So’nggi yangiliklar

08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3

Ilgiz Tantashev – birinchi! Yangiliklar

Ilgiz Tantashev – birinchi!

Superliganing 2023 yilgi mavsumi uchrashuvlarida toza o'yin vaqti qancha bo'lgani chop etib borilmoqda.

PFL hozirgacha birinchi davra bellashuvlari statistikasini to'liq taqdim etdi.

Birinchi davrada Ilgiz Tantashev eng ko'p — 9 ta uchrashuvni boshqarib borgan. Bu bejiz emas albatta. Ilgiz boshqarib borgan bahslarda toza o'yin vaqti o'rtacha 58,07 foizni tashkil qilgan. Yani, referi futbol o'ynash uchun nisbatan ko'proq imkoniyat taqdim etgan. Kuchli uchlikdan Sultonmurod Abdurahmonov hamda Ibrohim Ismoilov joy olgan. Ammo ular ilk davrada faqatgina 3 tadan uchrashuvda ishlagan xolos.

Asker Najafaliev hamda Akobir SHukurullaev 7 tadan bellashuvda ishlagan. Har ikki referida toza o'yin vaqti 52,5 foiz teng. Ular mos ravishda 10 talikka kirdi.

Rustam Lutfullin, Ahrol Risqullaev, Husan Muzaffarov kabi referilar ishlagan uchrashuvlarda foiz 50 ga ham etmagan.

Toza o'yin vaqti masalasi faqatgina referilar mehnatiga bog'liq emas. Ko'p holatlarda futbolchilar bilan bog'liq masalalar katta sahnaga chiqadi. Biroq bunda hakamning uchrashuvga yondashuvi ham katta ahamiyat kasb etishi sir emas. Ishonamizki, 2024 yilgi mavsumda referilarimiz sog'lom futbol yo'lida yanada ko'proq mehnat qiladi.

Quyida barcha eng kamida 3 ta o'yinda ishlagan bosh hakamlarning Superliga-2023 birinchi davrasidagi statistikasi keltirib o'tilgan:


Ilgiz Tantashev — 9 o'yin (58,07 foiz)
Sultonmurodov Abdurahmonov — 3 o'yin (55,4)
Ibrohim Ismoilov — 3 o'yin (55)
Vadim Agishev — 5 o'yin (54,78)
G'ayrat Jo'raev — 3 o'yin (53,1)
Temur To'xtasinov — 6 o'yin (52,9)
Asker Najafaliev — 7 o'yin (52,5)
Akobir SHukurullaev — 7 o'yin (52,5)
Firdavs Norsafarov — 6 o'yin (52,2)
Rahimbek Karimov — 6 o'yin (51,7)
Abdurashid Xudoyberganov — 4 o'yin (51,3)
Aziz Asimov — 4 o'yin (50,05)
Rustam Lutfullin — 5 o'yin (49,6)
Ahrol Risqullaev — 4 o'yin (47,5).

P.S: Ushbu statistikaga Superliga-2023'ning minimum 3 ta bahsida ishlagan hakamlar kiritilgan.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика