So’nggi yangiliklar

13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   0 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  5 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  5 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  1

Ikkinchi o'ringa ko'proq biz munosib edik yoxud AGMK himoyachisi xorijdan taklif kutyapti Yangiliklar

Ikkinchi o'ringa ko'proq biz munosib edik yoxud AGMK himoyachisi xorijdan taklif kutyapti

Teglar :  Akrom KomilovAGMK
Xabaringiz bor, kecha "Bunyodkor" klubi kecha akademiya tarbiyalanuvchilarinining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unda klubning sobiq futbolchi va tarbiyalanuvchilaridan biri, ortda qolgan mavsumda AGMK sharafini himoya qilgan Akrom Komilovning fikrlarini tingladik. 

"Avvalambor taklif uchun xursand bo'ldim. CHunki "Bunyodkor"da oz emas, ko'p emas 10 yil to'p tepganman. Akademiya ochilganidan 2018 yilgacha shu klubni nonini edim. Qiyinchiliklari, yutuqlarida birga bo'lganmiz",- deydi Akrom Komilov.

- Joriy mavsumda AGMK so'nggi pallagacha ikkinchi o'rin va kubok uchun kurashda qatnashdi. Lekin yakunda uchinchi o'rin bilan kifoyalandi. SHunday ekan jamoa uchun mavsum qanday o'tdi?

- Jamoa o'zi ishtirok etgan musobaqalarda yaxshi harakat qildi. Ikkinchi o'rin uchun biz ko'proq munosib edik. Biroq oxirida omadimiz kelmadi. 

- Klubingiz bilan shartnomangiz yakunlandi. Qishki transferlar vaqtida sizni boshqa jamoada ko'ramizmi yoki legionerga aylanish fursati keldimi?

- Hozirda bir nechta takliflar bor. CHunki AGMK bilan shartnomam nihoyasiga etdi. Xorijdan taklif kutyapman. Agentlar bu borada biroz kutishimni aytishdi. SHu bois hozir keyingi mavsumda qaerda o'ynashimni bilmayman.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика