Ilhom SHomurodov: "Tarixga kirganimdan xursandman"
25 sen 2015 22:50
Yangiliklar
Ilhom SHomurodov: "Tarixga kirganimdan xursandman"
"Nasaf"ning Oliy ligadagi 1000-goli muallifiga aylangan Ilhom SHomurodov "Navbahor" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
- Avvalo g'alaba qozonganimizdan xursandman. 1000-gol urishni kutmagandim. Bu albatta juda yoqimli bo'ldi. O'yindan avval bu haqida bilardim, ammo uchrashuv boshlangach xayol faqat bahsga qaratilgandi. Gol urganimdan so'ng Artur Gevorkyan oldimga kelib, qo'li bilan 1000-golni urganimni ko'rsatdi va birinchi bo'lib tabrikladi. Bundan albatta juda baxtiyorman. Tarixga kirish har bir futbolchiga yoqimli hislarni taqdim etadi.
O'yinda katta ustunlik biz tomonda bo'ldi va munosib tarzda g'alabani qo'lga kiritdik. Tezkor kiritilgan gol ham yirik hisobda g'alaba qozonishimizga sabab bo'ldi deya olaman. Bu borada omad ham biz tomonga kulib boqdi. Uchrashuv natijasi adolatli bo'ldi va chiroyli g'alabaga erishdik.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar