Ilhom Suyunov: "Men o'ynashni istadim va ketdim"
12 dek 2013 15:11
Yangiliklar

Ilhom Suyunov: "Men o'ynashni istadim va ketdim"
Ikkinchi davrada "Lokomotiv" safiga borib qo'shilgan Ilhom Suyunov kuni kecha bu jamoani tark etdi.
Himoyachining keyingi faoliyati haqida axborot olish maqsadida u bilan bog'landik.
- "Lokomotiv"dagi faoliyatimni davom ettirishm mumkin edi, ammo murabbiy menga ha deganda asosiy tarkibdan joy bermadi. To'g'ri, futbolda kim kuchli bo'lsa, o'sha maydonga tushadi. Ammo men o'zimni o'yinlarga tayyor deb bilardim, biroq... SHuning uchun jamoani tark etishga qaror qildim. "Lokomotiv"ga yangi mavsumda omad tilayman. Ayni paytda 3ta jamoadan aniq taklif bor. Hozir takliflar borasida o'ylayapman. Zaxirada o'tirib pul ishlasam ham bo'ladi. Ammo men ko'proq o'ynashni istayman. U qanday jamoa bo'ladi ahamiyati yo'q, muhimi murabbiy bilan kelisha olsak bo'lgani", - deydi Ilhom Suyunov.

Fikrlar