So’nggi yangiliklar

19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  2 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  2 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  4 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  2 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  15 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  6 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0

Ilhom Mo'minjonov: "Mehmonlar xavfli vaziyat yaratmasdan ikkita gol urishdi" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Mehmonlar xavfli vaziyat yaratmasdan ikkita gol urishdi"

Pro-liganing 19-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Olimpik" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Bugungi o'yindagi g'alaba bilan shogirdlarimni tabriklayman. Hali oldinda 5 ta tur bor, shu sabab astoydil harakat qilamiz. Maqsad sari intilayapmiz, kurashishda davom etamiz. 

Keyingi o'yinda "Dinamo" bilan o'ynaymiz. O'ylayman-ki, bu o'yinga ham bugungi kabi muxlislar keladi. CHunki jamoamiz muxlislar uchun o'ynaydi va ularning tashrifi bizga qo'shimcha motivaciya beradi.

- Bugun "Olimpik" ustidan joriy mavsumda ilk bor g'alaba qozonildi va  osonlikcha bo'lgani yo'q. Bu jamoa "Neftchi" uchun noqulay raqib bo'lib qolayaptimi?
- Bu jamoa bilan uyda durang, safarda mag'lubiyat qayd etgandik. Bilasizmi, bugungi o'yinda "Olimpik" jamoasi xavfli vaziyatlarsiz ikkita gol urib ketdi. Birinchisida o'zimizga gol urdik, ikkinchi gol himoya chizig'imizning xatosi evaziga penaltidan urildi. Ikkinchi bo'limda yuqori pressing tashkil etdik va gollar urdik. SHu ruhda o'ynashda davom etamiz. SHunday o'yin namoyish etsak albatta Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritamiz.

- "Olimpik" jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze "Neftchi"ning g'alabasiga sabab bo'lgan omillardan biri sifatida maydon xolatini ko'rsatdi. Bu fikrga munosabatingiz qanday?
- Maydon borasida ishlanayapti. Nasib bo'lsa keyingi mavsum Superligaga chiqsak maydonimiz to'liq tayyor xolatga keladi. Endi mag'lub bo'lgan jamoa turli sabablarni keltiradi. Maydonimiz xolati yomon emas, bu borada rahbariyat tomonidan ishlar olib borilgan. Bu maydon nimasi bilan xalaqit bergan, bilmadim. "Olimpik"ni hurmat qilamiz. SHuningdek Temur Kapadzeni ham, jamoa bosh murabbiyi tajribali mutaxassis. O'yin borasida ustunlikka ega bo'ldik deb o'ylayman. SHu ruhda davom etsak albatta Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика