So’nggi yangiliklar

12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  15 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  22 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8

Ilhom SHaripov: "Dinamo"ga samarqandlik futbolchilarni qaytarmoqchimiz" Yangiliklar

Ilhom SHaripov: "Dinamo"ga samarqandlik futbolchilarni qaytarmoqchimiz"

Bir yillik tanaffusdan so'ng Birinchi Ligadan yana Oliy Ligaga qaytgan "Dinamo" jamoasi Ilhom SHaripov qo'l ostida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlash arafasida turibdi.

Yangi mavsum tadorigi oldidan har bir klubda yangi maqsadlar, yangi rejalar tuziladi. SHu bois boshlanajak tayyorgarlik bosqichi oldidan "Dinamo" bosh murabbiy Ilhom SHaripov bilan uchrashib, klubning yangi mavsumdagi yangi rejalari xususida suhbatlashdik.

- Ilhom aka, yangi rejalar haqida so'z ochishdan oldin avvalo, yakunlangan mavsum haqida qisqa taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?
- Yil boshida "Dinamo" klubida ish boshlaganimda, yangi vazifaga kirishish menga qiyin bo'lmadi. CHunki bu klubda futbolchi sifatida faoliyat yuritganman, klubdagilar men uchun begona emasdi. Oldimizdagi vazifa tarkibni yoshartirish, klubni asosi mahalliy futbolchilar iborat jamoa sifatida shakllantirish va Oliy Ligaga olib chiqish edi. Mavsumni yuqori darajada o'tkazib, Oliy Ligaga qaytishga muyassar bo'ldik. "Dinamo" tarkibini mahalliy iqtidorli yoshlar bilan boyitdik. O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoalari safida ham "Dinamo" azolari borligi kishini yanada quvontiradi. SHunday ekan, yil boshida qo'yilgan vazifalar muvaffaqiyatli bajarildi deya ayta olaman.

- Yil davomida klub rahbariyati jamoaga barcha shart-sharoitlarni yaratib berdimi, bu borada muammolar bo'lmadimi?
- Maqsad va vazifaga yarasha klubimiz, rahbariyat tomonidan etarlicha qo'llab-quvvatlandi. Moliyaviy muammolar bo'lgani yo'q. Jamoaning muvaffaqiyatlarida ularning ham hissasi katta. SHart-sharoitlardan nolishga haqqimiz yo'q.

- Iqtidorli yoshlarni tarbiyalash va klub uchun nomzodlar tayyorlashda viloyatda yana qanday ishlarni amalga oshirish kerak deb o'ylaysiz?
- Birinchi navbatda viloyatda bolalar futboliga jiddiy etibor qaratishimiz kerak. Buning uchun Samarqandda futbol akademiyasini tashkil etish lozim. CHunki aynan bolalar futboli, akademiya viloyat futbolining poydevori bo'lib xizmat qiladi. To'g'ri, klub qoshida futbol maktabi bor, ammo akademiya bugungi zamonaviy futbolda muhim o'rin tutadi. SHu bois Samarqandda futbol akademiyasini tashkil etish fursati etgan.

- Joriy yili "Dinamo" tarkibining 80 foizi mahalliy yoshlardan iborat bo'ldi. Aytingchi, bu yoshlar keyingi yilda ham Oliy Ligada to'p surishadimi?
- Bu yil tarkibdagi yoshlardan deyarli barchasi ishonchimizni oqladi. Ayniqsa, Amirjon Safarov eng yaxshi to'puralardan biri bo'ldi, Jonibek Ko'chimov o'zini ko'rsata oldi. Qolaversa, Firdavs Abdusalimov, Bunyod Isroilov, Mirkomil Lokaev, Doston Ibragimov, Saidjamol Davlatjonov, Islom SHaripov va boshqa yoshlarimiz o'sishga erisha oldilar. Keyingi mavsumda ham ularga imkoniyat berishda davom etamiz.

- Birinchi Liga va Oliy Liga o'rtasida farq katta ekanligi barchaga malum. SHunday ekan, tarkib o'zgarishlardan xoli bo'lmaydi…
- SHubhasiz, jamoa tarkibida o'zgarishlar bo'lishi aniq. Aksariyat futbolchilar bilan xayrlashishimizga to'g'ri keladi. Bir qator yosh futbolchilar esa o'rinbosarlarimiz tarkibidan joy olishadi. Balki ayrim futbolchilarimizni o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun ijaraga berarmiz. Bu mavsum oldidan malum bo'ladi.

- Jamoa tarkibi kuchaytirilishi uchun yangi futbolchilar taklif etilsa kerak? Har holda Samarqand futboli tarbiyalanuvchilari Oliy Liga klublarida to'p surishmoqda…
- Bu borada biz bir qator futbolchilarni ko'z ostiga olib qo'yganmiz. Ayniqsa, hozirda Oliy Liga klublarida to'p surayotgan samarqandlik mahalliy futbolchilarni "Dinamo"ga qaytarmoqchimiz. Yaqin orada Samarqand viloyat futbol federaciyasi prezidenti va klubimiz prezidenti qabulida bo'lib, bu borada reja va maqsadlarimizni bildiramiz. SHundan keyin jamoaning yangi 2017 yildagi muayyan maqsad va vazifalarini bajarishga kirishamiz.

- Sir bo'lmasa bu qaysi futbolchilar?
- Bilasiz, samarqandlik futbolchilar "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Nasaf", "Buxoro", "Qizilqum", "Olmaliq" singari klublar safida harakat qilishmoqda. Bu futbolchilar hozircha qiziqishlarimiz doirasida. Jumladan, Bahodir Nasimov, Ilhom Yunusov, Erkin Boydullaev, Anvar G'ofurov, Artyom Filiposyan, Salim Mustafoev, Farrux Sayfiev, Zohir Pirimov. Bular qatoriga yana bir nechta futbolchilar ham bor.

- Jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikni qachondan boshlashni rejalashtirgan?
- Dastlabki yig'inni Samarqandda 15 dekabr kunidan boshlaymiz. Hozircha faqat mahalliy futbolchilar bilan yig'in o'tkazamiz. Tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini yanvarda Toshkentda davom ettirishni o'ylab turibmiz. Bu boradagi rejalarimiz tuzilgan, klub rahbariyati barchasini tasdiqlagach, tayyorgarlikka kirishamiz. Joriy mavsumda "Dinamo" Oliy Ligaga chiqdi, O'zbekiston Kubogi finali Samarqandda yuqori darajada tashkil etildi. Bunday tashkilotchilik uchun O'FF Samarqanddan minnatdor bo'ldi. Bu muxlislarimiz uchun ham katta sovg'adek bo'ldi. Zero, final kuni stadion ishqibozlar bilan to'ldi. SHu kuni samarqandlik muxlislar qatori, biz ham finalda to'p surgan "Lokomotiv" va "Nasaf" klublariga havas qildik. Yangi mavsumda yangi maqsadlarni ko'zlab turibmiz. Umid qilamanki, yangi 2017 yilda biz ham muxlislarimizga unutilmas g'alabali onlarni taqdim eta olamiz.

Usmon Ibodov suhbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика