So’nggi yangiliklar

15:30Суперлига. "Хоразм" – "Сурхон". Превью  0 15:07"Қизилқум" собиқ футболчиси Сербия клубига қайтди  0 14:40"Челси" асосий ҳимоячиси машғулот вақтида жароҳат орттириб олди  3 14:12Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди  1 13:42"Тоттенхэм" асосий ярим ҳимоячисини узоқ вақтга йўқотди  0 13:14Расман: "Реал" собиқ ҳужумчиси "Алавес"га ўтди  0 12:45Жоан Гарсия — Марк-Андре тер Штеген даврига якун ясаб бериши кутилаётган дарвозабон билан яқинроқдан танишамиз  1 12:21Расман: Томас Парти "Вильярреал" футболчисига айланди  0 11:53Модрич "Реал"га қайтиши мумкин  2 11:25Бахтсиз ҳодисада омон қолган Майкл Антонио "Вест Хэм"ни тарк этди  0 10:45Жанлуижи Доннаруммага ТОП клублардан таклиф тушди  3 10:12Можаро давом этади. Тер Штеген "Барселона" шифокорларини уйига киритишдан бош тортмоқда  16 09:40Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди  3 09:08МЮ Антонига нарх белгилади  1 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  21

Ilhom Mo'minjonov: "Biz maydonga qarab emas, raqibdan kelib chiqib o'ynaymiz" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Biz maydonga qarab emas, raqibdan kelib chiqib o'ynaymiz"

Superliganing 23-turi doirasidagi "Navbahor" - "Paxtakor" (3:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Ilhom Mo'minjonov qatnashdi.

- Bugun O'zbekistondagi eng kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. Uchrashuv muxlislarga yoqdi, deb o'ylayman. CHunki gollar-shousiga guvoh bo'lishdi. Meni xursand qilgan jihat shuki, futbolchilar o'yinni 90 daqiqa o'ynash kerakligini tushunishdi va hakam hushtagiga qadar kurashishdi. O'yinga tanlangan taktika ishladi. To'g'ri, bugun ko'p gol o'tkazib yubordik. "Navbahor" men kelganimdan buyon Namanganda hech qachon uchta gol qo'yvormagandi. Ammo bu "Paxtakor" ekanligini unutmaslik kerak. Futbolchilarga oxirigacha kurashishgani va futbol o'ynashgani uchun rahmat aytaman. 


- Jamoa sardori bog'ichini Davron Hoshimovda ko'rish kutilmagan voqea bo'ldi. To'g'ri, avvalgi bahslarda jamoani sardor sifatida etaklab tushgan Mehmonov o'yinni o'tkazib yubordi. Lekin maydonda Dilshod Jabborov ham harakat qilayotgandi...

- Bugun ikkita futbolchimiz - O'runov va Mehmonov o'ynamadi. Jamoa sardorini esa futbolchilar tanlashdi. Endilikda yil oxiriga qadar jamoani Hoshimov sardor sifatida maydonga boshlab tushadi. Uning sardorlik o'yini aynan "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvda boshlandi. Bugun Hoshimov to'rtinchi ogohlantirishni oldi va kelasi o'yinni o'tkazib yuboradi. Keyingi bahsda yana boshqa sardorni ko'ramiz (kuladi).


- Bugun O'zbekistonning eng kuchli jamoasiga qarshi o'ynadik dedingiz. Bu bilan "Paxtakor"ni "Lokomotiv"dan kuchli demoqchimisiz?

- Yo'q, yo'q. Oxirgi besh yilni hisobga olib bu gapni aytdim. CHunki oxirgi yillarda "Loko" va "Paxtakor" chempionlik shohsupasidan pastga tushmayapti. Ammo "Bunyodkor"ni ham unutmaslik kerak. "Paxtakor" eng kuchli jamoalardan biri. CHunki har bir futbolchi "Paxtakor" nomini eshitganda bir ko'z oldiga yirik va kuchli jamoa gavdalanadi.

Superliganing kuchli-oltiliida oson jamoaning o'zi yo'q. CHempionlik uchun kurash esa davom etadi. Biz maydonga qarab o'ynamaymiz, aksincha raqibdan kelib chiqib o'yin quramiz.  

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика