Ildar Magdeev yana oliy ligaga qaytishi mumkin
12 iyu 2013 17:19
Yangiliklar


Ildar Magdeev yana oliy ligaga qaytishi mumkin
Boshidan qator og'ir jarohatlarni o'tkazgan futbolchi endi sport formasini tiklab, o'zini ko'rsata boshlaganda, yana jarohatga yo'liqmoqda. Ko'p vaqtini maydon tashqarisida, davolanish bilan o'tkazishiga to'g'ri kelgan Ildarning tabiiyki futbolchilik faoliyatida ham keskin pasayish yuzaga keldi. Mamlakatimizdagi turli yoshdagi va milliy terma jamoamizda ko'plab uchrashuvlarnni o'tkazgan futbolchi bugungi kunda Oq-tepa sharafini himoya qilmoqda. Birinchi liga azosi bo'lgan ushbu jamoada ham Magdeev o'zini to'liq ko'rsatishga qiynalmoqda. Sababi bu yil ham jarohat 29 yoshli futbolchini qiynadi. Oq-tepaning oxirgi turlarda o'tkazgan bahslarida Ildar Magdeevni uchratmadik. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra, futbolchi ayni paytdagi jamoasi bilan xayrlashishni o'ylab turibdi.
Magdeevga oliy liganing bir ikkita jamoalaridan chorlovlar bo'layotgani xususida ham malumotlar bor. SHuning uchun futbolchi ikkinchi davrani oliy ligada o'tkazishni maqsad qilgan bo'lsa ajab emas.
Islombek Rustambekov.

Fikrlar