So’nggi yangiliklar

09:27ЖЧ U-20. Энг яхшилар аниқланди  0 08:41Н'Голо Канте навбатдаги хайрияга қўл урди  0 08:12Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  1 07:40"Пахтакор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 07:08U-20 ЖЧ. Финал баҳсида кутилмаган натижа қайд этилди  8 01:59ЛаЛига. Ньом 36 сонияда қизил олган баҳсда "Реал"дан ғалаба  53 01:43А Серия. "Милан" Пиолининг "Фиорентина"сини мағлуб этиб, пешқадам бўлиб олди  7 01:01Жейми Каррагер: "Ливерпуль" кучлироқ эди. МЮ фақатгина шундай тарзда "Энфилд"да ғалаба қозона олиши мумкин"  9 00:36Рубен Аморим: "Мусиқа танлашда футболчилардан кўра таъбим яхшироқ"  0 00:35​Суперлига. "Нефтчи" - ОКМК 1:0   1 00:17Арне Слот: "Чуқур ҳимояланадиган жамоага қарши ўйнаш доимо қийин"  6 23:47Харри Магуайр: "Ниҳоят "Ливерпуль"ни мағлуб қилдик, бу ёқимли"  3 23:15АПЛ. "Ливерпуль" - "Манчестер Юнайтед" учрашувидан кейинги фактлар  1 22:57Миржалол Қосимов: "Биринчи таймда оддий вазиятдаги хато бизга қимматга тушди"  9 22:45Виталий Левченко: "Биз учун ҳар бир ўйин олти очколи"  5

Ikrom Aliboev: "Paxtakor" tarixida yaxshi nom qoldirishga harakat qilaman" Yangiliklar

Ikrom Aliboev: "Paxtakor" tarixida yaxshi nom qoldirishga harakat qilaman"

"Paxtakor" yarim himoyachisi Ikrom Aliboev klub bilan 2024 yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi.

SHundan keyin futbolchi bilan bog'lanib, uning fikrlariga quloq tutdik.

Uzaytirilgan shartnoma borasida

- Jamoa bilan shartnomam muddatini uzaytirganimdan juda mamnunman. Lekin faoliyatimdan qoniqish hosil qilmayapman, chunki jarohatlar bo'lib, pasayish bor. SHartnoma muddatini uzaytirishimga kelsak, men qaysi jamoada o'ynagan bo'lsam, klub uchun borimni berib harakat qilganman. Kelgusi ikki yilda ham “Paxtakor” safida yaxshi o'yinlar ko'rsatib, klub tarixda yaxshi nom qoldirishga harakat qilaman. 

Ikkinchi davraga tayyorgarlik xususida

- Ikkinchi davraga yangi murabbiylar qo'l ostida juda yaxshi tayyorgarlik olib bormoqdamiz. Jamoaning Qibraydagi bazasida ikki mahaldan mashg'ulotlar olib borilyapti. O'ylaymanki, biz ikkinchi davrada yanada yaxshi futbol namoyish etamiz va ijobiy natijalar ko'rsatamiz.

"Paxtakor"ning chempionlikdagi imkoniyatlari borasida

- Hech kim chempion bo'lish vazifasini bizdan olib tashlagani yo'q. Bizdan yuqorida turganlar bilan o'rtadagi farq ikki ochkoni tashkil qilmoqda. SHunday ekan, hali imkoniyatlarimiz yuqori va ikkinchi davrada barchasini ijobiy tomonga o'zgartira olamiz. 

Maksim SHackix mashg'ulotlari to'g'risida

- Mashg'ulotlar juda ham qiziqarli bo'lmoqda. Xudo xohlasa, mashg'ulotlar mevasini ikkinchi davraga ko'ramiz. 

Xorijdan bo'ladigan takliflar borasida

- Bu albatta klubning ixtiyorida. Agar xorij jamoalaridan taklif bo'lsa, klub meni qo'yib yuborishni istasa, bu amalga oshadi. Agar jamoada olib qolmoqchi bo'lishsa, shu erda qolaman. Har qanday holatda ham klub manfaati men uchun birinchi o'rinda turadi. 

Slavko Voyneski qo'l ostida erishilgan va yo'qotilgan jihatlar haqida

- SHaxsan men hech narsa o'rganmadim. Klub nimaga erishib, nimani yo'qotganini atrofdagilar ko'rib turibdi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика