Ildar Sakaev: “Yigitlarga rahmat!”
14 apr 2015 19:09
Yangiliklar

Ildar Sakaev: “Yigitlarga rahmat!”
“Oq-tepa” – “Xotira-79” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlangach, mezbonlar ustozi Ildar Sakaev o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- G'alaba bilan yigitlarni, klub rahbariyatini tabriklayman! Futbolchilarga o'z vazifalarini to'laqonli bajarganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman! Bugun yigitlar yaxshi o'yin namoyish qilishdi. Albatta natija ijobiy, biroq bu bilan to'xtab qolmaslik kerak. Futbolchilar bugungi o'yindan kelib chiqqan holda yanada o'sishga harakat qilishlari lozim.
Aslida inson o'z saviyasini doimo o'stirib borishi shart. Agar chegaraga etib keldim, deb o'z ustida ishlashni to'xtatsa, bu yaxshilikka olib kelmaydi. Biz doimo muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Qolaversa, avval ham aytib o'tganimdek, turli yoshdagi terma jamoalar uchun futbolchi etkazib berishni maqsad qilganmiz.

Fikrlar