- Ikkimizda ham hozircha “S” murabbiylik licenziyasi. Lekin “V”ga o'qish uchun barcha hujjatlarni topshirib qo'ydik. Nasib qilsa, 9 fevraldan boshlab Toshkentda 21 kunlik o'quv-kurslarida ishtirok etamiz.

- Bu vaqtda futbolchilar bilan kim mashg'ulot o'tkazadi?
- Murabbiylar shtabiga “Cementchi”ning yana bir sobiq hujumchisi Abdug'affor Hakimovni ham jalb etganmiz. Unga hozir mashg'ulot o'tkazish jarayoni haqida tushuntirish berib boryapmiz va rejalarni yozma ravishda unga qoldirib, o'qishga jo'nab ketamiz. Bilasizmi futbolchilarimiz professional ular o'z ustida ishlasa yaxshi bo'lishini tushunadi. SHu bois murabbiylarning yo'qligi u qadar tasir o'tkazmaydi deb o'ylayman.

- Jamoada yaratilgan sharoitlar xususida nima deysiz?
- Yomon emas. Har xolda o'z stadionimiz va avtobusimizga egamiz. Asosiysi jonkuyar rahbarimiz bor. U kishi qo'ldan kelganicha bizga yordam beradi. Stadionimiz qaytadan tamirdan chiqarildi. Maydon xolati ham chakki emas.

- Boshqa viloyatdan kelgan futbolchilar qaerga joylashtiriladi?

- Baza masalasini ham ijobiy tomonga hal etmoqdamiz. Nasib qilsa bu yil klubning o'z qarorgohi bo'ladi. Jamoamizda boshqa viloyatdan kelgan o'yinchilar yo'q. Hammasi Farg'ona viloyatining tumanlaridandir.

- Yangi mavsumga tayyorgarlikdan qoniqish xosil qilinyaptimi?
- Ha. 6 yanvardan yig'inni boshlaganmiz. Kuniga bir mahaldan mashg'ulot o'tkazilmoqda. SHu bilan birga sinov-nazorat o'yinlarini ham tashkil etyapmiz. SHu kungacha “Neftchi” (yoshlar) (1:0) va “Andijon” (1:1) bilan o'ynadik.

- SHu uchrashuvlardan kelib chiqib, jamoaning o'yinidan qanchalik ko'nglingiz to'lyapti?
- Nazorat o'yinlarida natija hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Unda asosiysi ko'rikda bo'lib turgan yangi o'yinchilarni sinovdan o'tkazib olish lozim. Boz ustiga hozir hamma klub futbolchilari “nagruzka”da. Vaqti kelsa o'yin kuni mashg'ulot o'tkazilyapti. Nazorat o'yinlari orqali o'yinimizni shakllantirib boryapmiz deya olaman. Yigitlar bergan ko'rsatmalarimizni to'liq bajarishdi.

- Tarkib o'zagi aniq bo'lib qolgandir?
- Ha, buni 90 foizga amalga oshirib bo'ldik. CHempionatga qadar yana vaqt bor. Ayrim kichik o'zgarishlar bo'lishi mumkin.

- Jamoa yig'inida nechta o'yinchi ishtirok etmoqda?

- Ixtiyorimizda 28 nafar futbolchi bor. SHundan biz 26tasini jamoada olib qolib, ro'yxatdan o'tkazamiz. 5tasi yosh o'yinchi bo'ladi.

- Jamoa tarkibida Umid Boqiev va Azizxon Ibragimov singari o'z vaqtida oliy ligada o'ynaganlarni ko'rdik.

- Ha. Tarkibni kuchaytirish uchun farg'onalik bo'lgan lekin bugungi kunda boshqa jamoalarda o'ynayotgan ayrim o'yinchilarni safimizga jalb etganmiz. Ulardan tashqari SHarif Mirzaev (“Cementchi”), Umid Matmusaev (“Obod), SHerzod Abduraimov (“Mashal-2”), Elyor Mamasoliev (“Kosonsoy”) kabi futbolchilar ham bugungi kunda mashg'ulotlarimizda ishtirok etmoqda. O'yinchilarni taklif etishdan oldin avvalo uning insoniyligiga va tartib intizomiga qaraymiz. Zo'r futbolchi bo'lgani bilan bu tomondan pand beradigan bo'lsa, xayrlashib qo'ya qolamiz. CHunki ichki muhit yaxshi bo'lishi uchun tartib intizom kuchli bo'lmog'i darkor.

- Yuqorida siz aytib o'tgan o'yinchilarga mavsum startiga qadar oliy ligadan qiziqish bo'lsa, ularning ketib qolishidan hadik yo'qmi?

- Yo'q, biz yigitlar bilan gaplashib oldik. Agarda haqiqatdan ham biror-bir o'yinchimizga oliy liga klubining asosiy tarkibida o'ynash uchun taklif bo'lsa, qarshilik ko'rsatmaymiz.

- Oxirgi yillarda birinchi liga klublari moddiy jihatdan muammolarga duch kelib, safar o'yinlariga arang borib kelmoqda. SHu boisdan ham hozir ayrim ishqibozlar “Cementchi” bilan ham shunday salbiy xolatlar yuz berishini takidlamoqda. Aytingchi bu borada vaziyat qanday?

- Hammani o'z fikri va dunyoqarashi bor. “Cementchi” murabbiyi sifatida shuni aytishim mumkinki, moliyaviy muammolar yo'q. Jamoamiz rahbari Muhsinjon Mehmonov yuqorida aytganimdek, futbolni chinakamiga sevadi. Quvasoyda jamoa bo'lishi uchun barcha yordamni berib kelmoqda. U kishi bizga tashkiliy ishlar va moddiy jihatni o'ylamaslikni aytadi. Ayni damda futbolchilarning ovqatlanishi va sharoiti yomon emas.

- CHempionat startiga qadar jamoaning tayyorgarlik rejasi qanday?
- 29 yanvardan boshlanadigan Farg'ona hokimi Kubogi turnirida ishtirok etamiz. So'ngra yana Quvasoyda yig'in tashkil etiladi. Rahbariyat bilan maslahatlashgan xolda, ikki hafta Toshkentda yig'in o'tkazib kelishni o'ylab turibmiz. Agarda rahbarimiz qo'llab-quvvatlasa, poytaxtda 5-6ta nazorat uchrashuvi o'tkazamiz. SHu tariqa chempionatga munosib tayyorgarlik ko'rishga xarakat qilamiz.

- Jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilmoqda?
- Maqsadimiz eng avvalo “Cementchi” jamoasini avvalgi mavqeini tiklash. Keyin raqobatbardosh jamoa shakllantirib, mazmunli o'yin namoyish etish orqali muxlislarimizni xursand etish. CHempionatda dastlab ikkinchi bosqichda ishtirok etish huquqini beradigan o'rinni egallash uchun kurashamiz.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика