So’nggi yangiliklar

15:53"Ливерпуль" ниҳоят ишга киришмоқда  1 15:20Ҳусайннажодмахаленколай Муҳаммаджавад Рамазон — "Динамо"нинг янги футболчисининг исм фамилиясини нечта уринишда ўқидингиз?  4 15:04Суперлига. 16 ва 17-тур, шунингдек қолдирилган ўйинларнинг бошланиш вақти маълум  1 14:18"Аякс" клуби де Лигт ва Мазрауини сотиб олган МЮ ҳақида ўзгача пост қўйди  5 13:50Бу - футбол эмас, цирк!  9 13:34Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси устидан жиноий иш қўзғатилди  6 12:54Анчелотти: "У тайёр"  5 12:26"Реал"ни таслим этишимизга ишонаман"  7 11:58УЕФА Суперкубоги. "Реал" ва "Аталанта"нинг тахминий таркиби билан танишинг  11 11:32"Олимпик"нинг эртаси нима бўлади?  8 11:19Ўзбекистон кубоги доирасидаги "Бунёдкор" - "Пахтакор" баҳсини ким бошқариши маълум  3 10:52"Челси" раҳбари Боули икки йил ичида ТОП-10 га кирди  2 10:25Жозе Моуринью EЧЛдан чиқиб кетганидан сўнг: "Биз барибир чемпион бўла олмасдик"  9 09:57Opta суперкомпютери Ла Лига старти олдидан чемпионлик учун асосий даъвогарни тахмин қилди  4 09:28Шомуродовнинг трансфери "Атланта"га тахминан қанчага тушиши маълум  9

Ikkisi birda yoxud kechikkan kundalik Yangiliklar

Ikkisi birda yoxud kechikkan kundalik

Kechagi kun kundaligi o'z vaqtida chiqmaganining sababi bor. Abu Dabidagi so'nggi kunimda ishlar juda ko'payib ketgandi.
Eng muhim ishlardan biri, Abu Dabida joylashgan BAA PRO ligasining ish faoliyati bilan yaqindan tanishish edi. Bu haqda quyida o'qiysiz. Reja asosida o'z vazifamni bajarib stadionga kelganimda, terma jamoamiz chigalyozdi mashg'ulotlarini o'tkazayotgan edi.

Hullas, avvaliga 6-kun haqida hikoya qilsam.
Havo juda issiqligi bois, ishlashga qo'l bormadi. Bunday havoda futbolchilarimiz o'ynashlari kerak. SHunday bo'lsa-da, mashg'ulotlarga bordim. Odatga ko'ra o'rtoqlik va rasmiy o'yinlaridan bir kun avvalgi mashg'ulot o'yin bo'ladigan stadionda bo'lib o'tishi kerak edi. Ammo bizga kelganda bu qoidaga amal qilinmadi va terma jamoamiz chamasi 50 km. uzoqlikdagi mashg'ulot maydoniga borishga majbur bo'ldi. O'yindan avval Pyotr Gizimchuk kichik irim qildi. “Ikkita o'yindan oldingi mashg'ulotda “kvadrat” o'ynagandim, g'alaba qozona olmadik, bugun o'ynamayman”, - degan darvozabonlar murabbiyimizning gapi to'g'ri chiqdi. Bundan keyin endi umuman o'yinoldi mashg'ulotlarda “kvadrat” o'ynamasa kerak.




  • Bunday KTSlarning sanog'i yo'q


BAA esa “Al Jazira” stadionida mashg'ulot o'tkazdi. O'yinni “Abu Dabi Sport” kanali to'g'ridan to'g'ri efirga uzatdi. Bugungi kunga kelib, BAA o'zida bo'lib o'tayotgan futbol o'yinlarini translyaciya qilish huquqini to'liqligicha mazkur kanalga sotib ulgurgan ekan, ichki chempionat deysizmi, MTJ o'yinlari, bari “ADS”da namoyish etiladi. Kanal haddan tashqari keng faoliyat olib borayotgani uchun shaxsiy ko'p ham kameralariga ega emas. Bu erda TVga o'z xizmatlarini “Seven” kompaniyasi taqdim etar ekan. Mazkur tashkilot TV bilan hamkorlik tuzib, eng yuqori sifatda mahsulotni efirga etkazib beradi. “Seven” kompaniyasi o'yinga bir kun qolganidayoq o'z texnikalarini stadionga o'rnatib bo'lgan edi. To'g'risi, sanab soniga eta olmadim, 50 nafarga yaqin mutaxassis bir o'yin uchun, texnikaga javobgar. Hali bu erda, “ADS”dan xodim hisoblamadim.




  • Operatorlar Evropadan, sifat ham shunga yarasha


Mashg'ulotlardan keyin terma jamoamiz odatiga ko'ra ortga qaytdi. Kayfiyat alo edi, g'alaba hammadan ham ularga kerakligini tushunib turishgan edi. Men atayin bir kun avval na murabbiy, na futbolchilarimiz bilan suhbatlashmadim. Sababi oddiy, “koment” tozalab charchadik. Mayli “koment” yozing, ammo uning manosi bo'lishi kerak-ku. Yutsa sotib oldi, yutqazsa sotdi yoki jamoani er bilan bitta qilib tashlayapsizlar. Ishtaha yo'qoladi, ishonasizmi yo'qmi, bu futbolchi va murabbiylarga ham tasir qiladi. SHuning uchun aytaman, doim yozadigan narsangiz asosga va tahlilga boy bo'lsin, rosmana gap bo'lsa ular to'g'ri qabul qilsin va kamchiligida ishlasin. Uni olish kerak, buni qo'yish kerak, u yaxshi edi, bu yomon. Bu “koment”larning tasir doirasini oshirish uchun ham asos bo'lishi kerak degan fikrni yaxshilab o'ylab ko'ring. Ertasiga “zato” mazza qildim, bironta “koment” tozalaydigan ish bo'lmadi. Ishlamasak yaxshi ekan, tinchlik-xotirjamlik. Ammo biz bunga ko'nikmaganmiz, shuni hurmat qilsangiz ishlaylik, bo'lmasa xorij xabarlarining tarjimasini berib boraveramiz, xarajat ham kam. Ishonasizmi, futbolchilar bezib qolgan. O'yinga bir kun qolganda barchamiz dasturxon ustida rasmga tushdik. Afsuski, uni kecha saytga qo'ya olmasdim. Agar  yutqazib qo'yganimizda boshlanardi, “ular ovqat eb, cho'milishdan nariga o'tmaydi”, - degan gaplar. Menga ham yoqadi deb o'ylaysizmi, sizlarga yomon ko'rinib “blok” qilish.




Ko'pchilik futbolchilar bir-biri bilan gaplashmaydi, odam ajratada deydi. Ammo Tursunov, Kapadze, Jeparov va Ahmedov bir stolda o'tirishadi. Jamoani ichida qarasangiz juda axil, faqat o'sha gap, poydevor yo'q, poydevor...


Mehmonxonadan qaytganimda kech bo'lib qolgandi. Erta turish maqsadida ishlarimni yig'ishtirib yotdim.

Tong otdi... BAA PRO ligasi tomon yo'lga chiqdim. U erda Alisher aka Nikimbaev bilan uchrashib, BAA ligasi bilan yaqindan tanishishni maqsad qilgandim. BAA FF va PRO Ligasi, dunyoga mashhuo “Oq machit”ning shundoqqina yonginasida joylashgan, katta sport kompleksi hududida ekan. Adashib boshqa kirish eshigidan kirganim uchun, jazirama issiqda borishim kerak bo'lgan manzilimni qidirdim. CHap tomoningizda bouling, o'ngda tennis, yana ikkita katta futbol va regbi maydoni. O'rtada 10ga yaqin tabiiy, alo darajada parvarish qilingan maydonlar. U erda istang futbol, istang regbi o'ynang. Mahalliy aholi uchun regbining umuman qizig'i yo'q. Bu erda istiqomat qiladigan Amerika, Buyuk Britaniya fuqarolari o'zlari uchun sharoit yaratib olganlar.




  • Futbol va regbiga mo'ljallangan universal, alo sifati maydonlar... CHo'ldagi yam-yashil maydonlar desa ham bo'laveradi



  • Katta tennis majmuasi


BAA Pro ligasiga etib kelganimizda, Alisher aka bizni kutib oldi. Bizni deb, hamrohim Saidmurod akani nazarda tutyapman. Bino uncha katta emas, ammo tartib yuqori. Bu haqda alohida maqola qilishni reja qilganman. Binoga kelishimdan avval bitta xunuk ish bo'ldi. Taksi to'xtatyapman. Olisdan taksi o'ngga olib 50 metr nariroqda to'xtashga urinayotgan payti, uning ortidan bitta mashina katta tezlikda kelib urib yuboray dedi. O'sha mashinaning egasi, g'azabini taksi haydovchisini kaltaklash bilan oldi. O'zimizni aybdor his qildik, hattoki hozir ham o'sha haydovchiga nisbatan rahm-shafqat tuyg'usi tark etmagan. Bo'lar ish bo'ldi, o'zimizni ovutgan bo'ldik.




  • Binoga kiraverish

 
Qaytishda bu ish davom etdi go'yoki, oldimizda katta yuk mashinasi ketar, to'satdan o'z yo'nalishini o'zgartirdi, keyin bilsak, u devor to'siqlardan mashinasini olib qochgan ekan, bizning haydovchi esa uni ko'rmay qoldi. Bir payt, taqira-tuqur, “bordyor”larning urib ustiga chiqib ketyapmiz. Baxtimizga ular elimdan edi. tezlik ham chakki emas, kamida 70. Xudo bir asradi. Yurak dukuri o'ziga keldi, chamasi 2 daqiqa to'xtab turib, harakatga tushdik.




  • Alisher Nikimbaev bilan suhbat, ancha qiziqarli kechdi, uni maqola shaklida berishga harakat qilaman



  • Esdalik uchun surat, bizning PFL binosiga kirsangiz, qaysidir yilning turnir jadvali turadi


SHu tariqa stadionga etib keldim. Texnikalarimni oldim-da, maydonga tushdim. O'yin ish kunida bo'lgani uchun deyarli tomoshabin tashrif buyurmagan edi. Nari borsa, 700 nafarga yaqin ishqiboz. O'zbekistondan 50 nafarga yaqin ishqiboz, bayrog'imizni hilpiratib turardilar.

O'yin boshlandi. Tepada “ADS” va yana bitta TV kanal o'zi uchun studiya hozirlab qo'ygan. Birida uch, ikkinchisida to'rt nafar tahlilchi o'yinni olib borishga tayyor. SHarhlovchilar haqida aytmasam ham o'zingiz bilasiz. Pastda tezkor intervyu uchun stend qo'yilgan. Mikst-zona tayyor. O'yinni barchangiz ko'rgan bo'lsangiz kerak, vaziyatlarga to'xtalib o'tirmayman. Faqat hisob 3:0 bo'lib turgan paytda, “telegram”dagi gruppada, biznikilar o'yinni sotib oldi degan gapni yozishdi. Arablar o'yinni sotar ekanmi, yaxshilab o'ylab ko'ring. Ular istasa birrovga “Real” futbolchilarini uyga chaqirib “choy-poy” qilib berishlari mumkin. Men hazillashib, “ha bir haftadan beri men bu erda nima qilib yuribman, 600 dirhamga 4:0 va ikkita KFS (mashhur qovurilgan tovuq) sotib oldim dedim. Ko'p o'tmay, “OOOOO”, deb Navro'z gol urib turibdi deng, 4:0. SHu bolaning xarakteri ajoyib-da, doim kulib yuradi. Qaytishda Sardor Rashidov bilan aytishuv aytib keldi. Unisi u desa, bunisi bu deydi. G'alaba qozongandan keyin hamma narsa ko'ngilga sig'adi-da.




  • Siz ko'rib turgan stadiondagi ikkita TV studiya, ikkisida ham ish qizg'in


Uchrashuv yakuniga etganidan keyin ishlarim juda ko'p edi. Eng avvalo lafz qilganim uchun “FE”ga o'yin sharhi va matbuot anjumanini yozib berishim, keyin saytga kechagi kun kundaligini yozib, foto va intervyularni qog'ozga tushirishim kerak edi. Ammo, lekin, biroq...
 
Terma jamoamizda tarjimon yo'qligi bois, o'yindan keyin mezbon davlat jurnalistlari roppa-rosa 30 daqiqa Mirjalol Qosimovni matbuot anjumani xonasida kutishdi. Orada Mahdi Ali Hassan matbuot anjumanida ishtirok etib ketdi. U bilan juda uzoq gaplashishdi. Boisi bugungi BAA OAV murabbiyning ishidan qoniqish hosil qilishmayapti.  O'zbekistongacha bo'lgan so'nggi to'rtta o'yinning hammasida durang natija qayd etilgani, BAAlik jurnalistlarni Osiyo Kubogi oldidan xavotirga solyapti. SHu Markaz haqida yozmay deyman-u, aybi chiqib kelaveradi. Bahrayn bilan o'yin mayli, juda sodda tartibda o'tdi. Faqat Bahraynni professionalligi evaziga uchrashuv TVda ko'rsatildi.
Men avval matbuot anjumaniga kirib, shundan so'ng futbolchilar bilan suhbatlashib xonamga chiqib ketishni maqsad qilgandim. Lekin tarjimon yo'qligi uchun, 30 daqiqa bekor ketdi, men zaldan chiqib ketayotganimda hamkasblarim hamon bizning vakilimizni kutishar edi. Pastga tushsam, avtobus ketib turibdi deng. SHu payt jahl oti qamchi urib keldi-yu. Intervyu qilish kerak, kamida 2-3 nafar futbolchi bilan. Taksiga o'tirdim va ortlaridan etib bordim. Mayli, bo'lar ish bo'ldi, men bularga achinmayman, ammo vaqt ketayotgandi. Gazeta uzog'i tungi 00:00gacha kutishi mumkin. Mehmonxonaga borib, Qosimov, Alimov, Jeparov va Mullajonov bilan suhbatlashib, tezlik bilan ortga qaytdim. Yo'ldagi vaqt bekor ketmasin deb, Qosimovning javoblarini diktofonda Narzullaga yubordim, mehmonxonaga borgunimga qadar u “vord”da menga qayta tashlab qo'yishi lozim edi. Xullas ulgurdim.




  • O'yindan tashqari, flesh intervyu, mikst zonadagi suhbatlar va matbuot anjumanlari to'g'ridan-to'g'ri efir yuzini ko'radi


Aslida bu vaziyatda qanday bo'lishi kerak? Aynan terma jamoaga biriktirilgan bitta matbuot kotibi yo'q bizda. Faqat rasmiy musobaqalar uchun olib ketiladi. Bu erda matbuot kotibi kelmasa aslida menga yaxshi, malumotlar faqat bizning saytimizda chiqadi. Ammo bu endi professional ish bo'lmaydi, bizga raqiblar faqat maydondagi harakatimizga qarab baho bermaydilar, uning atrofi ham katta ahamiyat kasb etadi. Bugun bizda O'FF va PFLning matbuot xizmati bir. Taqvim esa bunday ahvolda, termangiz o'ynasa, yig'in o'tkazsa oliy liga bo'lib turibdi. Bir kishi qanday qilib ikki ishga ulguradi? Qolaversa, hammaga yaratilgan sharoit (maosh) matbuot xizmatiga kelganida yo'q hisobi. Bazan ulardan achchig'im chiqadi, lekin tanganing orqa tomoniga nazar tashlab, ularni to'g'ri tushunaman.

Aslida buni yozaman desangiz juda katta mavzu. Bazan terma jamoa bilan turistlarni ko'rib qolaman, turistga joy topilgan, bitta jurnalistga topilmaydimi? Orangizda yoki bazi hamkasblarim ichida, bu o'zini shu joyga tavsiya qilyapti deb o'ylayotganlar bo'lsa kerak. Aslo unday emas, hozirgi ishimdan to'liq qoniqish xosil qilyapman. Menga ko'proq bolalar futboli va PFLning professional ishlashi qiziq, O'FF va Markazning bu boradagi faoliyati ahamiyatga ega emas, chunki poydevorni yaxshilashimiz kerak. BAA ligasi o'yinlarining reglamenti bilan tanishib chiqdim, OCHLdan ham qiyinroq ekan. Klublar faqat arab boylariga qaram emas, o'zlari ham pul ishlab topishni biladilar. Akademiyalar o'rtasida juda kuchli chempionatlar tashkil etiladi, “Borussiya”, “Arsenal”, “Real” va “Manchestr Siti” kabi klub yoshlari turnirlarda ishtirok etishadi. Biz ham ishtirok etishimiz mumkinmi? Nega endi yo'q, faqat ular emas, biz ularga chiqishimiz kerak, ular bizning klublarimizsiz ham musobaqalarini o'tkazaveradilar. Menimcha, O'FF qoshida, akademiyalar bilan ishlovchi maxsus bo'lim tuzish kerak. SHunda akademiyalarimiz uchun bir qancha bepul musobaqalar chiqishi aniq. Bepul deganda, siz samolyot chiptasini xarid qilasiz, qolgan barcha xarajat tashkilotchi tomonidan to'lanishini nazarda tutyapman.

Hozircha shu, endigi safar qachon bo'ladi bilmadim, ammo men 1 oydan ortiq vaqt davomida Siz o'quvchilar bilan mazza qilib ishladim. Yana shunday safarlarda uchrashguncha xayr!

Nodirxo'ja Yuldashev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика