So’nggi yangiliklar

00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:36"Фонтене" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:51"Ювентус" — "Рома". Таркиблар маълум  6 23:48"Реал" — "Севилья". Таркиблар маълум  23 23:46"Эвертон" — "Арсенал". Таркиблар маълум  4 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  4 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  26 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  2 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  24

Ilhom Yunusov, Dilshod SHarofetdinov, Akmal Bozorov rasman butsasini mixga ildi Yangiliklar

Ilhom Yunusov, Dilshod SHarofetdinov, Akmal Bozorov rasman butsasini mixga ildi

Dinamo jamoasining AGMKga qarshi g'alabali uchrashuvi oldidan stadionda Dinamoning sobiq futbolchilari futbolchilik faoliyatlarini rasman yakunlashdi.

Klub rahbariyati tomonidan tashkil etilgan xayrlashuv tadbirida Samarqand futbolining faxriylari sanalmish - “Dinamo” klubi rahbari Ilhom SHaripov, sport direktori Rustam Istamov va Samarqand viloyat futbol akademiyasi direktori Uchqun Qobilov futbolchilik faoliyatini yakunlagan Ilhom Yunusov, Dilshod SHarofetdinov, Akmal Bozorovlarga ananamizga ko'ra, zarbof chopon kiydirishdi. Ko'p yillar davomida Samarqand futboli ravnaqi yo'lidagi xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirishdi. O'z o'rnida uchala futbolchi ham o'z imzosi tushirilgan to'plarni stadionga yig'ilgan muxlislarga sovg'a qilishdi.

Qayd etish lozim, 37 yoshli Ilhom Yunusov faoliyati davomida “Dinamo” jamoasidan tashqari “Buxoro”, “Nasaf”, “Qizilqum” klublari hamda O'zbekiston milliy terma jamoa safida to'p surib, bir necha marta mamlakat chempionati sovrindori, shuningdek OFK Kubogi sohibiga aylangandi. Samarqandlik futbolchi Oliy Liga tarixida eng ko'p o'yin o'tkazgan “gvardiyachi”lardan biri sanaladi.

34 yoshli Dilshod SHarofetdinov ham “Dinamo” tarkibidan “Paxtakor” safiga qo'shilib, mamlakat chempioni bo'lish bilan birga O'zbekiston milliy terma jamoasi safida to'p surdi, Malayziya, Indoneziya klublari safida muvaffaqiyatli o'yinlar namoyish etdi.



33 yoshli Akmal Bozorov esa 13 yillik professional faoliyatini aynan “Dinamo” klubiga bag'ishladi. Himoya va yarimhimoya chizig'ida to'p surgan Bozorov o'z vaqtida O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi safida to'p surgandi.

Ushbu futbolchilar faoliyatini yakunlagan bo'lsa-da, Samarqand futbolida endi murabbiy sifatida qadam qo'yishmoqda. Xususan, Ilhom Yunusov endi Samarqand viloyat futbol akademiyasida o'z tajribasini bolalar bilan o'rtoqlashsa, Dilshod SHarofetdinov va Akmal Bozorovlar “Dinamo” yoshlar jamoasida yangi yosh futbolchilarni kashf etishga bel bog'lashgan. Bu borada ularga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика